Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
-§. Detal materiali shikastlanish darajasini baholash
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
2.6-§. Detal materiali shikastlanish darajasini baholash
Mashinalarning jismonan yeyilishi va ma‟naviy eskirishi. Mashinaning jismonan yeyilishi undagi har xil elementlarning asta-sekin yoki to‗satdan moddiy yemirilish natijasidir. Jismonan yeyilgan mashina o‗ziga nisbatan qo‗yilgan talablarni bajarolmay qoladi. Jismonan yeyilish foydalanish jarayonida yuz beradi: mashina ishlayotganida birinchi turdagi jismonan yeyilish, ishlamayotganida esa ikkinchi turdagi jismonan yeyilish sodir bo‗ladi. Birinchi turdagi jismonan yeyilishning asosiy sababi mashinaning detallari va boshqa elementlariga tushadigan yuklanishdir. Ikkinchi turdagi jismonan yeyilishga esa ashyolarning atrof muhit ta‘sirida korroziyalanishi, ularning eskirishi, detallarda qoldiq kuchlanishlar qayta taqsimlanishi va shu kabilar sabab bo‗ladi. Umuman olganda mashinalarning jismonan yeyilishi ulardagi konstruktiv va nokonstruktiv elementlarning yeyilish yig‗indisidan iboratdir. Jismonan yeyilish miqdoriy jihatdan foizlarda aniqlanadi. bunga yangi detalning yeyilishi 0 foiz deb, mazkur vazifadagi mashinada bundan keyin foydalanishga umuman yaramasligi tufayli temir-tersakka jo‗natiladigan detallarning yeyilishi esa 100 foiz deb qabul qilinadi. Mashinalar elementlari yeyilishining miqdoriy o‗lchovlaridan mashinalarni ta‘mirlashga to‗xtatish muddatlarini aniqlash, qachon va qancha detal keltirish kerakligini rejalashtirish va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Uzellar, agregatlar va butun mashinaning jismonan yeyilganligi darajasini miqdoriy baholash murakkabroq bo‗lishiga qaramay, bu yeyilishna ham baholash usullari mavjuddir. Mashinaning jismonan yeyilishini bartaraf etish uchun ta‘mirlashga talab etiladigan harajatlar jismonan yeyilishning iqtisodiy o‗lchovi bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Mashina yoki agregat jismonan yeyilishining o‗lchovi ushbu formula yordamida hisoblab topiladi: 155 Bu yerda: U j - mashina yoki agregat jismonan yeyilishining uni ishlab chiqarish narxiga nisbatan foizdagi iqtisodiy o‗lchovi; Q t - mashina yoki agregatning sitemadagi ta‘mirlash narxi, so‗m; Q i/ch - yangi, mukammalroq konstruksiyalar paydo bo‗lishi munosabati bilan qiymatini yo‗qotishini hisobga olgan holda jismonan yeyilganlik darajasini aniqlash paytida mashina yoki agregatning to‗liq narxi, so‗m; - xuddi shunday mashina yoki agregatlarni ta‘mirlash tajribasi asosida aniqlanadigan qoldiq yeyilishning nisbiy qiymati, %. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling