Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Ishlab turgandagi ishlamay qolishlar va parametrik ishlamay qolishlar
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Ishlab turgandagi ishlamay qolishlar va parametrik ishlamay qolishlar
Ishlamay qolishlarning oqibatlari xilma-xildir. Ularni parametrik va ishlab turgandagi ishlamay qolishlarga bo‗lish mumkin. Ishlab turgandagi ishlamay qolishlar shunga olib keladiki, mahsulot o‗zining funksiyalarini bajara olmaydi. Masalan, ishlamay qolish natijasida reduktor aylanmaydi va harakatni uzatmaydi, ichki yonuv dvigateli ishga tushmaydi, nasos moy uzatmaydi va hokazo. Ishlab turgandagi ishlamay qolish 111 ko‗pincha mahsulot alohida elementlarining sinishi yoki qadalib qolishi bilan bog‗liqdir. Parametrli ishlamay qolish mahsulot parametrlarining (tavsifnomalarini) ruxsat etilgan chegaralardan chekkaga chiqishiga olib keladi. Stanokda ishlov berish aniqligining buzilishi, uzatish F.I.K. ning kamayishi va boshqalar mahsulotning keyingi ishlash imkoniyatlarini cheklamaydi. Biroq u texnik me‘yorlarda belgilangan talablar nuqtai nazaridan ish qobiliyatini yo‗qotadi. Zamonaviy mashinalar uchun parametri ishlamay qolishlar xarakterlidir. Bu zamonaviy mashinalarning chiqish parametrlariga qo‗yilgan talablarning yuqoriligi bilan bog‗liqdir. Parametrik ishlamay qolishlarga ega bo‗lgan mahsulotni ishlatish og‗ir iqtisodiy va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish, mahsulotga qo‗yilgan funksiyalarning bajarilmasligi, qo‗shimcha vaqt va vositalarning katta miqdorda sarflanishi va hokazo. Murakkab mashinalar va tizimlarda parametrik ishlamay qolishlar ishlashining buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, so‗nggi zvenosi ma‘lum masofaga suriladigan ko‗p zvenoli mexanizmda, kinematik juftliklarning yeyilishi tufayli tirqishlar paydo bo‗lishi natijasida yetakchi zveno umuman siljimasligi mumkin. Shuning uchun parametrik ishlamay qolishlar mashinalar puxtaligi nazariyasida ko‗rib chiqiladigan asosiy obyektlardan biri bo‗lib hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, ishlab turgandagi buzilishlar va parametrik ishlamay qolishlar asta-sekin ham, tasodifiy ham bo‗lishi mumkin. Masalan, o‗lchov asbobining ruxsat etilmagan tashqi ta‘sirlar tufayli tasodifiy ishlamay qolishi: - agar tashqi issiqlik manbalaridan qizishi tufayli uning aniqligi yo‗qotilsa, parametrik bo‗ladi; - agar atmosfera changi tufayli uning mexanizmlarida qadalib qolishlar sodir bo‗lsa, ishlab turishdagi ishlamay qolishlar bo‗ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling