О‘simliklarning yashash sharoitiga moslanishish belgilari, organlarining tuzilishi, tashqi muhitning о‘simliklar tuzilishiga ta’siri Reja


Download 283.79 Kb.
bet2/5
Sana16.01.2023
Hajmi283.79 Kb.
#1096528
1   2   3   4   5
Bog'liq
osimliklarning yashash sharoitiga mo (1)

О‘simliklar ekologiyasi − о‘simliklarning tashqi muhit bilan aloqasi tо‘g‘risidagi fan bо‘lib, u о‘simliklar shakllarining paydo bо‘lishiga ayrim omilarning yoki ularning birgalikdagi ta’sirlarini о‘rganadi.
О‘simliklar tashqi muhitning biror faktoriga nisbatan ekologik guruhlar ajratiladi. О‘simliklarning tuzilishiga tuproqning, havoning namligi hamda yorug‘lik kabi muhim faktorlar ta’sir etadi. Bu faktorlarga о‘simliklar turlicha moslashadilar, shuning uchun kо‘pchilik ekologik guruhlar, ya’ni kserofitlar yoki ssiofitlar (soya sevar о‘simliklar) tashqi – gabitusi va ichki tuzilishlari bilan farq qiladilar. Ular turli hayotiy shakllarga ega bо‘ladilar.
Muhit tushunchasi. Muhit - ekologik tushuncha, u majmua tabiiy element va voqeliklardan tashkil topgan bo'lib, tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. M uhit-organizmlarni o 'rab turgan hamma tabiiy ekologik omillar (havo, yorug'lik, tuproq)dir. Muhit elementlari organizm larning holati, o'sish, rivojlanish, ko'payish, tarqalishiga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil orqali ta ’sir qiladi. Har bir organizmning muhiti juda ham ko'p organik va neorganik tabiiy elementlardan ham da inson faoliyatidan kelib chiqadigan sun’iy elementlardan tashkil topadi. Tashqi muhit tabiiy kuch va voqeliklar yig'indisi, moddalar va energiya tarqalishi inson faoliyatining turli obyektiv va sub’yektiv qirralari bo‘lib, ularning ba’zilari bir-birlari bilan aloqada bo‘lmasliklari ham mumkin. «Atrof-muhit» atamasi tashqi muhit tushunchasiga identik, aynan o‘zi bo‘lib, obyekt yoki sub’yektivlik bilan to'g'ridanto'g'ri kontaktda bo'ladi. Atrof-muhit tushunchasini biolog Ya. Yukskol (1864-1944) ekologiyaga kiritgan va shunday ta’riflagan: «Tashqi dunyo, u tirik organizmlarni o'rab turgan, ularning sezgi organlari, hayvonlarning harakat organlari orqali ta’sir qilib, maxsus xislatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Har bir sub’yekt xuddi o'rgimchak to'rining tolalari kabi tashqi muhitga u yoki bu xislati bilan bog'liq, murakkab to'r hosil qilib, o'zining hayotchanligini ta’minlaydi», - degan edi.
Ekologiyada yana «Tabiiy muhit» atamasi ham uchraydi. Tabiiy muhit - bu tirik va o'lik tabiatning tabiiy omillarining yig'indisi bo'lib, inson faoliyati natijasida o'zgaradi va organizmlarga ta’sirini o'tkazadi. (A.Ergashev, T.Ergashev. E,B<,va TMQ, 24-25-bet)
Abiotik omildan yorug'lik o'simlikka to'g'ridan-to'g'ri ta’sir qilib, ular tanasida biomassa hosil bo'lishiga olib keladi, shu biomassa (yem-xashak, ozuqa) orqali hayvonlarning hayot-faoliyatiga ta’sir ham qiladi.
Suv havzalarida temir, azot yoki fosfor birikmalari yetarli bo'lm asa, fitoplanktonni hosil qiluvchi suvo'tlarning rivojlanishi chegaralanadi, bu holat o'z navbatida baliqlarning asosiy ozuqasi bo'lmish zooplanktonning kamayib ketishiga olib keladi. O'rta Osiyo daryolari suvi haroratining pastligi, ko'llar va suv omborlari suv haroratining 20-30°C gacha ko'tarilishi, suvni «gullashdan» saqlaydi (Muzaffarov, 1958: Ergashev, 1976).
Tirik organizmlarning yashash joylari, makonning mintaqal almashinuvi, ularning geografik mintaqalar bo'yicha tarqalish qonunlaridan kelib chiqayotgan ekologik holatlarini issiqlik rejimining o'zgarishi bilangina tushuntirish mumkin. Masalan, ma’lum makon shimolda va janubda bir xil o'simlik qoplamiga ega ekandek ko'rinsa ham, shu ikki mintaqadagi makonlar issiqlik rejimidan, namligi, quyosh nurining tushishi bilan birbiridan farq qiladi. Makonning vertikal almashinuvi - turlarning mintaqalar bo'yicha emas, balki tog' tizmalariga xos balanddan pastga mintaqalar bo'yicha tarqalishidir. Masalan, O 'rta Osiyoning tog' tizmalarida: yaylov, tog', adir, tekislik kabi mintaqalarga ajratish mumkin. Har bir mintaqa o'ziga xos ekologik sharoit, o'simlik va hayvonlar turlariga ega. H attoki O 'rta Osiyo daryolarida uchraydigan suvo'tlari ham mintaqalar bo'yicha tarqalishi, har bir mintaqa uchun o'ziga xos turlar borligi va bu imkoniyat suvning haroratini aniqlovchi ekologik omil ekani kuzatiladi (Muzaffarov, 1958,1965, Ergashev, 1969,1974,1976). Makonning fasllar bo'yicha almashinuvi shu makondagi
Turli ekologik sharoitlarda turlar va tur vakillarining tarqalishi turlicha bo'ladi. Biologik birliklar tuzilishi, tabiatda, tirik makonda tarqalishi va ularning tashqi muhit bilan munosabatlari organizmlarning tuzilish turlarini belgilaydi. Organizmlar birliklari (guruhlari) tuzilishini quyidagi turlarga bo'lish mumkin (Odum, 1975): 1. Organizmlarning vertikal (yaruslik bo'yicha taqsimlanishi); 2. Mintaqaviy (gorizontal) bo'linish xarakteri; 3 Davrlar (fasllar) bo'yicha aktivligi; 4. Ozuqa bo'yicha aloqalar, munosabatlar; 5. Ko'payish (avlodlarning bir-biri bilan aloqasi); 6. Guruhlar o'rtasidagi (gala, poda, o'troq) munosabatlar xarakteri; 7. Organizmlarning birga yashash xarakteri (mutalizm, raqobat); 8. Stoxastik munosabatlar (tasodifan ta’sir) xarakteri.
M a’lumki, biologik birliklarning umumiy ko'rinishi ular ichidagi turlarning har xilligiga va turlarning nisbiy soniga qarab aniqlanadi. Biologik birliklarning hayotchanligi esa ularning turg'unligi, guruhni tashkil qilishda qatnashayotgan elementlarning aktivligiga bog'liqdir.
Tirik organizmlarning birliklari uchun yilning fasllar bo'yicha o'zgarib turishi ham xarakterlidir. Bunday o'zgarishlarda harorat, yorug'lik hamda quruq va namli fasllarning bo'lishi katta rol o'ynaydi. Organizmlarning fasllar davomida o'zgarishi cho'l, dasht mintaqalarda yaqqol ko'rinadi. Mo'tadil hududda esa haroratning kuchi kunning uzunligiga bog'liq bo'ladi. Bu hududda o'simliklar gullashi va qushlarning migratsiyasi har yili kechki bahorga qaraganda erta bahorda o'zgarib turadi, chunki erta bahorda haroratning o'zgarishi kechki bahorga qaraganda sezilarli darajada bo'ladi. Yilning fasllari (bahor, yoz, kuz, qish) bo'yicha mo'tadil hududda yer usti va suv havzalari ekosistemalarida erta bahor kechki bahordan, erta kuz esa kechki kuzdan, xuddi kuz qishdan farqlangandek farqlanadi. Shu sababli ham organizmlar yil davomida o'zgarib turishi bo'yicha olti davrga bo'linadi: uyqu davri (qish), uyg'onishning boshlanishi (erta bahor), uyg'onish (kechki bahor), yozgi uyqu (erta yoz), aktivlik faslining tamom bo'lishi (kechki kuz va kuz, qish) davrlari.

Download 283.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling