О‘simliklarning yashash sharoitiga moslanishish belgilari, organlarining tuzilishi, tashqi muhitning о‘simliklar tuzilishiga ta’siri Reja
Download 283.79 Kb.
|
osimliklarning yashash sharoitiga mo (1)
О‘simliklarning yashash sharoitiga moslanishish belgilari, organlarining tuzilishi, tashqi muhitning о‘simliklar tuzilishiga ta’siri Reja Tashqi muhitning о‘simliklar tuzilishiga ta’siri O`simlik organlarini morf-ekologik tuzilishining xususiyatlari O`simlik organlarini anatomo-ekologik tuzilishining xususiyatlari Ekologik omillar asosan uchta guruhga bо‘lib о‘rganiladi: 1. Abiotik omillar; 2. Biotik omillar; 3. Antropogen omillar. Abiotic omillar o`z navbatida 3 guruhga bo`lib organiladi, ya’ni iqlimiy, tuproq yoki edafogen va orografik yoki topografik omillar. 1. Iqlim omillari (yorug‘lik, harorat, namlik, yog‘ingarchilik, havoning harakati, elektr hodisalari); 2. Tuproq omili – tuproqning fizik, mexanik, kimyoviy xususiyatlari; 3. Orografik yoki relyef omili – dengiz satxidan mutloq balandligi, dunyo tomonlariga nisbatan joylashishi (ekspozitsiyasi), qiyalik burchagi, relyefning xarakteri; Biotik omillar esa – fitogen, zoogen, mikrobiogen, mikogen omillarga bo`linib, ular o`zaro bir-birlari bilan biotik munosabatda bo`ladi. Antropogen (inson) omili-insonning xо‘jalik faoliyati natijasida о‘simliklarga bevosita yoki boshqa ekologik omillarga ta’siridir. Antropogen omil hozirgi kunda eng yetakchi kuchga ega bo`lib, biotik omillardan mustasno holda o`simlik olamiga alohida ta’sirini kuztish mumkin. Bunga o`simliklarni duragaylash, iqlimlashtish, introduksiyalash, madaniylashtitirsh, ularning yirik ekin maydonlari, plantatsiyalarni sun’iy ravishda yaratish kabi insonlar faoliyatini misol qilish mumkin. Mazkur omillar ta’sirida o`simliklar muayyan ekologik muhitga moslashadilar. Muhit omillari esa organizmlarga, xususan, o`similar olamiga minimum, maksimum, optimum, pessimum darajada ta’sir etishi bizga ekologiya fanidan ma’lum. О‘simliklarning normal о‘sishi va rivojlanishi uchun ekologik omillar bevosita yoki bilvosita ta’sir etishi mumkin. Ularning haddan tashqari kuchli yoki kuchsiz ta’sir etishi о‘simliklarni jadal yoki sust rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun ayrim ekologik omillarning qulay (optimum), minimum va maksimum ta’sir etishi muhim ahamiyatga ega. Tashqi muhit omillarining o`simliklar olamiga ta’sirini, undagi morfo-ekologik, morfo-anatomik, morfo-fiziologik moslanishlrrni, unga muvofiq ravishda o`simliklarni yer yuzida rivojlanish va tarqalish qonuniyatlarini, o`simlik qomlamini, fititsenozlani tarkib topishini, rivojlanishini o`rganadi. Download 283.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling