Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan ishlamay qolishlar
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot holatining faza fazosida tasodifiy jarayon trayektoriyasi sifatida berilishi
Ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan ishlamay qolishlar
Shikastlanishni ruxsat etilgan va ruxsat etilmaganlarga bo‗lish bilan mos ravishda bunday tushunchani ishlamay qolishga ham qo‗llash maqsadga muvofiqdir. Ruxsat etilgan ishlamay qolishlar eskirish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lib, bular mahsulotning chiqish parametrlarini asta-sekin yomonlashuviga olib keladi. Bu yerda tasodifiy ishlamay qolishlarni kiritish lozim bo‗lib, ular mahsulotni ekspluatatsiya qilishda texnik shartlarda ko‗rsatilgan chegaralarda bo‗lsa, salbiy omillarning qo‗shilishidan kelib chiqadi. Ba‘zan konstruktor konstruksiyani osonlashtirish va arzonlashtirish uchun ataylab ishlamay qolish paydo bo‗lishining kichik ehtimolligiga ruxsat beradi. Bunda ishlamay qolish albatta, halokatli oqibatlarga olib kelmasligi kerak. Ruxsat etilmagan ishlamay qolishlar ishlamay qolish va ekspluatatsiya qilishning quyidagi shartlarini buzilishi bilan bog‗liqdir: - mahsulotni tayyorlash va yig‗ishda texnik shartlarning buzilishi; - ekspluatatsiya qilish va ta‘mirlash qoidalari va shartlarining buzilishi – mashina ish tartibotining ruxsat etilganining oshib ketishi, ta‘mir qoidalarining buzilishi va hokazo; yashirin sabablar, texnik shartlar va me‘yorlarda hisobga olinmagan parametrlar. Mahsulot texnik shartlar bilan qat‘iy mos ravishda bajarilgan bo‗lishi mumkin, biroq texnik shartlarning o‗zi puxtalikka ta‘sir qiladigan va ekspluatatsiya qilish jarayonida yuzaga chiqadigan mavjud barcha omillarni hisobga olmaydi. Mahsulot holatining faza fazosida tasodifiy jarayon trayektoriyasi sifatida berilishi Mashina yoki alohida tizim ishlamay qolishining turli variantlarini tahlil qilish uchun ushbu jarayonni dastlab ma‘lum bir mavhum matematik model kabi umumiy ko‗rinishda berish maqsadga muvofiqdir. Har bir mahsulot uning holatni belgilovchi va t X vaqtning tasodifiy funksiyalari bo‗lgan ma‘lum bir n X X X ...; ; ; 2 1 chiqish ko‗rsatkichlari (ishlash 114 ko‗rsatkichlari) bilan tavsiflanadi. Shu sababli tizimning ishlashi, uning holatining umumiy tavsifi kabi vaqtda o‗zgaradi. Ko‗plik nazariyasi tushunchalaridan foydalanilsa, mahsulot ishlashi sohasini ishlamay qolish yuz bermaydigan i X ko‗rsatkichlar qiymatlari bilan belgilanuvchi G holatlar ko‗pligi kabi qarab chiqish mumkin. Ushbu t X holatining G ko‗plikka tegishliligi, ya‘ni G t X , ushbu mahsulot ishlashini ko‗rsatadi. i X istalgan qiymati ushbu ko‗plik chegarasidan chiqqan bo‗lsa, mahsulot ishlamay qolishi ro‗y bergan. Mahsulot holati bir necha chiqish ko‗rsatkichlari bilan tavsiflanib, barcha n ko‗rsatkichlar o‗zgarishi jarayoni ro‗y bera boshlasa, G ko‗plik n-o‗lchamli faza fazosi bilan bog‗liq bo‗ladi. Mashinaning ishlamay qolish jarayoni n-o‗lchamli faza fazosida t X tasodifiy funksiya trayektoriyasi tarzida berilishi mumkin. Faza trayektoriyasi koordinata o‗qlari t X t X t X n ...; ; ; 2 1 ni va ( 0 t vaqt momentida) boshlang‗ich koordinatalar tizimi n X X X 0 02 01 ...; ; ; bo‗lgan t X vektor funksiya bilan ta‘riflanishi mumkin. G ko‗plik chegaralari max max 2 max 1 ...; ; ; n X X X ko‗rsatkichlarning eng chekka yo‗l qo‗yiluvchi qiymatlari bilan belgilanadi. Misol sifatida 2.7-rasmda podshipniklar eskirishida ―g‗altak – tayanch‖ tuguni buzilishi jarayonining ikki realizatsiyasi ko‗rsatilgan bo‗lib, unda g‗altak aylanishi aniqligiga ikki asosiy ko‗rsatkichlar bo‗yicha talab qo‗yiladi: e X 1 – g‗altakning radial urilishi (buralish eksentrisiteti) va 2 X – g‗altak o‗qi qiyaligi burchagi. Mahsulotning boshlang‗ich holati 0 e va 0 qiymatlari bilan tavsiflanib, g‗altak va uning tayanchlarining tayyorlanish texnologiyasi va yig‗ilishiga bog‗liq va muvofiq yo‗l qo‗yishlar bilan belgilanadi. Ko‗rsatkichlardan qaysi biri ishlatish texnik shartlarida ko‗rsatilgan yo‗l qo‗yiluvchi max e yoki max qiymatdan oshib ketsa, chekka holat (ishlamay qolish) ro‗y beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling