Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Po„lat detallarni payvandlash va suyultirib qoplash
Elektr payvandlash yoyi - qattiq yoki suyuq elektrodlar o‗rtasida gazli
muhitda kuchli tok o‗tganda hosil bo‗ladigan barqaror elektr razryadidan iborat. Bunday razryad hosil bo‗lganda juda ko‗p miqdorda issiqlik ajraladi. Yoy harorati elektrod ko‗ndalang kesimining maydon birligiga to‗g‗ri keladigan tok kuchiga bog‗liq. Bu kattalik tokning zichligi deb ataladi. Tok zichligi qancha katta bo‗lsa, yoy harorati shuncha yuqori bo‗ladi. Eruvchan elektroddan foydalanib qo‗lda elektr yoyli payvandlashda tok zichligi 10-20 A/mm 2 , kuchlanish 18-20 V bo‗ladi. Payvandlash simi va elektrodlar payvand chokni to‗ldirish uchun ishlatiladi. Buning uchun yoy zonasiga suyultirib yotqiziladigan metall chiviq yoki sim kiritiladi. Qo‗lda elektr yoyli payvandlashda suyultirib yotqiziladigan elektrod sifatida suvoqli metall chiviq yoki tayoqcha ishlatiladi. Payvandlash elektrodlari «E» harfi va payvand birikmaning uzilishdagi mustahkamligini ko‗rsatuvchi raqamlar bilan belgilanadi. Masalan, E42 belgi payvand chokning uzilishga qarshiligi 4,2 Mpa ekanligini bildiradi. Elektrodning har qaysi toifasiga odatda elektrodlarning bir nechta markasi kiradi. Masalan, E42 toifaga OZS-1 va OM OMM-5 markali elektrodlar kirsa, E42A toifaga SM-8 elektrodi kiradi va hokazo. Po„lat detallarni payvandlash va suyultirib qoplash. Qo‗lda elektr yoyli payvanlash usulidan tuzilishlardagi va korpus detallardagi darzlarni, yorilgan joylarni yamash, detallarning singan qismlarini biriktirish, shuningdek detallarning yoyilgan sirtlarini metall suyultirib qoplashda keng ko‗lamda qo‗llaniladi. Po‗lat detallarni payvandlash va suyultirib qoplash sifati metallning kimyoviy tarkibiga, uning tarkibidagi va legirlovchi aralashmalar miqdoriga, payvandlash tartibi va elektrodning markasiga, suyultirib qoplashga tayyorlashda metall sirtiga ishlov berish sifatiga bog‗liq. Suyultirib qoplash oldidan detallarning yeyilgan sirtlari qum purkash apparatlari yoki metall cho‗tka bilan tozalanadi, ularni 250-300°S gacha qizdirib, neft mahsulotlari qoldiqlaridan tozalanadi, eski suyultirib yotqizilgan qatlam va yoyilgan rezba yo‗nib tashlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling