Haqiqiy va potensial ishlamay qolishlar
Istalgan mahsulotni ekspluatatsiya qilishda uning birinchi, so‗ngra
navbatdagi ishlamay qolishlari boshlanishi mumkin. Agar ta‘mirlar va rostlashlarni
amalga oshirib bu ishlamay qolishlar oldindan bartaraf etilsa, unda ishlamay
qolishning yaqinlashish mezoni bo‗lib mahsulotning shikastlanish darajasi
hisoblanadi, ishlamay qolish esa potensial mumkin bo‗lgan voqea sifatida qabul
qilinadi. Bunday ishlamay qolishlar potensial deb yuritiladi.
Turli xil mashinalarni ishlatishda ularning puxtaligi to‗g‗risidagi axborotni
yig‗ish va qayta ishlash bo‗yicha yo‗riqnomalarda, odatda, texnik xizmat
ko‗rsatish va ta‘mirlash qoidalari bilan mos ravishda bajariladigan alohida detallar,
birikmalar va uzellarning ish qobiliyatini tiklash ishlamay qolish bo‗lib
hisoblanmasligi ko‗rsatiladi. Faqat mahsulotning ish qobiliyatini yo‗qotishida
navbatdan tashqari ta‘mirlash xizmati aralashsagina bu ishlamay qolish sifatida
qabul qilinadi.
Bunday yondashuv mashina puxtaligi to‗g‗risida noto‗g‗ri fikrlashga olib
keladi, chunki potensial ishlamay qolishlar hisobga olinmaydi.
Tayyorlovchilar va ekspluatatsiya qiluvchilar uchun mashinaning ishlashida
ishlamay qolishiga yo‗l qo‗ymaslikka doimiy intilish xarakterlidir. Bunga texnik
xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash tizimini to‗g‗ri tashkil qilish, mahsulotni ishlab
chiqarishda sifat va puxtalikni boshqarishning asoslangan tizimini qo‗llash,
ishlatish va ta‘mirlash qoidalarini qat‘iy bajarish bilan erishiladi. Natijada
mahsulotni ekspluatatsiya qilishda umuman ishlamay qolishlar sodir bo‗lmasligi
mumkin.
Shuning uchun, mahsulotning ishlamay qolishi haqida so‗z borganda nafaqat
haqiqiy ishlamay qolishlar, balki asosan potensial mumkin bo‗lgan ishlamay
qolishlar nazarda tutiladi.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |