Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-rasm. Eritib payvandlash chizmasi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

2.1-rasm. Eritib payvandlash chizmasi. 
 
Avtomatlashtirilgan usulda flyus ostida suyultirib qoplangan metalning 
fizik-mexanik xossalari foydalaniladigan elektrod sim va flyusga bog‗liq. Elektrod 
simlarning quyidagi markalari keng ko‗lamda ishlatiladi: kam uglerodli po‗lat 
detallarni suyultirib qoplash uchun Sv – 08; Sv – 08GS; o‗rtacha uglerodli va past 
legirlangan po‗latlardan tayyorlangan detallar uchun esa Np-65, Np-80, Np-
30XGSA.
Avtomatik suyultirib qoplashda ikki turli flyus: suyuq, (AN-348A, AN-20, 
AN-30) va sopol flyuslar (ANK-35, ANK-46) ishlatiladi. Suyuq flyuslar suyultirib 
qoplangan metalni oksidlanishdan yaxshi saqlaydi, sopol flyuslar esa, metalni 
oksidlanishdan saqlashdan tashqari, unga legirlanish xususiyatini ham beradi.
Flyus ostida avtomatik suyultirib qoplash tartibi jarayonning unumdorligiga 
va suyultirib qoplangan metalning fizik-mexanik xossalariga katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bu tartib elektrod diametriga, yoy kuchlanishiga, payvandlash tokining kuchiga
suyultirib qoplash va simni surish tezliklariga, elektrodning chiqib turgan 
qismining uzunligiga, suyultirib qoplash qadamiga bog‗liq. Elektrod sim 
diametriga qarab tanlanadi. Avtomobil detallarini suyultirib qoplashda diametri 1,6 
– 2,5 mm li sim ishlatiladi. Tok kuchi elektrod diametriga qarab quyidagi formula 
yordamida hisoblab topiladi:
I= 110 d

bu yerda: d
e
–elektrod diametri, mm.
Suyultirib qoplashda teskari qutbli o‗zgarmas tok ishlatiladi. Payvandlash 
yoyining kuchlanishi 25–35 V, suyultirib qoplash tezligi 15–45 m/soat, simni 
surish tezligi 75–180 m/soati tashkil etadi. Elektrod qulochi (simning chiqib turgan 
qismi uzunligi) tok kuchiga bog‗liq bo‗lib, 10–25 mm atrofida belgilanadi. 


99 
Suyultirib qoplash qadami qatlamning talab etilgan qalinligiga, shuningdek tok 
kuchi va kuchlanishga qarab aniqlanadi. Odatda suyultirib qoplash qadami 3–5 mm 
bo‗ladi (2.2-rasm). 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling