Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
-rasm. Yuza qatlam tuzilishi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
2.12-rasm. Yuza qatlam tuzilishi
a – qatlam chuqurligi bo‘yicha H qattiqlikning o‘zgarishi; b – yuza qatlam tuzilishi; v – chuqurlik bo‘yicha kesish va ishqalanishda harorat o‘zgarishi Yuza qatlam tuzilishiga ta‘sir etuvchi muhim omil ishlov jarayonida paydo bo‗lgan yangi yuzalarda tez rivojlanuvchi oksidlash jarayonlaridir. Ko‗pchilik metallarning yuzasidan yupqa oksidli plenka hosil bo‗ladi. Plenka taranglashgan holda bo‗lgani uchun uning o‗sishida plyonka yorilishi mumkin va u g‗ovak tuzilish oladi. Mashina detallari yuzasi ishqalanishida yupqa qatlamlar kontakt zonasida ko‗p martalik normal va tangensial kuchlanishlar ta‘siriga uchraydi, 140 harorat va muhit ta‘sirida ushbu ekspluatatsiya shartlariga xos relefga ega bo‗ladi. Shuning uchun yuza relefining umuman har xil texnologik va ekspluatatsion turlarini farqlash kerak. Umumiy ko‗rinishda aralashma yuza qatlamining tuzilishi quyidagi xarakterli uchastkalardan iborat (2.12, b-rasm). Oksid plenkalaridan iborat yuqori qattiqlikdagi 1-qatlamga nam, gazlar va ifloslanishlardan amorf adsorblangan qatlam qo‗shiladi. Qattiq deformatsiyalangan kristall panjarali 2-mustahkamlangan qatlam kesish yoki ishqalanishning tangensial qatlami ta‘siri ostida paydo bo‗lgan zarralarning ma‘lum yo‗nalganligi (teksturasi) bilan farqlanadi. Buzilgan kristall panjarali 3-mustahkamlangan qatlam dislokatsiyalar va vakansiyalarning kattalashgan soniga ega. 4-qatlam – boshlang‗ich tuzilishli metal. Eng yaxshi ekspluatatsion tavsifga ega yuza qatlam olishga intilish silliqlash, superfinish, polirovkalash, abraziv etkazilish va boshqalar kabi finish ishlovning turli texnologik jarayonlarining qo‗llanishiga olib keldi. Bunda yuza qatlam tuzilishi hamda uning geometrik va fizikaviy ko‗rsatkichlariga yakuniy ishlov berish texnologik jarayon turigina emas, balki ushbu relef shakllanishining murakkab jarayonlarini shartlovchi ishlov berish tartiblari ham ta‘sir ko‗rsatadi. 2.13-rasmda etkazilish optimal tartibini tanlash hisobiga abraziv yuza relef bo‗yicha ham, mikroyoriqlar mavjudligi va taranglashgan holat bo‗yicha ham Yuqori ekspluatatsion tavsiflar ta‘minlanishi ko‗rsatilgan. Har qanday holda yuza qatlam mikroyoriqlarsiz deformatsiyalangan kristall panjarali zonaga o‗tuvchi nuqsonlar va mikroyoriqlarning yuqori miqdori bo‗lgan zonaga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling