Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Yuzalar mahalliy shikastlanish turlari


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Yuzalar mahalliy shikastlanish turlari 
Yuzaning faqat alohida joylarini qamrab oluvchi mahalliy shikastlanish larni 
miqdoriy baholash qiyinroq.
2.20-rasmda yuzalarning mahalliy shikastlanish ining keng tarqalgan 
jarayonlar – eskirish, yeyilish, o‗yilish va qo‗shilish uchun tasnif va yuzalarning 
mahalliy shikastlanish ining misollari berilgan. Ular uch toifaga ajratilgan – 
ekspluatatsiyaning normal sharoitlari uchun xarakterli shikastlanishlar, og‗ir 
sharoitlar va tartiblarda ekspluatatsiya qilinish yoki mahsulotning ma‘lum vaqt 
ishlaganidan keyin paydo bo‗luvchi intensiv shikastlanishlar va, nihoyat, yuzaning 
cheklangan qismiga zarar etkazuvchi va ko‗pincha to‗satdan ishlamay qolishlarda 
yuzaga keluvchi yakka shikastlanishlar. 
Tishsimon uzatish tishlar ish yuzasining kontakt eskirishida Gerts 
nazariyasiga ko‗ra maksimal kuchlanishlar zonasi kontakt yuzasidan past 
bo‗lishiga qaramay tegishli kuchlanishlari ta‘siri ostida yoriqlar yuzadan rivojlana 
boshlaydi.
Ish yuzasining bo‗yalishi (pitting) mayda ospinkalar paydo bo‗luvchi qutb 
chizig‗i oldida tish oyoqchasida boshlanadi (2.20, a-rasm). 
Yuza parchalanishi mustahkamlangan yuza qatlam ostida yoriqlar paydo 
bo‗lishi natijasida ro‗y bersa, ko‗pincha qatlam ajralish deb ataluvchi intensiv 
bo‗yalish yoriqlari paydo bo‗ladi (2.20, b-rasm).
Tish yuzasining alohida joylarida yuklamalar konsentratsiyasida yuzaning 
kontakt parchalanishi alohida zonalari bo‗lishi mumkin (2.20, v-rasm). 
Yuzalarning turli o‗yilish jarayonlarida ham ko‗pincha mahalliy 
shikastlanish lar paydo bo‗ladi. Masalan, korroziyada (2.20, g-rasm) uning 
korrozion yorilib ketish, kristallitaro, yoriqli, kontakt va pitting korroziyalar 
kuzatiladi.
Eroziyadan yuzaning intensiv lokal parchalanishi misoli 2.19, d-rasmda 
ko‗rsatilgan bo‗lib, unda gazning yorib o‗tishlari va intensiv mahalliy isitilish 
tufayli cho‗yan porshen zanjirda materialning alohida zarralari yumshab, gaz oqimi 
bilan olib ketilgan.


165 
Nasoslar va gidrotizimning boshqa elementlaridagi kavitatsiya hodisalari 
kaveriallar hosil bo‗lishiga olib keladi (2.20, e-rasm).
Yuzalarning yeyilishida yeyilishning butun ishqalanish yuzasiga yeyilishi 
bilan bir qatorda uning lokal turlari kuzatilib, ular odatda yo‗l qo‗yilmaydigan 
shikastlanish turlariga kiradi. Masalan, tormoz barabanlarida (2.20, j-rasm) 
ishqalanish yuzasini ifloslanishdan etarlicha himoya qilmaslik natijasi sifatida 
riskalar kuzatiladi. Gidrotizimlar zolotnikli va plunjerli juftliklarida qotish 
natijasida o‗zarota‘sir molekulyar kuchlar paydo bo‗ladi, yuzalarning lokal 
parchalanishi tarzida zadirlar paydo bo‗ladi (2.20, a-rasm).

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling