Oʻlchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi hujjatlar tahlili


Download 49.96 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2023
Hajmi49.96 Kb.
#1461910
  1   2   3   4
Bog'liq
o lchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi


UDK 006.91.001
OʻLCHASHLAR NOANIQLIGINING BAHOLANISHIGA OID XALQARO
DARAJADAGI HUJJATLAR TAHLILI
Bobamatov Abdug‘ani Xusainovich
NamMQI, PhD dotsent, bobomatov6313@gmail.com +998 93 582 28 90
Ortiqov Hayitali Sharobidin oʻg‘li
NamMQI, magistr, hayitali.7754@gmail.com +998 99 602 51 55
Annotatsiya. Maqolada oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar orqali oʻlchashlar, noaniqliklar ularning qay tartibda baholash, ularni kamaytirish yoʻllari va aniqlikni oshrish maqsadida oʻlchashlar noaniqligining baholanishiga oid xalqaro darajadagi hujjatlar tahlil qilinib oʻrganilgan
Аннотация. В статье анализируются и изучаются международные стандарты измерений, способы оценки их неопределенностей, способы их уменьшения, а также оценка неопределенности измерений с целью повышения точности посредством научных исследований
Abstract. The article analyzes and studies international measurement standards, methods for assessing their uncertainties, ways to reduce them, as well as assessing measurement uncertainty in order to increase accuracy through scientific research.
Kalit soʻzlar: oʻlchash, oʻlchash xatologi, oʻlchash noaniqligi, noaniqlikni baholash, xalqaro hujjat, standart, sertifikat, tashkilot standarti, davlatlararo standart, kalibrlash, qiyoslash, modifikatsiya, statistika, korrelyatsiya, oʻrta arifmetik, natija, taqsimot, ishonchlilik ehtimolligi, dispersiya,
Ключевые слова: измерение, погрешность измерения, неопределенность измерения, оценка неопределенности, международный документ, стандарт, сертификат, стандарт организации, межгосударственный стандарт, калибровка, сравнение, модификация, статистика, корреляция, среднее арифметическое, результат, распределение, вероятность достоверности, дисперсия
Key words: measurement, measurement error, measurement uncertainty, uncertainty assessment, international document, standard, certificate, organization standard, interstate standard, calibration, comparison, modification, statistics, correlation, arithmetic mean, result, distribution, reliability probability, variance
Oʻlchashlar noaniqligining baholashga bag‘ishlangan xalqaro va hududiy hujjatlardagi ma’lumotlar tahlil asosida oʻrganildi, jumladan, noaniqlikni taqdim etish uchun oʻlchashlar noaniqligining quyidagi turlari mavjudligi, xususan, standart noaniqlik (hisoblash usuliga koʻra A va B turi), jamlangan standart noaniqlik, kengaygan noaniqlik va ifodalash usuliga koʻra nisbiy noaniqlik. 1-rasmda oʻlchash noaniqliklarini usullar va ifodalash uslublariga koʻra klassifikatsiyasi keltirilgan.

  • Standart noaniqlik – bevosita oʻlchashlar natijalarining noaniqligi boʻlib, oʻrta kvadratik chetlanish orqali ifodalanadi.

  • A turdagi standart noaniqlik – ushbu noaniqlik koʻp marotabali oʻlchashlarning natijalarini statistik usullar asosida hisoblanib aniqlanadi.

  • B turdagi noaniqlik biron-bir aprior ma’lumotlardan foydalanib hisoblanadi. Quyidagilar aprior ma’lumot boʻlishi mumkin:

  • tenglamaga kiritilgan kattaliklarning dastlabki oʻlchashlardagi berilganlari;

  • oʻlchash vositalarini attestatlash, kalibrlash yoki qiyoslash boʻyicha berilganlar;

  • ma’lumotnomada berilganlar va konstanta va b.q. noaniqligi;

  • Jamlangan standart noaniqlik (Uc) – bu bevosita boʻlmagan oʻlchashlar natijalarining standart noaniqligi. U bevosita boʻlmagan oʻlchash natijalari dispersiyasining fizik ma’nosini bildiradi va boshqa fizik kattaliklarning (argumentlar) dispersiyasi (standart noaniqliklarning kvadratlari) orqali hisoblanadi.

  • Kengaygan noaniqlik (U) – ushbu kattalik intervalni aniqlaydi. Interval chegarasida boʻlgan bevosita boʻlmagan oʻlchashlarning natijalari yetarlicha asos bilan oʻlchangan kattalikka qoʻshib yozib qoʻyilishi mumkin. Kengaygan noaniqlik jamlangan noaniqlik orqali hisoblanadi.

IEC 60359 standartda boshqa yana oʻlchashlar noaniqligi bilan bog‘liq boʻlgan toʻrtta termin qoʻllanilgan: “asosiy instrumental noaniqlik”, “absolyut instrumental noaniqlik”, “ishchi instrumental noaniqlik” va “noaniqlik chegarasi”.
Oʻlchashlar noaniqligini metrologiyaning turli darajadagi ishlarida baholashda turli xalqaro, hududiy tashkilotlarning tavsiyalaridan foydalaniladi (1-jadval).
Xalqaro miqyosda oʻlchashlar noaniqligi “Oʻlchashlar noaniqligini ifodalash boʻyicha qoʻllanma GUM” asosida baholanadi. Hududiy tashkilotlarning oʻlchashlar noaniqligini baholash boʻyicha talablari GUM qoʻllanmaga asoslanadi.


Download 49.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling