Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Detal materiali shikastlanishi jarayonlari (hajmli hodisalar)


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Detal materiali shikastlanishi jarayonlari (hajmli hodisalar) 
Detal 
materialining 
parchalanishi 
odatda 
shikastlanishning 
yo‗l 
qo‗yilmaydigan turlariga kiradi. Bu parchalanish natijasida detal buzilishi katta 
tezlik bilan yechishi bilan bog‗liq. 
Detal materiali parchalanishi yo‗l qo‗yilmaydigan statik yoki dinamik 
yuklamalar hamda uzoq vaqt o‗zgaruvchan yuklamalar ta‘sirida yuz berishi 
mumkin. 
Birinchi holda to‗satdan ishlamay qolish o‗ringa ega, chunki tashqi 
yuklamalarning yo‗l qo‗yiluvchi qiymatlardan oshishi mahsulotning oldingi 
ekspluatatsiyasi davomiyligi bilan bog‗liq emas. Eskirib buzilishlar asta-sekin 
ishlamay qolishlarga kiradi, chunki detal ishlashida material xususiyatlari 
o‗zgaradi va ekspluatatsiya vaqti ishlamay qolish ehtimoliga ta‘sir ko‗rsatadi. 
V.S. Ivanova tomonidan eskirishning umumlashtirilgan diagrammasi taklif 
etilgan. Bu jarayon uch ketma-ket bosqich kabi qaraladi. 


145 
1. Siklik kuchlanishlar ta‘sirining boshlang‗ich bosqichi – metalda kristall 
panjara taranglashgan buzilishlar to‗planishi ro‗y beradi. 
2. Yuklamalar sikllarining ma‘lum miqdoridan keyin kristall panjara 
taranglashgan kuchlanishlari chegara kattaligiga erishadi va submikroskopik 
yoriqlar paydo bo‗ladi.
3. Keyin submikroskopik yoriqlar mikroyoriqlargacha rivojlanib tajriba 
namunasining yakuniy parchalanishi ro‗y beradi. 
Eskirishning umumlashtirilgan diagrammasi 2.15-rasmda keltirilgan, unda 
ABC – chidamlilik egrisi (Veler egrisi). Chidamlilik davomiylik chegarasidan past 
kuchlanishlarda 
W

mikroyoriqlar rivojlanmaydi. 
C
B
A



- submikroskopik yoriqlar 
paydo bo‗la boshlash chizig‗i va 
C
A

- mikroyoriqlar paydo bo‗la boshlash chizig‗i 
(French chizig‗i). Eskirishning katta kuchlanishida 
W
k

 
parchalanish 
k
N
sikldagi keyin ro‗y beradi. 
2.16-rasmda mashina detallari buzilishining tipik misollari keltirilgan. 
Prokat stani vallarining nozik parchalanishi (2.16, a-rasm) yo‗l qo‗yilmaydigan 
yuklamalar paydo bo‗lishi natijasida ro‗y bergan, u o‗z navbatida tayanchlarning 
juda eskirishi tufayli paydo bo‗lgan.
Val (2.16, b-rasm) va shesternya tishining (2.16, v-rasm) buzilishi 
konstruksiyalash va tayyorlashdagi xatoliklar bilan bog‗liq kuchlanishlarning 
Yuqori konsentratsiyasi yoki mahsulot ekspluatatsiyasida tsiklik dinamik 
yuklamalar paydo bo‗lishi natijasida ro‗y bergan. Tishlar sinishi xarakteriga 
yuklamaning bo‗ylama taqsimlanishi, ilashish turi, kuchlanishlar konsentratsiyasi 
manbai va boshqa omillar ta‘sir etadi.
Metalning charchashdan parchalanishi detal buzilishiga olib kelishi shart 
emas. Yoriqlar paydo bo‗lishi mumkin bo‗lib, ular ma‘lum o‗lchamlargacha 
mahsulot ishlash qobiliyatini pasaytiradi, ularning tez o‗sish imkoniyati xavf 
tug‗diradi. 
Fyuzelaj va samolyot qanotlarining obshivkasi kabi mas‘uliyatli 
konstruksiyalarda ham (2.16, g-rasm) yoriqlar paydo bo‗lib, ularning tarqalishi 


146 
reglament ishlarida lokallashtiriladi yoki yangisi bilan almashtirish orqali 
shikastlangan joy bartaraf etiladi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling