Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Yeyilish jarayonlari. Detal yuzasining tashqi muhit bilan o‗zaro ta‘sirida 
Yuza qatlamda eskirishning turli jarayonlari kechishi mumkin bo‗lib, ular uchun 
boshlang‗ich material yo‗qotilishi yoki atrof-muhitdan yangi materialning 
qo‗shilishi xos.
Birinchi holda quyidagi jarayonlar natijasida yuzaning yeyilishi ro‗y beradi 
(2.17-rasm). Metallar va aralashmalarning korroziyasi muhitning kimyoviy yoki 
elektrokimyoviy ta‘siri natijasida parchalanishidan iborat. Parchalanish doimo 
detal Yuzasidan boshlanadi. Atmosfera, elektrokimyoviy va gaz (kimyoviy) 
korroziyalar farqlanadi.
a – dizellar silindrining zichlovchi rezina manjet ostida paydo bo‘luvchi tuynukli korroziyasi; b – 
intensiv eroziya eskirishli yoqilg‘i filtrlash sentrifuga korpusi uchastkasi; v – plunjerli kerosin 
nasosi zolotnigi kavitatsiyasi; g – avtomobil glushiteli qurumlanishi 
2.17-rasm. Yuza yeyilishi misollari 
Mashinalarning tashqi qismlari atmosfera yog‗inlari va nam havo ta‘siri 
ostida atmosfera korroziyasiga uchraydi. Atmosfera korroziyasi elektrokimyoviy 
korroziyaning namoyon bo‗lishidan biri bo‗lib, bunda nam gazlar va suyuq 
elektrolitlar oksidlanish va tiklanish reakitsyalari (anod va katod reaksiyalar) 
kechishi uchun sharoit yaratadi. Elektrokimyoviy korroziya jarayonlarining 
kechishi materialning bir turda emasligi bo‗lib, bunda yuzaning alohida 
uchastkalari elektrod potensialining turli qiymatlariga ega bo‗ladi.


149 
Elektrokimyoviy korroziya ayniqsa dengiz kemalarining suv osti qismlari, 
kimyoviy sanoat qurilmalariga xos. Gazli (kimyoviy) korroziya metallar va 
aralashmalarning quruq gazlar yoki noelektrolit issiqlik olib boruvchilar bilan 
kontaktida yuzaga keladi. Bu jarayonlarning tipik misollari gaz turbinalari, 
qozonxona o‗choqlari, ichki yonish dvigatellar klapanlari detallarining yuqori 
haroratli oksidlanishidir.
Korroziya o‗zgaruvchan kuchlanish ta‘siri bilan birgalikda materialning 
korrozion eskirishiga olib kelishi mumkin. Kemalarning eshkak vintlari, metal 
kanatlar, ressorlar, gidronasos elementlari kabi mashina elementlari korroziya 
eskirishiga uchraydi. 
Korrozion parchalanishning xavfli turlaridan biri korroziya muhiti va statik 
yoki takroriy statik yuklamalar ostida yuzaning yorilishidir. Metal yuzalarning faol 
ishchi muhitlarda parchalanishlariga moyilligi uchta asosiy omillar bilan 
belgilanadi: 

metal xususiyatlari, unda nuqsonlar va ko‗p turlilik mavjudligi; 

yoriqlar hosil bo‗lish jarayonining paydo bo‗lishi uchun energetik shartlarni 
belgilovchi mahsulot materialining taranglik holati; 

korroziya jarayonlarining faolligini belgilovchi muhit ta‘siri, hamda issiqlik, 
eroziya, kavitatsiya va boshqa jarayonlar borishi.
Bu omillarning har birining ta‘siri yuza parchalanishi etakchi jarayoni 
xarakterini belgilaydi – mexanik (muhit ta‘siri ahamiyatsiz), yalpi korroziya 
(yuklanishlar roli katta emas), korrozion yorilishlar (faol muhit va ichki 
kuchlanishlarning bir vaqtda ta‘sir etishi).
Korroziya va undan himoyalanishi masalalariga ko‗p adabiyotlar 
bag‗ishlangan. 
Muayyan sharoitlarda gaz yoki suyuqlik oqimining detal yuzasiga ta‘sir 
etishi (oqimning katta tezligi, unda abraziv zarralarning bo‗lishi va hokazo) yuza 
qatlamning ―yuvilib ketishi‖, eroziyaga olib kelishi mumkin. Yuzada dog‗lar, 
kraterlar, xastalanishlar va hokazo paydo bo‗ladi. Gaz yoki suyuqlik oqimi katta 


150 
kinetik energiyaga ega bo‗lib, yuza qatlamda yuqori kuchlanishlar yuzaga keltirsa 
eroziyada shikastlanish intensivligi yuqori bo‗lishi mumkin.
Eroziyadan shikastlanish dastlab kichik intensivlikda kechadi. Keyinchalik 
yuza qatlam noziklashuvi oshishi bilan unga oqim ta‘siri tufayli mikroyoriqlar 
paydo bo‗ladi va parchalanish jarayoni katta tezlik bilan kechadi.
Yuzalarning eroziyadan parchalanish jarayonlari loyqa eritmalar yoki neft 
haydovchi nasos detallari, ko‗mir kombaynlari mexanizmlari, gidravlik va yoqilg‗i 
agregatlari taqsimlagichlari va boshqalar xos. Ko‗pincha eroziya va korroziya 
jarayonlar bir vaqtda kechadi.
Gidravlik mashinalar detallari uchun kavitatsiya xos bo‗lib, suyuqlik 
oqimida bug‗ va gaz pufakchalari hosil bo‗lib, yuqori bosimli sohaga o‗tishda bug‗ 
kondensatsiyasi ro‗y berib, mahalliy gidravlik zarba uchun sharoitlar yaratiladi. 
Ma‘lum sharoitlarda kavitatsiya jarayonlari juda intensiv kechishi mumkin, 
ayniqsa ular korroziya hodisalari bilan kechsa, masalan, mexanizmlarning dengiz 
suvida ishlashida. Kavitatsiya gidronasoslar, eshkak vintlari, gidroturbinalar, 
quvurlar va qator maxsus tizimlarda kuzatiladi. 
Material yuzasining yo‗qotilishiga olib keluvchi jarayonlarga kuyish ham 
kiradi, u yuqori haroratlar sharoitida ishlovchi, hamda issiq gaz oqimiga tegiluvchi 
detallarga xosdir.
Bu jarayon eroziya-korroziya jarayonlaridan biri bo‗lib, unda asosiy ta‘sirni 
oqimdagi zarralar emas, ularning issiqlik ta‘siri ko‗rsatadi. Shikastlanishning bu 
turi aviatsiya dvigatellari yonish kameralari, ichki yonish dvigatellari chiqish 
quvurlari va hokazo detallarga xosdir.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling