Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Nikellash. Elektrolit va kimyoviy nikellash detallarning yeyilishga
chidamliligini oshirish, zanglashdan himoyalash va dekorativ qoplama hosil qilishda qo‗llaniladi. Elektrolitik nikellash xromlashdagi kabi tog‗oralarda bajariladi, kimyoviy nikellash esa, detallarni eritmaga botirib, ma‘lum haroratda tutib turish, (elektr tokini ishlatmasdan), metalni yeyilgan sirtga o‗tirishini ta‘minlashdan iborat. Yonilg‗i nasoslari va gidravlik asboblarning po‗lat, mis va alyuminiy qotishmalaridan aniq tayyorlangan detallarini unumdorligi bu usulning afzalligidir. Mislash yeyilgan va siqilgan bronza vtulkalarni tiklash, sirtlarni sementlashda muhofazalash, elektr asboblarning kontaktlarini ta‘mirlashda yoki xromlash va nikellash oldidan quyi qatlam sifatida qo‗llaniladi. Oqartirish – ta‘mirlangan detallarning ishlab moslanishini yaxshilash uchun sirtlarga qalay qatlamini yetkizishdan iborat. Detallarni plastik deformatsiyalash usuli bilan tiklash metallarning sovuq va issiq holatlarda plastik deformatsiyalana olish xossasiga asoslangan. Uglerodli po‗latlar, rangli metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlangan detallar sovuqlayin, tarkibida ko‗pi bilan 0,3 foiz uglerod bor bo‗lgan detallar esa issiq holatlarda plastik deformatsiya usulida tiklanadi. 106 Detallarni qizdirmasdan tiklashda katta kuch qo‗yish talab etiladi. Bunda metall tuzilishini o‗zgartirmasdan deformatsiyalanadi, puxtalash natijasida esa qovushqoqlik pasayadi, oquvchanlik chegarasi kattalashadi va detal metallining qattiqligi oshadi. Detalni suyuqlanish haroratining 0,8-0,9 qismigacha qizdirganda plastik deformatsiyalashga sarflanadigan kuch 12-15 hissa kamayadi, shunda uning tuzilishi va mexanik xossalari sezilarli darajada o‗zgarmaydi. Amalda detallarni cho‗ktirib, bosib qirgizib, kengaytirib, aylanasiga siqib, cho‗zib va to‗g‗rilab tiklanadi. Bundan tashqari, detallarni tiklash va mexanik xossalarini yaxshilashning turli usullari keng qo‗llaniladi. Detallarning yeyilgan sirtlarini bosim bilan ishlov berib tiklanganda detalning ishlamaydigan qismidagi metall uning yeyilgan qismiga suriladi. Bu jarayon detalni tayyorlash, deformatsiyalash va deformatsiyalangandan keyin ishlov berishdan iborat. Detallarni deformatsiyalashga tayyorlash ishlov beriladigan sirtlarni sovuqlayin deformatsiyalash oldidan yumshatish yoki yuqori haroratda qizdirib bo‗shatish, yoki issiqlayn deformatsiyalash oldidan ularni qizdirish ishlaridan iborat. Qattiqligi 25 NRC dan kam bo‗lgan po‗lat detallar, shuningdek rangli metallardan tayyorlangan detallar dastlab termik ishlov bermasdan sovuqligicha deformatsiyalanadi. Rus fizigi V.V. Petrov 1802 yilda yoyli razryad hodisasini va undan metallarni suyultirish uchun foydalanish mumkinligini aniqladi. 1882 yilda rus injeneri N.N. Benardos dunyoda birinchi bo‗lib metallarni payvandlashda elektr yoydan foydalanadi. Bunda o‗zgarmas tokda erimaydigan ko‗mir elektrod yordamida elektr yoy hosil qilinib, metall chiviq suyultirib yotqizilgan. 1882 yilda boshqa rus injeneri N.G.Slavyanov o‗zgaruvchan va o‗zgarmas toklarda eruvchan metall elektrod bilan elektr yoyli payvandlash usulini ishlab chiqdi. Bu usul hozir elektr payvanlashning asosiy turi sifatida keng qo‗llanmoqda. Bu usulda qalinligi 1 mm va undan qalin uglerodli va legirlangan barcha markadagi po‗latlarni payvandlash va suyultirib qoplash, cho‗yan va rangli metallarni payvandlash mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling