Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-§. Materiallarda o„zgarishlarni ta‟riflovchi qonuniyatlar tahlili


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

2.4-§. Materiallarda o„zgarishlarni ta‟riflovchi qonuniyatlar tahlili 
Materiallar xususiyatlari va holatining o„zgarishi mahsulotning 
ishlamay qolishi sababi sifatida 
Mahsulot tayyorlangan materiallarning boshlang‗ich xususiyatlari va 
holatining o‗zgarishi uning ishlamay qolishining birinchi sababidir, chunki bu 
o‗zgarishlar mahsulotning shikastlanishiga va ishlamay qolish paydo bo‗lishi 
xavfiga olib kelishi mumkin. 
Materiallar xususiyatlari va holati o‗zgarishi jarayonlarini ta‘riflovchi 
qonuniyatlar qanchalik chuqur o‗rganilgan bo‗lsa, ekspluatatsiyaning ushbu 
sharoitlarida mahsulot harakatini shunchalik to‗g‗riroq bashoratlash mumkin. 


117 
Puxtalikni baholash uchun, odatda, ehtimollik tavsiflaridan foydalanilsa 
ham, bu mahsulot harakati to‗g‗risida faqat statistik izlanishlar asosidagina fikr 
yuritish mumkinligini anglatmaydi.
Aksincha, mashina ishlamay qolishi asosida doimo fizikaviy qonuniyatlar 
yotadi, biroq ta‘sir etuvchi omillar turli-tumanligi va o‗zgaruvchanligi tufayli bu 
bog‗liqliklar ehtimollik xarakteriga ega bo‗ladi.
Materialning shikastlanishi ma‘lum bir jarayoni tezligi qator kirish 
ko‗rsatkichlari qatori 
n
Z
Z
Z
...;
;
;
2
1
va vaqtning t funksiyasi bo‗lsin, bunda ushbu 
bog‗lanish fizikaviy-kimyoviy qonunlar asosida olingan:


t
Z
Z
Z
dt
dU
n
;
...;
;
;
2
1





i
Z
ko‗rsatkichlari ekspluatatsiya shartlari (yuklamalar, tezliklar, harorat va 
boshqalar), material holati (qattiqlik, mustahkamlik, yuza sifati va hokazo) va 
materialning shikastlanishi jarayoni kechishiga ta‘sir etuvchi boshqa omillarni 
tavsiflaydi. Biroq ushbu hodisani yetarlicha to‗g‗ri ta‘riflovchi faqat funksional 
bog‗liqlikning bo‗lishidagina bu jarayon qanday kechishini aniq bashoratlab 
bo‗lmaydi, chunki 
n
Z
Z
...;
;
1
argumentlarning o‗zi tasodifiy kattaliklardir. 
Haqiqatan, mashina ishlashida yuklamalar, tezliklar, haroratlar, yuzalar 
ifloslanish darajasining ko‗zda tutilmagan o‗zgarishlari ro‗y beradi. Bundan 
tashqari, mashina detallarining o‗zi texnologik ko‗rsatkichlar (aniqlik, materialning 
bir turdaligi va boshqalar) turli yo‗l qo‗yishlar bilan bajarilgan bo‗lishi mumkin. 
Biroq jarayonning fizikaviy qonuniyatlarini bilish jarayon borishini baholash 
imkoniyatini bu jarayon faqat statistik kuzatishlar asosidagina baholanishiga 
nisbatan tubdan o‗zgartiradi.
Funksional bog‗liqlik jarayon fizikaviy mohiyatini ma‘lum darajada 
yaqinlashtirish bilangina aks ettirsa ham, turli vaziyatlarda jarayon borishi 
ehtimolini bashoratlashga imkon beradi. Masalan, tenglamaga argumentlar 
o‗rtacha qiymatini qo‗yilishi jarayonni ta‘riflovchi tasodifiy funksiyaning 
matematik kutilishi to‗g‗risida tasavvur beradi, tasodifiy argumentlar dispersiyasi 
bo‗yicha esa tasodifiy jarayon dispersiyasini baholash mumkin. Shu sababli 


118 
ekspluatatsiya sharoitlarida materiallar xususiyatlarining o‗zgarishi qonuniyatlarini 
o‗rganuvchi ―Ishlamay qolishlar fizikasi‖ mashinalar puxtaligini o‗rganish va 
baholash uchun asos bo‗ladi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling