Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Materiallar harakatini o„rganishning uch darajasi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Materiallar harakatini o„rganishning uch darajasi. Puxtalikning 
muhandislik masalalarini hal etish uchun mashina va uning elementlari chiqish 
ko‗rsatkichlarining vaqtda o‗zgarishi qonuniyatlarini bilish zarur. Masalan, detallar 
deformatsiyasi, ular yuzasining yeyilishi, kuchlanishlar relaksatsiyasi yoki eskirish 
jarayonlari tufayli ishlash qobiliyatining o‗zgarishi, korroziya tufayli yuzaning 
shikastlanishi va hokazo baholash, ya‘ni mashina ekspluatatsiyasi davomida ro‗y 
beruvchi hodisalar makrokartinasini ko‗rib chiqish lozim. Lekin ro‗y beruvchi 
hodisalar fizikaviy mohiyatini tushuntirish va obyektiv borliqni umumiyroq 
shaklda aks ettiruvchi qonuniyatlarga ega bo‗lish uchun hodisalar mikrodunyosini 
tushunib olish va bog‗liqliklarning asosiy sabablarini ham tushuntirish zarur.
Shu sababli zamonaviy fan materiallar xususiyatlari va holatlarining 
o‗zgarishini quyidagi darajalarda o‗rganadi. 
Submikroskopik daraja – bunda atomlar va molekulalar tuzilishi va ulardan 
qattiq jismlar kristall panjaralari va boshqa tuzilmalar hosil bo‗lishini o‗rganish 
asosida turli sharoitlarda materiallar xususiyatlari va harakatini tushuntirish asosi 
bo‗lib xizmat qiluvchi qonuniyatlar aniqlanadi. Bu qonuniyatlar, odatda, alohida 
bog‗liqliklarni keyingi o‗rganilishi va ishlab chiqilishiga asos bo‗ladi. 
Masalan, qattiq jism fizikasi, atom fizikasiga shu jumladan kvant 
mexanikasiga tayanib, atomlar o‗rtasidagi bog‗lanishlar va kristall panjaralar hosil 
bo‗lishini ko‗rib chiqadi, panjarada atomlarning beqaror holatlarini o‗rganadi, 
qattiq jismlar elektron holatlarini ta‘riflab beradi. 
Materiallar xususiyatlarini mikroskopiy ko‘rib chiqish darajasi kichik sohada 
ro‗y beruvchi jarayonlarni tahlil qilishdan kelib chiqadi. Bunda olinuvchi 
qonuniyatlar keyinchalik jismning butun hajmiga yeyiladi. 
Bu jihatdan ideal bir turdagi jismda kuchlanishlar va deformatsiyalar 
nazariyasi yaqqol misol bo‗lib, bunda parallelepiped ko‗rinishidagi cheksiz 
element jism nuqtasida ajratilib olinib uning kuchlanish holati ko‗rib chiqiladi. 


119 
Deformatsiyalar va kuchlanishlar o‗rtasidagi aloqani Guk qonuni ta‘riflaydi. 
Plastik deformatsiyalar paydo bo‗lishini hisobga olgan holda bu yondoshuvni 
rivojlantirish 
taranglik 
chegarasidan 
tashqarida 
ham 
kuchlanishlar 
va 
deformatsiyalar o‗rtasidagi bog‗liqliklarni topishga imkon beradi. Materiallar 
tuzilishining real xususiyatlarini hisobga olish zarurati metallar va eritmalarning 
tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari o‗rtasidagi aloqani o‗rganuvchi metalshunoslik 
kabi fanning yaratilishiga olib keldi.
Materialshunoslik uchun butun materialning 
asosiy belgilariga ega bo‗lgan ushbu uchastka doirasida ro‗y beradigan hodisalarni 
o‗rganish xosdir. Zarralar chegaralari bo‗ylab ro‗y beruvchi hodisalarning 
shakllanishi hamda eritmalar mikrotuzilmalarini, termik o‗zgarishlar va boshqa 
jarayonlarni o‗rganish birinchi navbatda hodisalar mikrokartinkasini ta‘riflovchi 
darajada o‗tkaziladi. 
Ekspluatatsiya jarayonida qattiq jismlar harakatiga kuch va fizikaviy-
kimyoviy omillarning birgalikdagi ta‘sirini o‗rganish yangi yo‗nalish – materiallar 
fizikaviy-kimyoviy mexanikasi paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu yerda yuklamalar
haroratlar, korroziya agressiyasi muhiti va yadro nurlanishlar birga ta‘sir etishi 
sharoitlarida ishlaydigan qattiq jismlar deformatsiyasi va parchalanishini o‗rganish 
uchun qattiq jism fizikasi, fizikaviy kimyo qattiq holatlar kimyosi va beqaror 
termodinamikani jalb etishga harakat qilinadi. 
Ikki ishqalanuvchi yuzalarning geometrik va fizikaviy xususiyatlarni hamda 
moy va yuza faol moddalar mavjudligini hisobga olgan holda o‗zaro ta‘sirini 
o‗rganish ham yuzaning elementar uchastkalari o‗zaro ta‘sirini tahlil qilish va tipik 
friksion aloqalarni aniqlashdan boshlanadi.
Hodisalar mikrokartinasi darajasida qonuniyatlarni o‗rganish – qattiq 
jismning butun hajmi, ya‘ni butun detal yoki uning yuzasiga olingan 
bog‗lanishlarni keyingi yoyilishi uchun zarur bosqichdir. 
Makroskopik daraja butun jism (detal) materialining boshlang‗ich 
xususiyatlari yoki holatining o‗zgarishini o‗rganadi. Masalan, Guk qonuni asosida 
taranglik nazariyasi tortilish, buralish, bukilish va boshqa deformatsiya turlarida 
ishlaydigan turli konfiguratsiyali detallar va tizimlardagi deformatsiyalar va 


120 
kuchlanishlarni o‗rganadi. Elementar hajm (nuqta) ga tegishli boshlang‗ich 
qonuniyatlarni butun detalga o‗tkazish maxsus muhandislik hisoblarni ishlab 
chiqilishini talab etdi. Shuningdek, materiallar eskirishining boshlang‗ich 
qonuniyatlari asosida mashina detallari yuzasining yeyilishini hisoblash uchun 
detallarning kontakti va konstruktiv xususiyatlarining turli shartlarini hisobga 
oluvchi metodlar ishlab chiqildi. Mashina detallarining mustahkamlik va 
deformatsiya, eskirish, sudralishini hisoblash muhandislik metodlarining tipik 
tuzilishi deb hajm mikrouchastkasida jarayon fizikaviy kartinasi asosida butun 
detalning o‗lchamlari, konfiguratsiyasi va ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda 
jarayonlar ko‗rib chiqilishini hisoblash kerak. 
Mashinalarni konstruksiyalash va ishlab chiqishda qo‗llanadigan turli 
qonuniyatlar va hisoblash metodlari, olingan umumiy fizikaviy qonunlar va 
alohida bog‗lanishlar puxtalik masalalarini hal etishda ham qo‗llanishi mumkin. 
Bunda, asosiy masala vaqt funksiyasida material xususiyatlari va holatining 
o‗zgarishini baholashdan iborat bo‗lgani uchun mahsulot ishlash qobiliyatini 
baholashda qaysi fizikaviy qonuniyatlardan foydalanish mumkinligi va vaqt omili 
qanday namoyon bo‗lishini aniqlash zarur. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling