Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Yuza qatlamining geometrik ko„rsatkichlari
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Yuza qatlamining geometrik ko„rsatkichlari
Geometrik nuqtai nazardan yuza qatlami ancha murakkab formatsiyani tashkil etadi. Ma‘lumki, har qanday real yuza chizmada berilgan nominal (ideal) yuza shaklidan og‗ishlarga ega. Yuza makrogeometriyasi, ya‘ni uning shakli tavsifi – ovallik, silindrik yuzalar uchun konuslik, yuzaning bo‗rtiqligi yoki botiqligi va hokazo – detallar ishlashiga ta‘sir etuvchi muhim omildir. Turli yuzalar uchun shakldan yo‗l qo‗yiluvchi og‗ishlar muvofiq standartlarda ko‗rsatilgan. Yuza qatlam xususiyatlarini baholashda ahamiyatli bo‗lgan mikrogeometriya notekislik (notekisliklar balandligi z R yoki a R o‗rtacha chiziqdan profilning o‗rtacha arifmetik og‗ishi hamda DavST2789-73 bo‗yicha boshqa qator ko‗rsatkichlar) va to‗lqinliklar (notekisliklar ko‗rsatkichlarini aniqlash uchun qabul qilingan standart asosiy uzunligidan ortiq qadamli bo‗rtishlar va botiqliklarning takrorlanish yig‗indisi) bilan tavsiflanadi. Yuza mikrorelefi ishlov berish yo‗nalishida va unga yo‗nalgan perpendikulyar turli notekisliklardan iboratligini qayd etish lozim. 133 Yuza mikrotopografiyasi botiqlik va bo‗rtishlarning murakkab navbatlaShuvini ko‗rsatadi, Shu sababli profilogramma tasodifiy kesilish bo‗lib, yuza relefini ma‘lum darajada yaqinlashtirish bilan tavsiflaydi. Mahsulot ishlashiga nafaqat to‗lqinlashishining (to‗lqin balandligi H va uning qadami L) hamda notekislikning asosiy tavsiflari ( z R ; a R , o‗rtacha qadam S va notekisliklarning maksimal balandligi max R ), balki mikronotekisliklarning shakli, ularning yo‗nalishi, to‗lqinlanish shakli va mikrorelefning boshqa ko‗rsatkichlari ham ta‘sir ko‗rsatadi. Notekislikni tavsiflash uchun ko‗pincha integral tavsif – tayanch yuza egrisi va mikrorelef shaklini baholovchi alohida ko‗rsatkichlar qo‗llanadi (2.10, v-rasm). Mikronotekisliklar qadami, botiqlik va bo‗rtishlarning o‗rtacha radiusi, tayanch yuza egrisi ko‗rsatkichlari va boshqalar Shunday aniqlanadi. Yuza notekisligini to‗liqroq tavsiflash uchun garmonik tahlil apparatidan foydalanish va yuza profilogrammasini garmoniklarning yakuniy yig‗indisi tarzida ko‗rsatish mumkin. Yuza qatlamning notekisligi va to‗lqinliligi texnologik jarayon turi va ishlov berish tartiblari – uzatish kattaligi, kesish tezligi, moylash – sovitish suyuqligining qo‗llanishi, kesish asbobi geometriyasi, DMAD tizimi qattiqligi va vibrochidamliligi (dastgoh – moslama – asbob – detal) ga bog‗liq. Geometrik ko‗rsatkichlar bilan yuzaning alohida nuqsonlarini (yoriqlar, xastalanishlar, yoriq parchalari tushishi (2.10, b-rasm) va belgilangan relefdan boshqa lokal og‗ishlarni ham tavsiflash mumkinligini qayd etish lozim. Yuza makro va mikrorelefi geometrik tavsiflari keng ishlab chiqilgan va ularga ko‗p adabiyotlar bag‗ishlangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling