Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.8-rasm. Materiallar xususiyatlari va holatlarini baholovchi qonuniyatlartasnifi
Holat qonunlari. Fizikaviy qonunlar kabi ular asosida olingan material
xususiyatlari va holatining o‗zgarishini ta‘riflovchi alohida bog‗liqliklarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin (2.8-rasm). 121 2.8-rasm. Materiallar xususiyatlari va holatlarini baholovchi qonuniyatlartasnifi Birinchidan, bu material tashqi omillar ta‘siri to‗xtatilganidan keyin boshlang‗ich holatga qaytishida ortga qaytuvchi jarayonlar o‗zaro bog‗liqligi ta‘riflovchi qonuniyatlar. Bu bog‗liqliklarni holat qonunlari deb ataymiz. Ikkinchidan, ortga qaytarib bo‗lmaydigan jarayonlarni ta‘riflovchi qonuniyatlar mavjud bo‗lib, ular mahsulot ekspluatatsiyasi jarayonida ro‗y beradigan materialning boshlang‗ich xususiyatlari o‗zgarishini baholashga imkon beradi. Bu bog‗liqliklarni eskirish qonunlari deb ataymiz. Mahsulot ishlash qobiliyatini yo‗qotishini baholash uchun turli qonuniyatlardan foydalanishni ko‗rib chiqamiz. Holat qonunlarini kirish va chiqish ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi aloqani ta‘riflovchi funksional bog‗lanishga vaqt omili kirmaydigan statik va chiqish ko‗rsatkichlarining vaqtda o‗zgarishi hisobga olinuvchi o‘tish jarayonlariga ajratish mumkin. Holat statik qonunlarini Guk qonuni, qattiq jismlarning issiqlikda kengayishi qonuni va boshqalar misol bo‗la oladi. Bu qonunlar asosida turli muhandislik masalalarini hal etish uchun hisob bog‗liqlari olingan. Masalan, ortiqcha haroratga qizitilgan, l uzunlikda l bir turdagi sterjen P kuch bilan cho‗zishda deformatsiyasini aniqlash uchun yuqoridagi qonunlar asosida hosil qilamiz: 122 l EF Pl l Bu yerda: E – taranglik moduli; – materialning chiziqli kengayishi koeffitsienti va F – sterjenning ko‗ndalang kesimi yuzasi. Tashqi ta‘sirlarning olinishida (harorat, yuklama) sterjen boshlang‗ich holatga qaytadi ( 0 l ). Sterjen konstruktsiya elementi bo‗lsa, uning deformatsiyasi yo‗l qo‗yiluvchi qiymatdan oshmasligi kerak: max l l . Mahsulot holatining o‗zgarishini ta‘riflovchi statik qonunlar vaqt omilini o‗z ichiga olmasa ham, ekspluatatsiya jarayonida mahsulot tavsiflari o‗zgarishi ma‘lum bo‗lsa, puxtalikni hisoblashda foydalanilishi mumkin. Masalan, mashinaning alohida qismlari yeyilishi tufayli unda vaqt o‗tishi bilan issiqlik ajratilishi oshadi va alohida bo‗g‗inlarda yuklamalar o‗sadi, ya‘ni t va t P P , unda formula bo‗yicha hisoblanishi mumkin bo‗lgan t l deformatsiya ham o‗zgaradi. Ushbu holda bu formula vaqtdan P va bog‗liqliklar yashiringan mahsulotning ishlash qobiliyati o‗zgarishi sabablarini aniqlamaydi. Shu sababli bu va bunga o‗xshash formulalarning puxtalikni hisoblash uchun foydalanilishi odatda yordamchi xarakterga ega bo‗ladi. O‗tish jarayonlarini ta‘riflovchi holat qonunlari ham vaqt omilini o‗z ichiga olsa ham, mahsulot ekspluatatsiyasida ro‗y beruvchi o‗zgarishlarni hisobga olmaydi. Odatda ular tez kechuvchi jarayonlar yoki o‗rtacha tezlikdagi jarayonlar toifasiga kiradi. Tashqi ta‘sirlar darajasining ma‘lum o‗zgarishidagina ulardan puxtalik masalalarini hal etishda foydalanish mumkin. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling