Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-rasm. Moy chegara qatlami tuzilishi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

2.14-rasm. Moy chegara qatlami tuzilishi 
yuza qatlamlari ushbu yuza tayyorlanish jarayonlari hamda mahsulot 
ekspluatatsiyasida atrof-muhit bilan uning o‗zaro ta‘sir jarayonlari natijasi sifatida 
murakkab tuzilishga ega.
Yuza holatini tavsiflovchi ko‗rsatkichlar uning geometrik, mustahkamlik, 
fizikaviy, kimyoviy, tuzilish hamda boshqa ko‗rsatkichlarni o‗z ichiga oladi 
ekspluatatsiya jarayonida eskirishning turli jarayonlari yechishidagi ularning 
o‗zgarishi ko‗p jihatdan mahsulot puxtaligini belgilaydi. 
 
2.5-§. Eskirish jarayonining tasnifi 
Eskirish jarayonlarining tashqi namoyonligi bo„yicha tasnifi.
Eskirish jarayonlari mashina detallari materiallarida ro‗y beruvchi murakkab 
va turlicha hodisalar bilan tavsiflanishi tufayli ular tasnifini ushbu jarayon olib 
kelgan tashqi namoyonlikka qarab amalga oshirish maqsadga muvofiq. 


143 
Jarayonning tashqi namoyon bo‗lishi bo‗yicha, ya‘ni detal deformatsiyasi, uning 
eskirishi, xususiyatlarining o‗zgarishi va boshqa ko‗rsatkichlar bo‗yicha detal 
materialining shikastlanish darajasi to‗g‗risida fikr yuritish, hamda mahsulotning 
chegara holatiga yaqinligini baholash mumkin.
Eskirish jarayonlarini tasniflashda ushbu jarayon namoyon bo‗ladigan 
sohani ham aniqlash lozim. 
3-jadvalda tashqi namoyon bo‗lishiga ko‗ra eskirish jarayonlari tasnifi 
keltirilgan va har bir jarayonning asosiy turlari ko‗rsatilgan. 
3-jadval 
Eskirish jarayonlarining tasnifi (qaytmas jarayonlar) 
Obyekt 
Jarayonning tashqi 
namoyonlari 
(shikastlanish turi) 
Jarayon turlari 
Detal jismi (hajmli 
hodisalar) 
Parchalanish 
Nozik 
parchalanish, 
yopishqoq 
parchalanish 
Deformatsiyalanish 
Plastik deformatsiya, oquvchanlik, 
xastalanish 
Material 
xususiyatlarining 
o‗zgarishi 
Material tuzilishi o‗zgarishi, mexanik 
xususiyatlar (plastiklik), kimyoviy 
tarkib, suyuqliklarning ifloslanishi 
Yuza (yuza 
hodisalari) 
Detalning 
Yeyilish 
Korroziya, eroziya, kavitatsiya, yoriq 
hosil bo‗lish, qurumlanish 
Qo‗shilish 
Yopishish 
(adgeziya, 
kogeziya, 
adsorbsiya, diffuziya), qurumlanish, 
obliteratsiya 
Yuza qatlam 
xususiyatlarining 
o‗zgarishi 
O‘zgarish: silliqlik, qattiqlik, aks 
ettiruvchanlik, taranglik holati 
Juftning 
Eskirish 
Eskirish, yuza qatlami eskirishi, 
g‗ijimlanish 
Kontakt shartlari 
o‗zgarish 
O‘zgarish: 
kontakt 
yuzasi, 
mikrobo‗rtishlar 
chuqurligi, 
moylanish 
Eskirish jarayonlari ko‗pincha yuza qatlamlarda kechadi. Bunda detal yuzasi 
harorat, kimyoviy, mexanik va boshqa tashqi muhit ta‘sirlariga uchraydi. 


144 
Korroziya, eroziya, kavitatsiya va boshqa jarayonlar oqibatida yuza yeyilishi ro‗y 
berishi mumkin. 
Yuzada adgeziya, adsorbsiya, qurum bosish va yuzaga boshqa materiallar 
qo‗shilishi bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlar ham kechishi mumkin. Tashqi ta‘sirlar 
natijasida Yuza qatlam xususiyatlari – mikrogeometriyasi, qattiqligi, aks ettirish 
qobiliyati va boshqalar o‗zgarishi ham mumkin. 
Ikkita qo‗shni yuzalar kontaktida o‗ziga xos jarayonlar kechadi, bu 
mashinalar mexanizmlari va elementlari uchun xosdir. 
Bu holda harakatlanuvchi birikmalarda eskirishning turli jarayonlari borib
ular yuzaning yeyilishi, yuza qatlam eskirish hamda uning plastik 
deformatsiyalanishini o‗z ichiga oladi. 
Harakatlanuvchi va harakatsiz birikmalar uchun kontakt shartlarining 
o‗zgarishi ro‗y berishi mumkin bo‗lib, bu odatda, qattiqlik, ishqalanish 
koeffitsienti va boshqa yon ko‗rsatkichlarning o‗zgarishiga olib keladi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling