Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Materiallarning parchalanishi va eskirishida yuza qatlamlardagi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Materiallarning parchalanishi va eskirishida yuza qatlamlardagi 
hodisalarning ahamiyati 


131 
Qattiq jismlar yuza qatlamining tuzilishi va unda ro‗y beruvchi hodisalar 
materiallarning eskirishi va parchalanish jarayonlarining ko‗pchiligi uchun alohida 
o‗rin tutadi. Yuza qatlamining ahvoli boshqa jism yoki atrof-muhit bilan o‗zaro 
ta‘sirda paydo bo‗luvchi jarayonlarni, masalan, yeyilishda, kontakt deformatsiyada, 
eskirishda, korroziyada va boshqa belgilaydi. Bundan tashqari detalning butun 
tanasi parchalanishining ko‗pchilik turlari yuzadan boshlanadi va uning holatiga 
bog‗liq bo‗ladi. 
Mahsulot ishlashiga material yuza qatlamining alohida ta‘siri quyidagi 
sabablar bilan bog‗liq. 
Birinchidan, qattiq jismning yuza qatlamlari ortiqcha energiyaga ega, chunki 
yuza yaqin bo‗lgan molekulalar va atomlar yutish (adsorbsiya), qotish (kogeziya), 
yopishish (adgeziya), ho‗llash va tashqi-muhit moddalari bilan o‗zaro ta‘sirning 
boshqa turlari kabi hodisalarning paydo bo‗lishiga olib keluvchi erkin aloqalarga 
ega bo‗lib, bunda yuza qatlami o‗ziga xos tuzilishini oladi.
Ikkinchidan, yuza qatlami turli texnologik jarayonlar natijasida shakllanib, 
ular nafaqat yuzaning zarur shaklini hosil qilib, material xususiyatlarini 
o‗zgartiradi, balki qattiq jism yuzasi xususiyatlarini o‗zgartiruvchi qator nojo‗ya 
hodisalarga olib keladi. Yuza qatlamining fizikaviy-kimyoviy ko‗rsatkichlari, 
uning tuzilishi va tarang holati, odatda, materialning butun hajmi xususiyatlaridan 
keskin farq qiladi.
Uchinchidan, ekspluatatsiya jarayonida yuza qatlami ko‗rsatkichlarining 
o‗zgarishi (transformatsiyasi) butun jism hajmi bo‗ylab ro‗y beruvchi 
o‗zgarishlarga nisbatan ko‗proq darajada boradi. 
Shu sababli mashinalar ishlamay qolishining ko‗pchiligi yuza qatlamlarida 
kechuvchi jarayonlar bilan bog‗liq va ularning tabiati mahsulot ekspluatatsiyasida 
yuza qatlami tavsiflari uchraydigan o‗zgarishlar tahlilisiz tushuntirila olmaydi. 
Yuza qatlamlarida kechuvchi jarayonlarni ko‗rib chiqishdan oldin ular 
holatini tavsiflovchi va o‗zgarishga qarab ro‗y berayotgan hodisalarni tushunish 
mumkin bo‗lgan ko‗rsatkichlarni baholash zarur. Bu masala ko‗p ko‗rsatkichlar 
sonini qo‗llash zarurati uchun ham, ularning fizikaviy tabiati turlicha ekanligi 


132 
uchun ham ancha murakkab. Bu sohada o‗tkazilgan izlanishlar tahlili ro‗y 
berayotgan hodisalarni tushunishga harakat qilish bilan yuza qatlam tavsifi uchun 
qo‗llanuvchi ko‗rsatkichlar soni ortib borishini ko‗rsatadi. 
Bu ko‗rsatkichlar tavsiflashi kerak: yuza qatlam geometriyasi, shu jumladan 
yuza mikrogeometriyasi va alohida nuqsonlarini; yuza qatlamlarining alohida 
uchastkalari hamda mikrohajmlarda paydo bo‗luvchi kuchlanishlar; plastik 
deformatsiya, harorat ta‘sirlari, oksidlash jarayonlari va boshqa ta‘sirlar natijasi 
sifatida yuza qatlami tuzilishini; yuza – faol moddalarning yo‗naltirilgan 
molekulalarini hisobga olgan holda moyning adsorbsiyalangan yupqa qatlamlari 
yuzasiga yaqin tuzilish. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling