Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-rasm. Eskirishning umumlashtirilgan diagrammasi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

 
2.15-rasm. Eskirishning umumlashtirilgan diagrammasi 
 (V.S. Ivanova bo„yicha) 
 
2.16-rasm. Mashina detallarining buzilish misollari 
Zamonaviy hisoblash metodlari qator hollarda yoriqlar rivojlanishi tezligini 
baholashga imkon berib, qaysi vaqt davri ichida ular yo‗l qo‗yiluvchi chegaralarda 
qolishini ko‗rsatishi mumkinligini qayd etish kerak.
Mahalliy parchalanishlar gidrotizim quvurlari kabi detallarda (2.16, d-rasm) 
namoyon bo‗lishi mumkin, ular bosimning yo‗l qo‗yiluvchi qiymatlaridan oshib 
ketishi yoki detal materiali mustahkamligining pasayishi tufayli, masalan yuqori 


147 
haroratlar ta‘siri ostida mahalliy shishish, keyin esa ushbu uchastkaning 
parchalanishi yuz beradi. 
Qator zamonaviy mashinalarda detallarning parchalanishi ular ishlaydigan 
yuqori harorat va kuchlanishlar tufayli ro‗y berishi mumkin. 
Material eskirish jarayonining xarakterli namoyon bo‗lishi detalning 
deformatsiyalanishidir. 
Vaqtda 
deformatsiyaning 
o‗sishi 
mahsulotning 
boshlang‗ich ko‗rsatkichlarining asta-sekin o‗zgarishiga olib keladi.
Detalning vaqtda deformatsiyasining o‗zgarishi alohida uchastkalarda 
plastik deformatsiyalar paydo bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗ladi. Tashqi kuchlanishlari 
olinganda taranglik deformatsiyalari yo‗qoladi, plastik deformatsiyalanishga 
uchragan sohalar bo‗lsa, ichki kuchlarning qayta guruhlanish jarayoni 
murakkabroq kechadi, buning natijasida qoldiq deformatsiyalar paydo bo‗ladi.
Masalan, valning uzoq vaqt qisqa muddatli yuklamalar bilan ishlashida val 
asta-sekin deformatsiyalanadi, buraladi, o‗qi esa to‗g‗ri chiziqligini yo‗qotadi. 
Ishlash qobiliyatini tiklash uchun rixtovkadan foydalaniladi, bu mahsulotni qizitish 
bilan borishi mumkin. Mahsulot deformatsiyasi yo‗l qo‗yiluvchi daraja chegarasi 
vazifasiga bog‗liq. 
Vaqtda o‗zgaruvchi detallarning plastik deformatsiyalanishi sudralish deb 
ataladi. Sudralish mahsulot to‗g‗ri ishlashining buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Detallarning deformatsiyalanishi ichki kuchlanishlarning qayta taqsimlanishi 
hisobiga taranglik doirasidagi kuchlanishlarda ham ro‗y berishi mumkin. Bu 
kuchlanishlar detal quyish jarayoni yoki tuzilma o‗zgarishlarida paydo bo‗lishi 
mumkin. 
Materiallarda ularning tayyorlanishidan keyin ro‗y beruvchi hamda ular 
tuzilishi yoki fazalar tarkibini o‗zgartiruvchi ichki jarayonlar nafaqat mahsulotlar 
deformatsiyasiga ta‘sir etadi, balki mexanik, magnit va boshqa xususiyatlarning 
o‗zgarishiga ham olib kelishi mumkin. 
Masalan, gaz o‗tkazuvchanlikning paydo bo‗lishi yoki suyuqlikning 
rezervuar devoridan sizib o‗tishi materialning tuzilish o‗zgarishlari bilan bog‗liq 
bo‗lib, odatda mahsulotning yo‗l qo‗yilmas shikastlanishlariga olib keladi.


148 
Suyuqliklar va gazlarning tiqilib qolishi yoki xususiyatlarining o‗zgarishi 
jarayonlari ham, ular mashinaning ishchi elementlari bo‗lsa, shu toifaga tegishli. 
Masalan, gidrotizimlar moyi yoki dvigatellar yoqilg‗isining tiqilib qolishi, 
amortizatorlar gazi xususiyatlarining o‗zgarishi va hokazo. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling