Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Iqtisodiy usul. Mashina ishining iqtisodiy ko‗rsatkichlari chekli yeyilishga 
asos qilib olingan. Sifatni belgilangan chegarada saqlab qolgan holda mahsulot 
birligini ishlab chiqarishga eng kam harajat qilish mashinaning ish organi yoki 
uzeli eng maqbul xizmat muddatining, ta‘mirlashlararo davrining iqtisodiy mezoni 
bo‗lib hisoblanadi. Ish sifatini belgilangan chegaralarda saqlab qolgan holda 
mashinaning eng yuqori unum bilan ishlashi mezonning ikkinchi ta‘rifidir.
Yengil sanoat mashinalari detallarining xizmat muddatini aniqlash uchun 
mashinaning tashqi ish sharoiti barqaror bo‗lganda detal va tutashmaning yeyilishi 
vaqt bo‗yicha qanday o‗zgarishini bilish lozim. Detallarning chekli yeyilganini 
aniqlashning bir nechta usullari bor. Ulardan eng ko‗p tarqalgani yeyilishning 
klassik egri chizig‗ini tahlil qilishga asoslangan usuldir. Bu usul siyqalanish davri 
o‗tganidan so‗ng detallar ma‘lum vaqtgacha bir tekis yeyilishiga va grafikdagi egri 
chiziq tarmog‗i qandaydir o‗zgarmas ko‗tarilish burchagiga va bo‗lishiga 
asoslanilgan. Detallar ma‘lum muddat ishlaganidan so‗ng ularning yeyilish tezligi 
jadallashadi va yeyilishning egri chizig‗i tepaga qarab keskin buriladi. Yeyilish 
bilan vaqt orasidagi barqarorlashgan bog‗liqlik buziladi, detallar ishlayotganida esa 
bunday bo‗lishi mumkin emas. Shu sababli egri chiziqning bukilish vaqti 
detallarning xizmat muddati sifati deb qabul qilinadi.
Ammo hamma detallar uchun ham bu usuldan foydalanish to‗g‗ri emas, 
chunki yeyilishning egri chizig‗i barcha detallar uchun ham o‗zgarmas ko‗rinishga 
ega emas. Bundan tashqari, mazkur usulda ishning sifati e‘tiborga olinmaydi. 
Masalan, lemexning eni bo‗yicha yeyilishga doir egri chiziq ishning me‘yoridagi 
davrida birmuncha ko‗tariladi, keyin esa uning tarmog‗i ancha qiyalashib, boshqa 


160 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha aniqlangan lemexning chekli yeyilish chegarasidan chiqib 
ketadi.
Detallarning xizmat muddatini aniqlashning ikkinchi usuli quyidagi qonunga 
asoslangan: agar detal xizmat davrida to‗liq ishlay olmasa, yeyilish grafigidan 
qat‘iy nazar detal almashtiriladi. Bu usulni bitta detal butun mexanizmning uzoq 
vaqt bekor turib qolishiga olib keladigan hollar uchungina tavsiya etish mumkin.
Yengil sanoat mashinalari detallarining xizmat muddatini aniqlashning 
uchinchi usuli yeyilganda ularning ishlash qobiliyati o‗zgarishiga asoslangan, ya‘ni 
agar mashina detali ish jarayonida zarur texnik talablarni bajarmay qo‗ysa, u 
almashtiriladi. Bu ko‗p holarda eng to‗g‗ri yo‗l bo‗lib, chunki u zarur miqdordagi 
ishning bajarilishini ta‘minlaydi.
Yengil sanoat mashinalarining detallari chekli yeyilganini aniqlashning 
to‗rtinchi usuli shunga asoslanganki, detallarni barvaqt almashtirish ham, kech 
almashtirish ham qilinadigan sarf harajatlarni oshiradi. Birinchi holda ortiqcha 
harajat detallarning narxi hisobiga, ikkinchi holda esa yeyilgan, yomon ishlayotgan 
detallardan foydalanishga mablag‗ sarflash hisobiga bo‗ladi. Mazkur usul 
foydalanishning tejamkorligini hisobga oladi va detal narxi bilan foydalanish 
harajatlari narxining mosligi asosida hal etadi. Bu usulda bajariladigan asosiy 
ishning sifati mutlaqo e‘tiborga olinmaydi, bu esa uning kamchiligidir. 
Ishqalanuvchi uzellarning tuzilishi ishqalanuvchi detallarning zich berkilishini 
ta‘minlashi va ularni abraziv zarralar tushishidan saqlashi kerak. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling