Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Yuzalar o„zaro ta‟siridagi shikastlanish turlari
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Yuzalar o„zaro ta‟siridagi shikastlanish turlari
B oshl ang‗ic h tegili sh Yuza Chiziq yoki nuqta Nisbi y ha ra ka t Yo‗q Ostsillya- tsiya Sirpa- nish Yo‗q Sirpanish Tebranish Tebranish va sirpanish Mis ol P arc ha lanish turi G‗ijimlanish Freting- korroziya Yeyilish G‗ijimlanish Yeyilish Eskirish (g‗ijimlanish) Yeyilish va eskirish Yuzalarning nisbiy harakati bo‗lmasa, bu odatda ularning g‗ijimlanishiga (plastik deformatsiyaga) olib keladi. Yuzalarning g‗ijimlanishi shponkali, tishsimon (shlits) birikmalar, tayanch va shtiftlar, zanjirli uzatish o‗qlari, rezbali birikmalar va mashinalarning boshqa detallariga xos. 153 Yuzalarning nisbiy sirpanishi ularning yeyilishiga olib keladi. Bunda plastik deformatsiyalar ta‘siri juftlik elementlar qattiqligini oshirish orqali kamaytirilishi yoki deyarli bartaraf etilishi mumkin. Detallarning kichik nisbiy harakatida yeyilishining maxsus turi fretting- korroziya yuzaga keladi. Ikki jismning sirpanishsiz tebranishi (obkatka) yuza qatlamlarning eskirishi (charchashiga) olib keladi, u kontakt yuzasidan mayda metal zarralarning ajralib tushishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Bu, masalan, tebranish podshipniklari, kulachokli mexanizmlar roliklariga tegishli. Materiallar qattiqligi etarli bo‗lmaganda va katta yalpi bosimlarda ham g‗ijimlanish kuzatiladi. Nisbiy sirpanishli tebranishda yeyilish va charchash, qator hollarda esa yuzalarning g‗ijimlanishi ham kuzatiladi. Charchash zonasi nisbiy sirpanish minimal yoki nolga teng bo‗lgan joyda joylashadi. Intensiv yeyilish zonasi katta nisbiy sirpanish joylarida joylashadi. Shunday qilib, yuzalar o‗zaro ta‘sirining har bir turiga shikastlanishning o‗ziga xos turi mos keladi. Yeyilishda korroziya, adgeziya va ikki yuza o‗zaro ta‘siri natijasida o‗ziga xos jihatlarga ega bo‗lgan fizikaviy-kimyoviy jarayonlar ham ro‗y beradi. Yeyilishning mashina puxtaligiga ta‘siri shunchalik kattaki, unga kitobning maxsus bo‗lishi bag‗ishlangan. Yuzalar kontaktida yeyilish ma‘lum vaqt davomida namoyon bo‗lmasa, kontakt shartlarining o‗zgarishi ro‗y berishi mumkin: kontaktga kirishuvchi yuzalar maydonining o‗zgarishi, mikrobo‗rtishlarning o‗zaro kirishish chuqurligi, moyli plenka yorilishi va boshqalar. Bu o‗z navbatida ishqalanish koeffitsienti, kontakt qattiqligi va boshqalar. Ko‗rib chiqilgan eskirish jarayonlarining tasnifi ushbu jarayon intensivligini belgilovchi ularning fizikaviy-kimyoviy hodisalari xilma-xilligi va murakkabligini ko‗rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling