Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Yuza qatlam tuzilishi. Yuza qatlam tuzilishini ko‗rib chiqishda u asosiy
metaldan keskin farqlanishini ko‗zda tutish kerak, chunki ishlov berish texnologik jarayoni natijasida tuzilishi buzilgan nuqsonli qatlam hosil bo‗ladi. Bundan tashqari, mahsulot ekspluatatsiyasida kuch, harorat, oksidlash va boshqa ta‘sirlar tufayli xususiyatlar o‗zgarishi jarayoni boradi. Masalan, metallarni kesish orqali ishlov berishda yuza qatlamda yangi hosilalarning paydo bo‗lishi ikki qarama-qarshi jarayon – yuzaga kesish harakatlari ta‘siri natijasida mustahkamlash va kesish harorati ta‘siri natijasida mustahkamligining olinishi ro‗y beradi. Turli sharoitlarda biri yoki ikkinchisining ta‘sri ustivor bo‗ladi. Plastik deformatsiyada metalning yuza qatlamida metal zarralarida siljish, kristall panjara buzilishi, zarralar shakli va o‗lchamlarining o‗zgarishi, tekstura hosil bo‗lishi ro‗y beradi. Plastik deformatsiyada tekstura hosil bo‗lishi va siljishlar metal mustahkamligi va qattiqligini oshiradi. Plastik deformatsiya ta‘siri ostida metalning mustahkamlanishi dislokatsiyalar nazariyasiga ko‗ra dislokatsiyalarning siljishlar chizig‗i oldida to‗planishidan iborat, dislokatsiyalar boshqa tarang kuchlanishlar tekisligi bilan o‗ralgani uchun keyingi plastik deformatsiyalar uchun mustahkamlanmagan metaldagidan ko‗ra ancha ko‗proq kuchlanish zarur. Mustahkamlash metal zichligining plastik deformatsiya darajasiga proportsional kamayishiga olib keladi. Mustahkamlashda metal xususiyatlari o‗zgarishi ham ro‗y beradi: deformatsiyaga qarshilik va qattiqlik oshadi, plastiklik pasayadi. 139 Mustahkamlanish qatlami chuqurligini l yuza qatlamlarda doimo yuqoriroq bo‗lgan mikroqattiqlik o‗zgarishiga qarab aniqlash mumkin. Mustahkamlanish darajasi to‗g‗risida yuza qatlamlar qattiqligi va boshlang‗ich metal nisbati 0 max H H (2.12-rasm) bo‗yicha fikr yuritish mumkin. Yuqori mustahkamlikdagi metallarni ishlov berishda kesishning katta harorati mustahkamlikni kamaytiruvchi omil sifatida ta‘sir ko‗rsatadi. Mustahkamlangan qatlam qalinligining o‗rtacha qiymatlari tezlashda 0,2 dan 20 mkm gacha bo‗ladi. Yuza qatlamdagi o‗zgarishlar nafaqat mustahkamlanish hamda mustahkamlanish kamayishi tufayli, balki tuzilish o‗zgarishlari hamda oksidlash jarayonlari natijasida ham ro‗y berishi mumkin (2.12, v-rasm). Masalan, uglerodli po‗latni silliqlashda yuza qatlamda yuqori haroratlar ta‘siri ostida uglerodsizlangan joylar paydo bo‗lishi, oksidlar va nitridlar singdirilgan qatlamlar va tuzilishi erkin sementit hosil bo‗lishi ro‗y berishi mumkin. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling