Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Eskirish jarayoni sohasi. Har qanday eskirish jarayoni faqat ma‘lum tashqi 
sharoitlarda, paydo bo‗ladi va rivojlanadi. Mashina detallari materiallarining 


127 
shikastlanishi mumkin bo‗lgan turlarini baholash uchun eskirish jarayoni mavjud 
bo‗lish sohasini va birinchi navbatda uning paydo bo‗lish shartlarini aniqlash 
zarur. Jarayon paydo bo‗lishi uchun odatda uning yechishini belgilovchi 
yuklamalar, tezliklar, haroratlar va boshqa ko‗rsatkichlarning ma‘lum darajasi 
oshib ketishi kerak. Jarayon paydo bo‗lishidan keyin uning jadal rivojlanishi 
boradigan tez kechuvchi eskirish jarayonlari uchun sezuvchanlikning bu 
boshlang‗ich darajasini bilish juda muhim. Ko‗pincha sezuvchanlik boshini ushbu 
jarayon boshlanishini belgilaydigan ma‘lum bir energetik daraja bilan bog‗lashadi. 
Masalan, yuqorida eslatib o‗tilgan aktivatsiya energiyasi 
a
E
material xususiyatlari 
o‗zgarishi jrayoni borishi boshlanishi mumkin bo‗lgan energetik darajani 
belgilaydi. 
Jarayon boshlanishi mumkin bo‗lgan energetik to‗siq mavjudligining tipik 
misoli metallarning qotishi va nozik parchalanishda yoriqlar paydo bo‗lishidir.
Ikkita kontaktlanuvchi yuzalarning qotishida metal bog‗lanishlar va kristall 
panjaralar materiallarning birgalikdagi plastik deformatsiyalanishi natijasi sifatida 
hosil bo‗lishi ro‗y beradi. Mashina detallarining ishqalanishida bu jarayon deyarli 
darhol ishqalanish shartlarining keskin o‗zgarishiga olib kelib, ushbu juftlikning 
ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin. A.P. Semenovning izlanishlari 
ko‗rsatishicha, qotish paydo bo‗lishi uchun ma‘lum bir energetik chegaradan o‗tish 
zarur. Chunki turlicha yo‗naltirilgan kristall panjaralar o‗rtasida metal 
bog‗lanishlar hosil bo‗lishi uchun ularning o‗zaro ta‘siri yuzaga keluvchi 
deformatsiya uchun energiyaning muayyan miqdori sarflanishi va panjaralarning 
yo‗naltirilishi zarur bo‗ladi. Birikishning dastlabki aktlarida bo‗shaladigan yuza 
energiyasi kristall panjaraning isishi va qo‗shimcha buzilishlari ko‗rinishida 
birikish zonalariga bevosita yondoshuvchi metal hajmlari tomonidan qabul 
qilinadi. Hosil bo‗lgan birikish uchastkalarini to‗liq birikishning ikki o‗lchamli 
boshlanishi kabi qarash mumkin. Kristall panjara tomonidan to‗plangan ajralib 
chiqqan energiya yig‗indisi metal bog‗lanishlari hosil bo‗lishi uchun etarli bo‗lsa, 
birikish maydonining kattalashuvi jarayoni boshlanadi. 


128 
Oquvchanlik chegarasidan pastda qoluvchi o‗rtacha kuchlanishlarda metal 
konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‗lishi nazariyasi asosida ham energetik 
konsepsiya yotadi. Bu nazariya Griffit shartiga asoslanib, tarang deformatsiyaning 
energiya ajralishi tezligi yoriq yuza energiyasi o‗sishidan oshsa mavjud yoriq 
lavinasimon tarqala boshlaydi, deb ta‘kidlaydi.
Yassi plastina deformatsiyasida yoriqlar o‗sishi sharti quyidagi tenglama 
bilan ifodalanishi mumkin: 


ï
í
W
W
l
E
l


4
2
2


, bu yerda: 

– plastinadagi 
kuchlanish; 
Å
– taranglik moduli; 
l
2
– 

kuchlanish tomon to‗g‗ri burchak ostida 
boruvchi yoriq uzunligi
í
W
– yoriq yuza kuchlanishi energiyasi; 
ï
W
– plastik 
deformatsiya ishi (Griffitda hisobga olinmagan). 
Ushbu tenglamaning chap tomoni yakka qalinlikdagi plastinada tarang 
energiyaning 
l
2
uzunlikdagi yoriqning to‗satdan paydo bo‗lishi tufayli 
kamayishini ko‗rsatadi. 
O‗ng tomoni 
í
W
yuza tortilishiga ega yangi yuzaning yaratilishi natijasida 
plastinka energisini oshishini aks ettiradi.
Zamonaviy qarashlarga ko‗ra energetik balansga asosiy ta‘sirni yoriqning 
tarqalishida plastik deformatsiyaga boruvchi 
ï
W
ish ko‗rsatadi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling