Shponkali birikmalar, ularning turlari, ishlatilish sohalari. Shponkali birikmalarni mustahkamlikka hisoblash


Download 156.08 Kb.
bet1/2
Sana23.10.2023
Hajmi156.08 Kb.
#1716502
  1   2
Bog'liq
Shponkali birikmalar.

Shponkali birikmalar


Reja:


  1. Shponkali birikmalar, ularning turlari, ishlatilish sohalari.

  2. Shponkali birikmalarni mustahkamlikka hisoblash.


  3. Shlitsli birikmalar, ularning turlari, ishlatilish sohalari.

  4. Shlitsli birikmalarni mustahkamlikka hisoblash

\


1.Shponkali birikmalar, ularning turlari, ishlatilish sohalari.


Shponka (polyakcha zgropka, nem. pona, qistirma) — 1) mashina va mexanizmlarda val (oʻq)ni unga kiydirilgan detal (shkiv, shesternya va boshqalar) bilan biriktirish uchun moʻljallangan detal. Shkiv, tishli gʻildirak (shesternya) va boshqalar gupchagidagi hamda vallar tanasidagi oʻyiqlarga qoʻyiladi. Prizmatik, ponasimon, segment shaklli xillari bor. shahridan foydalanib hosil qilingan birikma shpon kali birikma deb ataladi; 2) yogʻoch konstruksiya elementlarini bir-biriga biriktiruvchi siljitish kuchiga toʻsqinlik qiluvchi detal; 3) gidrotexnika inshootlari choklarini zichlovchi qistirma. Gidroizolyatsiya materiali (bitum) dan qilinadi.
Shponkali va shilitsli birikmalar yordamida shkiv, tishli g’ildirak, mufta va shunga o’xshash detallar vallarga mahkamlanadi. Bunda birikma asosan burovchi moment bilan yuklanadi.
Shponkali birikmalar. Bu birikmalar val, shponka hamda g’ildirakni (shkiv, tishli g’ildirak, yulduzcha va boshqalar) gubchagidan iborat bo’lib, shponka burovchi momentini uzatish uchun ishlatiladi. Shponkali birikmaning afzalligi bu uning tuzilishi oddiy bo’lib, ularni yig’ish va qismlarga ajratish nisbatan yengil va arzonligidadir. Kamchiliklari: shponka uchun mo’ljallangan o’yiq bo’lishi, bu esa shu kesimning mustahkamligini kamaytiradi. O’yiqlarda kuchlanishlarni to’planishi birikmaning mustahkamligini val hamda g’ildirakning mustahkamligidan kichikligi. Shuning uchun shponkali birikmalar dinamik yuklanish bilan ishlaydigan va katta tezlik bilan xarkatlanuvchi vallarda ishlatish tavsiya etilmaydi. Kamchiliklardan yana biri bu xar bir shponka o’tkaziladigan joyiga moslab o’rnatilishi kerak, shuning uchun katta seriya bilan tayyorlanadigan uzellarda xam tavsiya etilmaydi.
Shponkali birikmalar zo’riqqan va zo’riqmagan bo’lishi mumkin.
Zo’riqmagan birikmalarda prizmatik, segmantli shponkalar, zo’riqqan birikmalarda silindrsimon, ponasimon shponkalar ishlatiladi.







Afzalligi. Кonstruksiyasi oddiy, yig’ilishi va qismlarga ajratilishi nisbatan yengil va
shuning uchun ham mashinasozliqsa keng tarqalgan. Shponkali birikmalar detallarni aylanma yo’nalishda ishonchli o’rnatish imkonini beradi.
Кamchiligi. Val va o’kda shponkani o’rnatish uchun o’yiqcha hosil qilinadi, shuning natijasida val va o’kdaryushg shponka o’rnatiladigan qismining ko’ndalang kesim yuzasi kamayadi. Bu esa uning mustahkamligi kamayishiga olib keladi. Mustahkamlikning kamayishi shponka o’yiqchasida eguvchi va burovchi kuchlanishlarning jamlanishi tufayli hamdir. Shponkali birikmani tayyorlash birmuncha mehnatni talab etadi. Detallarni markazlashtirishning murakkabligi tufayli mas’uliyatli tezkor vallarda qo’llash tavsiya etilmaydi.
Shponkali birikmalar zo’riqtirilmagan va zo’riqtirilgan turlarga bo’linadi. Zo’riqtirilmagan shponkali birikmalar yassi prizmasimon va segmentsimon shponkalarni qo’llashda xosil qilinadi. Bu holda birikmani yig’ishda detallarda dastlabki kuchlanishlar hosil bo’lmaydi.
Zo’riqtirilgan birikmalar esa ponasimon va tangensial shponkalarni ishlatishda vujudga keladi. Bu xildagi birikmalarni yig’ishda dastlabki zo’riqish hosil bo’ladi. Bu zo’riqishni montaj zo’riqishi yoki kuchlanishi deb ham ataladi
Prizmasimon shponkalarning ensizroq yon yoqlari ishchi hisoblanadi. Chekka qismining shakliga ko'ra chekkasi doirasimon, chekkasi yassi va bir chekkasi doirasimon, ikkinchi chekkasi yassi bo'lgan turlarga boiinadi. Prizmasimon shponkalarning asosiy kamchiligi detallarning o`q bo'yicha surilib ketishiga to'sqinlik qila olmasligidir. O'rnatilayotgan detalning o'q bo'yicha siljimasligini ta'minlash uchun qo'shimcha tirgak vtulkalar, o'rnatish vintlari ishlatiladi.
Segmentsimon shponkali birikmalar ham asosan yon yoqlari bilan ishlaydi. Valga chuqurroq o‘rnashadi, qo`l bilan moslashtirishni talab etmaydi. Qisqa gupchakli detallarda 1 ta, uzun gupchakli detallarda esa valning bir tomoniga 2 ta o ‘rnatiladi. Tayyorlanishi va yig'ilishi oson, shuning uchun ham seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ko‘plab ishlatiladi.
Ponasimon shponkali birikmalar bir tomoni konusligi 1:100 bo 'lgan o ‘z-o'zini tormozlovchi ponadan iboratdir. Pona kallakli va kallaksiz bo`lishi mumkin. Bunday kallak ponasimon shponkani o ‘yiqchadan chiqarib olish uchun xizmat qiladi. Xavfsizlik me’yorlariga ko'ra chiqiq kallak to'siqqa ega bo`lishi kerak. Ponasimon shponka o'yiqchalariga qoqib kiritilganligi uchun zo'riqtirilgan birikma hosil bo`ladi. Birikma nafaqat aylantiruvchi momentni, balki o'q bo'yicha yo'nalgan kuchni ham uzatadi. Shponka zarb bilan qoqib kiritilganligi tufayli o`rnatilayotgan detalning val sirtida markazlanishi buzilib, ish vaqtida radial tepish vujudga keladi, buning oqibatida birikmaning va tugun (bog'lama)ning ish maromi buzilishi mumkin. Ponasimon shponkali birikmani sekinyurar uzatmalarda qo'llash tavsiya etiladi.

Download 156.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling