Sdh asosidagi tolali optik aloqa tizimlarining regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish
Download 111.01 Kb.
|
Individual loyiha-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- .3. Nazorat savollari
- Foydalaniladigan adabiyotlar
SDH ASOSIDAGI TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING REGENERATSIYALASH UCHASTKASI UZUNLIGINI HISOBLASH VA ALOQANI TASHKIL ETISH Maqsad. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya traktini, optik regeneratorning tuzilish prinsipini o‘rganish, regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish. .1-jadval. Topshiriq variantlari
.1 - jadvalni tuzishda quyidagi belgilashlardan foydalanilgan: В0 – optik signalni liniyaga uzatish tezligi; Эp – energetik potensial; YoM – yorug‘lik manbai; YoD – yorug‘lik diodi; LD – lazer diodi; Δ – nurlanish polosasining kengligi; FD – fotodiod; pin FD – p-i-n turdagi fotodiod FD; KFD – ko‘chkili fotodiod; Ltr – tolali optik aloqa liniya traktining uzunligi; – so‘nish koeffisienti; τn – normallashtirilgan dispersiya; lqu – optik kabelning qurilish uzunligi; HKS – haroratni kompensasiyalovchi sxema; ΔT – haroratning o‘zgarishi; nay.u – ajralmaydigan ulagichlar soni; аru – regeneratsiyalash uchastkasidagi so‘nish; lru – regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi; lru.maks – regeneratsiyalash uchastkasining maksimal uzunligi. .3. Nazorat savollari: 1. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya traktiga ta’rif bering. 2. Optik aloqa liniya traktida regenerator va kuchaytirgichlarni qo‘llashda qanday farq bor? 3. Optik liniya traktida regeneratorlardan qanday maqsadda foydalaniladi? 4. Optik regeneratorlar qanday alohida xususiyatlarga ega? 5. Optik signallarni regeneratsiyalash jarayonini tushuntiring. 6. Raqamli optik regeneratorlarning umumlashgan tuzilish sxemasini tushuntiring. 7. Optik regeneratorlarning tuzilishi va ish prinsipini vaqt diagrammalari asosida tushuntiring. 8. Optik kuchaytirgichlar qanday xususiyatlarga ega? 9. Optik kuchaytirgichlarning qanday turlarini bilasiz? 10. Optik kuchaytirgichlar qanday asosiy parametrlar bilan tafsivlanadi? 11. Aralashma tolali optik kuchaytirgichlarning tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring. 12. Nega yarim o‘tkazgichli optik kuchaytirgichlar keng qo‘llaniladi? .13.. Optik kuchaytirgichlar vazifasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 14. Tolali optik liniya traktining regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini ifodalovchi miqdoriy munosabatini keltiring va tafsivlang. 15. Regeneratsiyalash uchastkasi uzunligining to‘g‘ri tanlanganligi optik tolaning qaysi parametrlari orqali tekshiriladi? 16. Ajralmaydigan optik ulagichlar soni qanday miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi? 17. Energetik potensial tushunchasiga ta’rif bering. 18. Tolali optik liniya traktida signalni uzatish sifatiga qanday omillar ta’sir qiladi? 19. Regeneratsiyalash uchastkasidagi yo‘qotishlar yig‘indisi qanday miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi? Foydalaniladigan adabiyotlar .1. Yunusov N.Yu., Isayev R.I., Mirazimova G.X. Optik aloqa asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014 – y. – 368 bet. .2. Mirazimova G.X. Optik aloqa asoslari: O‘quv qo‘llanma., t.f.n., dosent Isaev R.I. mas’ul muharrirligi ostida.-Toshkent, TATU bosmaxonasi, 2006.- 6 b. .3. Фриман Р. Волоконно–оптические системы связи: Перевод с английского под ред. Н.Н. Слепова–М.: Техносфера, 2003. -380 c. .4. Иванов В.И., Гордиенко В.Н., Попов Г.Н., Исаев Р.И. и др. Цифровые и аналоговые системы передачи: Учебник для вузов/ Под ред. Иванова В.И.- 2-е изд. – М.: Горячая линия – Телеком, 2003. .5. Е. Б. Алексеев, В. Н. Гордиенко, В. В. Крухмалев и др. Проектирование и техническая эксплуатация цифровых телекоммуникационных систем и сетей. Учебное пособие для вузов / Под редакцией В. Н. Гордиенко и М. С. Тверецкого. - М.: Горячая линия - Телеком, 2008. Download 111.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling