Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-rasm. Yuza qatlamda I turdagi qoldiq kuchlagichlar tipik epyuralari


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

2.11-rasm. Yuza qatlamda I turdagi qoldiq kuchlagichlar tipik epyuralari 
Qoldiq kuchlanishlar epyurasi xarakteri va ularning kattaligi mexanik ishlov 
berishda kesish shartlari va tartiblari hamda yuzani mustahkamlash metodlariga 
yuqori darajada bog‗liq.
Epyuralar har xilligi turli omillarning bir vaqtda ta‘siri va birinchi navbatda 
kuch hamda harorat ta‘sirlari natijasidir. 
Metalning plastik deformatsiyasi uning yalpi hajmini oshiradi, shu sababli 
kesishda 
plastik 
deformatsiyalangan 
yoki 
mustahkamlash 
jarayonlarida 
kattalashishiga intilib yuza qatlamlar to‗liq shakllanmagan metal qarshiligiga 
uchraydi.
Natijada tashqi qatlamda siqilish kuchlanishlari, qolgan qismda esa – 
cho‗zilish kuchlanishlari paydo bo‗ladi. Bu yuza qatlami harorat ta‘sirlari tufayli 
yuzaga keluvchi yeyilish holatida bo‗lmagan holda o‗ringa ega bo‗ladi. Yuza 
qatlamni bu vaqtda metal yeyilishi holatiga mos keluvchi haroratdan yuqori 
qizitishda unda ichki kuchlanishlar paydo bo‗lmaydi, sovitishda esa tashqi 
qatlamda cho‗ziluvchi kuchlanishlar, pastki qatlamlarda esa siqilish kuchlanishlari 


137 
(2.11, a-rasm – o‗ngda) paydo bo‗ladi, ya‘ni qoldiq kuchlanishlar harorat ta‘siri 
yo‗qligidagiga teskari bo‗ladi.
Ikkala omil – harorat (eyiluvchanlik holati) va kuch (plastik deformatsiya) 
bir vaqtda ta‘sir etishi tufayli tashqi qatlamdagi qoldiq kuchlanish belgisi bu 
omillardan qaysi biri ustivorligiga bog‗liq bo‗ladi. 
Masalan, yuza qatlamda titan aralashmalarini silliqlashda yuza qatlamda 
cho‗zuvchi qoldiq kuchlanishlar paydo bo‗ladi. Ular material oquvchanlik 
chegarasiga etishi (ba‘zida esa oshib ketishi) mumkin. Izlanishlar ushbu holda 
qoldiq kuchlanishlar hosil bo‗lishida issiqlik omili ustivorligini ko‗rsatdi.
Frezerlashda qoldiq kuchlanishlarning hosil bo‗lishida issiqlik omili bunday 
rol o‗ynamaydi, ayniqsa kesishning past va o‗rtacha tezliklarida. Turli kesish 
tezliklarida frezerlashda yuza qatlamda siquvchi hamda cho‗zuvchi kuchlanishlar 
paydo bo‗lishi mumkin. Kichik tezlikda kesishda kesish kuchlari ko‗p ta‘sir 
ko‗rsatadi va shu sababli yuza qatlamda siquvchi qoldiq kuchlanishlar paydo 
bo‗ladi.
Kuchlanish holati detal shakli va o‗lchamlari, ishlov berish tartiblari va 
ishlov berilayotgan materialning fizikaviy-mexanikaviy xususiyatlariga bog‗liq 
bo‗lishini qayd etish kerak.
Qoldiq kuchlanishlar epyurasi xarakteriga yuza mustahqamlash metodlari va 
himoya qoplamalari katta ta‘sir ko‗rsatadi. Galvanik qoplamalar surtish yoki po‗lat 
detallar Yuzalarini uglerodsizlashda yuza qatlamlarda cho‗zuvchi qoldiq 
kuchlanishlar paydo bo‗ladi (2.11, a-rasm – o‗ngda). 
Qator qoplamalar uchun qoldiq kuchlanishlar ―himoya qatlami – ko`rakosti‖ 
bo‗limi chizig‗i oldida maksimumga ega (2.11, b-rasm, chapda). 
Kuchlanishlarning bunday epyurasi uglerodli po‗latlarni uglerodni to‗yinganlik 
zonasidan asosiy metal ichkarisiga chekintiruvchi nokarbit hosil qiluvchi 
elementlar bilan to‗yintirishda, Shuningdek himoya qatlamlarini galvanotermik 
usul bilan olishda o‗ringa ega.
Metali po‗latga diffuziyalana oladigan galvanik qoplamali detallarni 
diffuzion otjigida ―qoplama – ko`rakosti‖ bo‗limi chegarasida qoplama asosiy 


138 
metaliga nisbatan kattaroq yalpi hajmli diffuziya qatlami paydo bo‗lib, bu joyda 
siquvchi kuchlanishlar paydo bo‗lishiga olib keladi. 
Yuza qatlamda nafaqat cho‗zilish-siqilish normal kuchlanishlar, balki 
tegilish kuchlanishlari ham paydo bo‗lishini hisobga olish lozim. Keyingilari 
yuzalarning mexanik ishloviga xos bo‗ladi, bunda kesish to‗liq qismining 
tangensial tarkibi mavjud.
Yuza qatlamning kuchlanish holati uning ekspluatatsion tavsiflariga muhim 
ta‘sir ko‗rsatadi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling