Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Yuzalar to„liq shikastlanishi tavsiflari
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.19-rasm. Yuzaning to„liq shikastlanish sxemasi
Yuzalar to„liq shikastlanishi tavsiflari
To‗liq shikastlanish butun yuzani yoki uning bir uchastkasiga tegishli bo‗ladi. Lekin umumiy holda sabablar xilma-xilligi tufayli u yuzani chuqurligi bo‗yicha notekis zararlantiradi (2.19-rasm). Bu yuza yeyilishi bo‗lsa, turli uchastkalardan materialning turlicha miqdori olib tashlanadi, yalpi korroziyada ham asosiy material parchalanishi chuqurligi bo‗yicha turlicha bo‗lishi mumkin, qo‗shilmalarda esa boshlang‗ich yuza bo‗ylab materialning notekis yopishib qolishi xos. 2.19-rasm. Yuzaning to„liq shikastlanish sxemasi Shu sababli yuza shikastlanish darajasini baholash ikki metodlar guruhi orqali amalga oshirilishi mumkin – ko‗rsatkich shikastlanishning ta‘sir yig‗indisini baholovchi integral va ushbu yuzaning har bir nuqtasi yoki sohasidagi shikastlanish darajasini baholovchi differensial. Shikastlanish darajasini U baholash uchun geometrik, vazn va fizikaviy ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Shikastlanish natijasida yuza massasi yoki hajmining yo‗qotilishini baholovchi ko‗rsatkichlar integral metodlarga kiritilishi mumkin, masalan: detalning massa bo‗yicha yeyilishi ä U (mg) – yeyilish oqibatida butun yuzadan massa yo‗qotilishi, korroziyaning hajm ko‗rsatkichi U (mm 3 ) – zararlangan yoki olib tashlangan material hajmi va hokazo. Ko‗rsatkichlarning bu guruhiga yuzaning chiziqli yeyilishining o‗rtacha qiymatlari ¢ðò U yoki korroziyaning o‗rtacha chuqurlik ko‗rsatkichini ham kiritish kerak. Xuddi Shunday ko‗rsatkichlar qo‗shilish hodisasida ham qo‗llanishi 163 mumkin bo‗lib, bunda ular olib tashlangan emas, qo‗shilgan material miqdorini baholaydi. Biroq detal yuzasi zararlanganlik kattaligini baholashning integral metodlari mahsulotning ishlash qobiliyatini yo‗qotilishi bo‗yicha fikr yuritish uchun ko‗pincha etarli emas, chunki odatda zararlanganlik notekisligi darajasi asosiy rol o‗ynaydi. Masalan, ushbu rezervuarning oqib chiqishga bermaslik qobiliyatini baholash uchun korroziyaning o‗rtacha kattaligi emas, yuzaning har qaysi nuqtasidagi uning maksimal chuqurligi muhimdir. Metal kesish stanogi aniqligining yo‗qotilishini baholash uchun uning yo‗naltiruvchilarining o‗rtacha yeyilishini emas, ularning yeyilgan yuza shaklini bilish muhim va hokazo. Shu sababli yuza zararlanganligi darajasini baholashning differensial metodlari sermahsulroqdir. Ularga ishqalanish yuzasiga perpedikulyar yo‗nalishda detalning yeyilishida uning o‗lchami o‗zgarishi – chiziqli yeyilish U (mkm) kiradi. Xuddi shu tarzda yuza har bir nuqtasida metal qalinligining kamayishini baholovchi korroziyaning chuqurlik ko‗rsatkichi qo‗llanadi. Bu ko‗rsatkichlar yuzaning ushbu nuqta koordinatasi funksiyasidir ( l x - uzunlikning, a y - kenglikning) ya‘ni l a f U , (2.19-rasm). Bu bog‗lanishning tahlili shikastlanish darajasining ushbu shartlar uchun zarur miqdoriy ko‗rsatkichlarini aniqlashga imkon beradi. Masalan, maksimal yeyilish, yeyilish notekisligi va boshqalar. Yuza zararlanganligi ahamiyatsiz darajada bo‗lsa, zararlanganlik kattaligi to‗g‗risida yuza mikrogeometriyasining o‗zgarishi bo‗yicha fikr yuritish mumkin. Qator hollarda yuza zararlanganligi nafaqat uning geometriyasi, balki fizikaviy xususiyatlari – qattiqligi, ichki kuchlanishlar, tuzilish o‗zgarishlari va boshqa o‗zgarishi bilan bog‗liq. Yuza qatlamning muvofiq fizikaviy-kimyoviy ko‗rsatkichlari o‗zgarishi ham uning zararlanganlik darajasining ko‗rsatkichi bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Bu ko‗rsatkichlar mahsulot chiqish ko‗rsatkichlari bilan bevosita bog‗liq bo‗lsa yanada natijador bo‗ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling