Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
2.5-rasm.
Birinchi holat tasodifiy ishlamay qolish hisoblanadi, chunki abraziv zarrachaning tushib qolish ehtimolligi mashinaning davomi ishlashidan emas, balki tashqi omillardan bog‗liq bo‗ladi. Bu holda buzilmasdan ishlashini oshirish, ishlatish usullarini yaxshilash va ishqalanish sirtini ifloslanishdan himoyalash bilan bog‗liqdir. Ikkinchi holat asta-sekin ishlamay qolish hisoblanadi, chunki uning paydo bo‗lishi sirtning yeyilish jarayoni bilan va materialning sifati bilan bog‗liq. Birikma qancha ko‗p ishlasa va yo‗naltirgich qancha ko‗p yeyilsa, sirtda yashirin nuqson paydo bo‗lish ehtimolligi shuncha yuqori bo‗ladi. Istalgan ishlamay qolishning vujudga kelishi shikastlanish jarayonining tezligidan ( dt dU , bu yerda U – shikastlanish darajasi) va bu jarayonning paydo bo‗lish vaqti â Ò dan bog‗liq bo‗ladi (2.6-rasmga qarang). 110 2.6-rasm. Asta-sekin ishlamay qolishda 0 â Ò , ya‘ni mahsulotni ishlatishda jarayon hatto u dastavval amaliy jihatdan yuzaga chiqmasada, birdaniga boshlanadi, jarayon tezligi esa vaqt funksiyasi t bo‗lib hisoblanadi. Tasodifiy ishlamay qolish uchun uning paydo bo‗lish vaqti â Ò tasodifiy kattalik bo‗lib hisoblanadi va mahsulotning holatidan bog‗liq bo‗lmagan taqsimlash qonuniga bo‗ysunadi. Jarayon juda tez kechadi ( ) va shuning uchun â Ò f funksiya buzilmasdan ishlash ehtimolligini aniqlaydi. Ikkita oldingi ishlamay qolishlarning xususiyatlarini o‗ziga oladigan uchinchi turdagi ishlamay qolishlar ham mavjud bo‗lib (2.6-rasm), buni biz murakkab ishlamay qolish deb ataymiz. Bu yerda to‗xtamay qolishning paydo bo‗lish vaqti – mahsulotning holatidan bog‗liq bo‗lmagan tasodifiy kattalik, mahsulotning ish qobiliyatini yo‗qotish jarayoni tezligi t esa uning chidamliligidan bog‗liq bo‗ladi. Masalan, mashinaga ruxsat etilmagan tashqi zarbli ta‘sirlar kuchlanishning kontsentratsiyasi tufayli toliqishdan yorilish paydo bo‗lishining manbasi bo‗lib hisoblanishi mumkin. Darzning asta-sekin o‗sib borishi mashinani kelgusida ishlatish me‘yori bo‗yicha sodir bo‗ladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling