Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-rasm. Avtomatik tеbranma yoyli suyultirib qoplash sxеmasi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

2.2-rasm. Avtomatik tеbranma yoyli suyultirib qoplash sxеmasi 
1-dеtal sirti, 2-gaz mеtall oqimi, 3-tok konsеntratori, 4-suv bilan sovitiladigan induktor, 
5-xavo kanali, 6-sim, 7-surish mеxanizmining roliklari, 8-yo’naltiruvchi vtulka
 
Flyus ostida avtomatik suyultirib qoplash detallarni tiklash usuli sifatida 
qator afzalliklarga ega: ish unumdorligi katta, elektr energiya va elektrod metali 
kam sarflanadi, suyultirib qoplanadigan qatlamni ancha qalin (1,5–5 mm va 
bundan ham qalin) qilish mumkin; qatlam tekis chiqadi, suyultirib qoplanadigan 
metalni (legirlash yo‗li bilan) zarur fizik-mexanik xossali qilish mumkin; suyultirib 
qoplanadigan metal sifati ishchi xodim malakasiga bog‗liq bo‗lmaydi; 
ultrabinafsha nurlanish yo‗qligidan payvandchilarning mehnat sharoitlari yaxshi 
bo‗ladi.
Shuningdek, avtomatik suyultirib qoplash usuliniig kamchiliklari ham 
mavjud. Masalan, detal kuchli qiziydi, suyultirib qoplanadigan metalning oqib 
ketishi va flyusni detal sirtida saqlash qiyinligi sababli diametri 40 mm dan kam 
bo‗lgan detallarni suyultirib qoplash mumkin bo‗lmaydi.
Flyus ostida suyultirib qoplash dvigatellar tirsakli vallarining bo‗yinlarini, 
turli vallardagi shlitsli sirtlarni, avtomobillarning yarim o‗qlarini va boshqa 
detallarini tiklashda qo‗llaniladi.


100 
Detallarni galvanik va kimyoviy qoplamalar bilan tiklash 
Galvanik qoplash elektr tok ta‘sirida metal tuzlarining eritmasidan 
metallarning ajralib chiqishi xossasiga asoslangan. Detal tok manbaining manfiy 
qutbiga katodga ulanganda, uning yeyilgan sirtiga metal o‗tiradi. Tok manbaining 
musbat qutbiga ulangan anod ikkinchi elektrod sifatida xizmat qiladi. Ikkala 
elektrod ajraladigan metal tuzlarining eritmasiga joylanadi.
Galvanik va kimyoviy qoplamalar detalning yeyilgan joyini to‗ldirish uchun 
yetkiziladi, shuningdek ulardan zanglashdan saqlaydigan yoki pardoz qoplamalar 
sifatida foydalaniladi. Galvanik qoplash usullaridan xromlash, temirlash, 
nikellash, ruxlash va mislash, kimyoviy qoplash usullaridan esa, oksidlash va 
fosfatlash keng ko‗lamda qo‗llaniladi.
Galvanik qoplamalar detalga yetkizilishi zarur bo‗lgan metallarning suvdagi 
eritmasidan tuzilgan elektrolitlardan olinadi. Bunda detal katod, metal plastina esa 
anod vazifasini bajaradi. Elektrolitdan tok o‗tganda katod (detal) ga metal o‗tiradi, 
anod esa eriydi. Detallarga qoplama yotqizish texnologik jarayoni detallarni 
qoplama yotqizishga tayyorlash, qoplama yotqizish va qoplangan detallarga ishlov 
berishdan iborat.
Galvanik qoplamalar detallarni ortiqcha qizdirib yubormagan holda yeyilgan 
sirtlarni to‗ldirish va ularni boshlang‘ich o‗lchamlariga keltirib tiklash imkonini 
beradi. Paxtachilik mashinalarining detallari galvanik usulda xromlash bilan 
tiklanadi.
Xromni yeyilgan sirtlarga yotqizish jarayoni ko‗pi bilan 0,25–0,3 mm 
yeyilgan detallarni tiklashda, shuningdek zanglashdan saqlash uchun qo‗llaniladi. 
Vallar, o‗qlarning ish sirtlari, dumalash podshipniklari o‗tkaziladigan sirtlar va 
boshqa detallar xromlash usulida tiklanadi. Xromli qoplamalar ko‗kimtir-oq 
rangda bo‗ladi. Detalga yotqizilgan xrom qattiqligi NV 800–1000, yeyilish va 
zanglashga qarshiligi katta bo‗ladi. Xrom bilan tiklangan detallarning xizmat 
muddati ish sharoitlariga qarab 4–10 marta oshadi. Xromli qoplamalarni xom va 
toblangan po‗latlarga yotqizish mumkin.


101 
Xromlash texnolognk jarayoni detallarni xromlashga tayyorlash, xususan 
xromlash, xromlangan detallarni yuvish, zarur bo‗lsa, mexanik ishlov berishdan 
iborat. Xromlashga tayyorlash detallarni kir, moy va zangdan tozalash, silliqlash, 
ishqorli: qaynoq eritmada (kalsiy oksidi va magniy oksidining aralashmasida) 
yuvish, ishqalash, qaynoq va sovuq suvda yuvish, xromlanmaydigan joylarni 
berkitish, detallarni osmaga o‗rnatish, elektrolitik yog‗sizlantirish kabilardan 
iborat. Detalning tiklanadigan sirti to‗g‗ri geometrik shaklga keltiriladi, chizilgan 
va tirnalgan joylar yo‗qotilib, g‗adir-budurligi 0,63–0,16 mkm ga keltiriladi. 
Detallar yuvish tog‗oralarida va qo‗lda yuviladi hamda g‗adir-budurlik darajasiga 
qarab tanlangan jilvir tosh bilan silliqlanadi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling