Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Al, Zr, Ta, Cr, Zn, Te, Co, Ni, Cu, Pt, Ag qatorda tushadi.
Kimyoviy korroziya jarayonlarining intensivligini baholash uchun fizikaviy- kimyoviy qonuniyatlarni qo‗llashning ushbu misoli materiallarning eskirishi va parchalanishi murakkab hodisalari tahliliga tipik yondoshuvdir. Ekspluatatsiyada mahsulot harakatini bashoratlash va optimal yechimlarni tanlash uchun eskirishning ushbu jarayonining vaqtda kechish bevosita bog‗liqliklariga ega bo‗lish istakka muvofiq bo‗lsa ham, hodisaning murakkabligi ushbu bosqichda bu qonuniyatni olishga imkon bermaydi. Shu sababli jarayonning eng muhim tomonlarini aks ettiruvchi fizikaviy va kimyoviy qonunlar, hamda jarayon intensivligi to‗g‗risida fikr yuritishga imkon beruvchi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Vaqt omili bu yerda yaqqol namoyon bo‗lmaydi va sof holda eskirish qonunini olish uchun (ya‘ni t funksiyada) materiallar xususiyatlari va holatining o‗zgarishi ushbu jarayon mexanizmini yanada ochib berilishi zarur. Vaqt funksiyasida materialning shikastlanish darajasini baholovchi eskirish qonunlari puxtalik masalalarini hal etishning asosidir. Ular eskirish jarayoni borishini bashoratlash, uning realizatsiya imkoniyatini baholash va jarayon 125 intensivligiga ta‘sir etuvchi muhim omillarni aniqlashga imkon beradi. Materiallar eskirishi qonunlari bunday bog‗liqliklarning tipik misoli bo‗lib, ular yuzalar o‗zaro ta‘siri fizikaviy kartinasini ochib berish asosida eskirish jarayoni intensivligi yoki vaqt funksiyasida eskirish kattaligini hisoblash uchun metodlarni beradi va jarayon borishiga ta‘sir etuvchi ko‗rsatkichlarni baholaydi. Keyingi yillar izlanishlarini tahlil etib qayd etish lozimki, barcha ko‗pincha eskirish yoki parchalanish jarayonining borishini ta‘riflovchi qonunlarni vaqt funksiyasi sifatida olishga intiladi. Masalan, korroziya jarayonining tipik jarayonlarini vaqt funksiyasi kabi baholovchi qonuniyatlar aniqlangan, eskirish yoriqlari rivojlanishining tezligini baholashga harakatlar qilishmoqda, ekspluatatsiya jarayonida moylar xususiyatlarining o‗zgarishini ta‘riflovchi qonuniyatlar ishqalanish koeffitsienti o‗zgarishi, vaqtda polimer materiallar xususiyatlari o‗zgarishi va boshqa qonuniyatlar mavjud. Fizikaviy-kimyoviy jarayonlarning ko‗pchilik vaqt qonuniyatlari termoaktivatsion jarayonlar kinetikasini ko‗rib chiqish asosida olinishi mumkin. Qattiq jismlar xususiyatlarining o‗zgarishi elementar zarrachalarning harakati va qayta guruhlanishi, kristall panjarada ular joyining o‗zgarishi natijasida ro‗y beradi. Bu energiyasi aktivatsiya energiyasi a E yuqori energiyaga E ega bo‗lgan zarrachalar qismini baholashga imkon beradi (masalan, molekulalar va atomlar uchun Maksvell-Bolsman taqsimoti). a E E energiyali zarrachalar qismining a E qiymat va haroratdan eksponensial bog‗liqligini hisobga olsak, ko‗pchilik fizikaviy-kimyoviy jarayonlarning tezligi quyidagicha ifodalanishi mumkin: K E c a exp , bu yerda: c – jarayon mexanizmiga bog‗liq bo‗lgan doimiy koeffitsient va K – Bolsman doimiysi ( K – energiya o‗lchamiga ega). 126 Formuladan ko‗rinib turganidek, jarayon tezligi berilgan shartlar uchun doimiy va harorat ko‗tarilishi bilan keskin o‗sadi, chunki bunda yuqori energiyaga ega zarralar soni oshadi. Kimyoviy reaksiyalar tezligini aniqlash uchun ta‘sirlanuvchi moddalar miqdori yoki kontsentratsiyasining vaqt birligiga o‗zgarishini baholash zarur. Kimyoviy reaksiyalarning kechishi eski kimyoviy bog‗lanishlar parchalanib yangilari hosil bo‗ladigan molekulalar yoki atomlarning to‗qnashuvida ro‗y beradi. Reaksiyalarning kinetik tenglamalari ularning ko‗chish tezligini aniqlaydi. Masalan, dastlabki A moddaning B va D mahsulotlarga parchalanishi, ya‘ni D B A eng oddiy reaksiyasi uchun reaksiya tezligi ð dastlabki modda konsentratsiyasiga proporsional deb hisoblash mumkin: z a K dt dz ð , bu yerda: K –reaksiya konstantasi (yalpi tezlik); a –ta‘sirlanuvchi moddaning boshlang‗ich konsentratsiyasi; z –reaksiyada hosil bo‗luvchi mahsulotlar konsentratsiyasi. Natijada differensial tenglamani hosil qilamiz: Ka Kz dt dz , uning yechimi ) 1 ( Kt e a z bo‗ladi. Shunday qilib, eskirish jarayonlarida ( z U ) element shikastlanishi darajasini baholay oladigan hosil bo‗luvchi z mahsulotlar konsentratsiyasi eskponensial qonun bo‗yicha o‗zgaradi va t da a z . Boshqa jarayon jadalroq boradi, keyin esa boshlang‗ich mahsulot kamayishi tufayli sekinlashadi. Boshlang‗ich mahsulot o‗zgarishi ahamiyatsiz va hisobga olinmasligi mumkin bo‗lgan eskirish jarayonlari uchun bu bog‗liqlikning boshlang‗ich uchastkasi asosiy rol o‗ynaydi, u to‗g‗ri chiziq bilan approksimatsiyalanishi mumkin, ya‘ni const p qabul qilinadi. Ishlamay qolishlar fizikasida eskirish qonunlari asosiy masala hisoblanadi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling