О‘simliklarning yashash sharoitiga moslanishish belgilari, organlarining tuzilishi, tashqi muhitning о‘simliklar tuzilishiga ta’siri Reja


Download 283.79 Kb.
bet4/5
Sana16.01.2023
Hajmi283.79 Kb.
#1096528
1   2   3   4   5
Bog'liq
osimliklarning yashash sharoitiga mo (1)

O'simliklar tarqalishi ham har xil bo`lib, ularda muayyn ekologik moslanishlar mavjud. Masalan, o'simlik tanasidan yomg'ir bilan yuvilib tushadigan urug'lar notekis tarqaladi. Ularning ko'pchiligi onalik o'simligi atrofiga tushadi, undan uzoqlashish bilan urug'lar soni, qalinligi pasayib boradi. Shamol bilan tarqaladigan va qutichadan otilib chiqadigan dukkaklilar vakillarining onalik o'simligi atrofida urug'lar soni kam bo'ladi. Undan sal narida esa urug'larning maksimal to'planishi kuzatiladi, unday uzoqlashish bilan yana urug'lar soni kamayib boradi. Onalik o'simliklari atrofiga tushgan urug'lar qalin to'plam hosil qiladi. Ulardan unib chiqqan yosh o'simtalar o'zlarining onalik yoki qardosh o'simliklari bilan qo'shni bo'lib o'sadi. Buning natijasida populyatsiya a ’zolari ichida qarama-qarshilik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish bo'lib o'tadi. Organizmlarning bir joydan ikkinchi joyga ko'chishida uning og'irligi ham ahamiyatga egadir. Yangi urug'lar va hasharotlar havo to'lqinlari bilan bir joydan ikkinchi joyga tez ko'chadi. Og'ir massalilar ko'chishi ancha og'ir bo'ladi. Masalan, yukli va yuksiz odamning bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi har xil.
Ayrim daraxtlar urug'lari o'zining ostiga tushadi, ularning tarqalishi juda sekin, tarqalish qobiliyati yo'q. Ko'pchilik o't o'simliklar pastki yarusida uchraydigan mayda, past bo'yli o'simliklar urug'lari o'simtalar va tikanlar bilan qoplangan bo'lib, ular turli sutemizuvchi hayvonlar tanasiga yopishib, bir joydan ikkinchi joyga tarqaladi. Masalan, eshaksho'ra, qo'y tikan. Ba’zi o'simliklarning urug'lari qushlar uyalari, kemiruvchi, yer kavlovchi yumronqoziqlar, sug'urlar, sichqonlar inlarida ham to'planib qoladi A.Ergashev, T.Ergashev, “Ekologiya, biosfera va TMQ”. Darslik. 176-bet ).
O'simlik urug'lari, mevalari yoki suv hayvonlari o'zlari tarqala olmaydigan joylarga ularning genlari, gametalari va sporalari tarqalishi mumkin. Buning natijasida joyli populyatsiyaning ayrim xislatlari o'zgaradi, tashqaridan «genetik ifloslanish» bo'ladi. Natijada populyatsiya a ’zolari tarqalishi populyatsiya joyinigina emas, balki uning genetik belgilarini ham o'zgartirib yuborishi mumkin.
Biotsenoz ichidagi turlar o'zlarining uchrovchanlik miqdori bilan bir-birlaridan keskin farq qiladi. Har bir biologik birlikda bir nechta ko'proq uchrovchi turlar bo'ladi. Bunday turlarni botaniklar edifikatorlar, dominantlar deb ataydi. Masalan, Turkiston tog' o'rmonlarida o'rik archa (Jmiperus turkestanica), Zarafshon tog'larida qizil archa (J.zeravschanica) kabi daraxtlar dominantlik qilsa, Sibir o'rmonlarida qarag'ay, qora qarag'ay, qaldirg'ochlar galasida qaldirg'och, pingvinlar koloniyasida pingvin dominant hisoblanadi. Dominantlar biotsenoz ichida hukmron bo'lib, shu yerda «turlar yadrosi»ni hosil qiladi. Bunday turlar edifikatorlar deyiladi. Ular atrofiga boshqa turlar qo'shilib, biotsenoz tuzilishini yuzaga keltiradi. Biotsenoz ichidan edifikator turni olib tashlash, shu yer biotsenozining buzilishi, muhitning o'zgarishiga olib keladi. Masalan, Qizilqum biotsenozidan saksovul, dasht mintaqasidan oq jusan qazib olinsa, u yerlarda qum harakati, tuproq uchishi yuzaga kelib, butun mikroiqlim o'zgarib ketadi. Biotsenoz ichida turlarning dominantligi ularning miqdorini emas, balki biotsenoz, biologik birlikka qiladigan ta’sirini ifodalaydi. M asalan, ko'p sonli o 't o'sim liklar turlariga qaraganda 5-10 ta daraxt shu yerning biologik birligiga ko'proq ta’sir ko'rsatadi. Dominant turlar ko'pincha m a’lum bir sistematik guruh ichidan chiqadi. Masalan, bug'doyzorda bug'doy, paxtazorda paxta boshqa turlarga nisbatan egallagan maydoni, mahsuldorligi bilan dominantlik qiladi.[191-bet].

Turlarning yaruslar bo‘yicha taqsimlanishi va davriy o‘zgarishlari. Biotsenozning har xilligi, unda uchraydigan turlarning vertikal yaruslar bo'yicha taqsimlanishi ham katta aham iyatga egadir. O 'sim liklarning yaruslar bo'yicha taqsimlanishi yorug'lik, namlik, joy uchun turlararo raqobatdan kelib chiqqan bo'lsa, hayvonlarning yaruslar bo'yicha tarqalishi ozuqa zaxiralaridan foydalanishga qaratilgan. Yaruslikda organizmlar muhit omillaridan to'la foydalanadi va yuqori mahsuldorlikka erishadi. Yaruslik ko'pincha o'rmonda yaxshi kuzatiladi. U yerda pastdan yuqoriga qarab quyidagi yaruslarni ajratish mumkin: 1) Lishaynik va moxlar yarusi; 2) O't o'simliklar yarusi; 3) Chala buta, butalar yarusi; 4) Daraxtlar yarusi. Ayrim joylarda 6-7 yarus ham ajratish mumkin. O'simliklarning yaruslar bo'yicha taqsimlanishi o'z navbatida hayvonlarning ham yaruslar bo'yicha taqsimlanishiga olib keladi: ya’ni tuproq ichi, tuproq usti, o'tlar ichi, daraxt shoxlari kabi yaruslarda turli hayvonlar uchraydi. Biotsenoz ichidagi o'simliklarning yaruslari turlicha bo'ladi. Jumladan, daraxtlar yaruslarini 1-2-3 m aylanaga ega bo'lgan daraxtlar tashkil qilsa, moxlar, lishayniklar yarusini santimetrlar hosil qiladi. Har bir yarus shu yerning fitoiqlimini hosil qiladi va o'zicha qatnashadi. Daraxtlar yarusi tagida joylashgan o't o'simliklar yarusiga quyosh nurlari kam tushadi, harorat, shamol kuchi pastroq, namlik va CO, miqdori ko'proq bo'ladi. Biotsenoz ichida organizmning vertikal taqsimlanishi, ularning ma’lum jihatdan gorizontal tuzilishini ham yuzaga keltiradi. Bu holat


Download 283.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling