Toldoshlar


Download 162.01 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi162.01 Kb.
#1170940
Bog'liq
Toldoshlar OILASI


Toldoshlar (Salicaceae) — ikki uyli oʻsimliklar oilasiDaraxtbuta va baʼzan yarimbuta. Bargi oddiy, spiralsimon joylashgangullari bir jinslitoʻpguli kuchala. Barg yozilguncha yoki yozilgandan keyin kuchala hosil qiladi. Gullari yon bargchalar qoʻltigʻida. Changchisi 8 tagacha. Shamol va hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi bir uyali, koʻp urugʻli koʻsakcha, ikkiuch pallaga boʻlinadi, urugʻining tubida kumush rang tuklari bor. Urugʻlari shu tuklar yordamida, havo va suv orqali tarqaladi. Urugʻidan va qalamchasidan koʻpayadi. Shim. yarim sharning moʻʼtadil zonasidagi darekoʻl boʻylarida nam yerlarda usadi. T.ning 3 turkumi, 400 dan ortiq turi bor. Oʻrta Osiyoda 70 turi boʻlib, 40 tasi mahalliy, 30 tasi introduksiya qilingan. Melioratsiya maqsadlarida va dekorativ oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Yogʻochidan mebeltaxtagugurt i. ch., uyjoy kurilishida foydalaniladi.


Tollar avlodi (salix)
Bu avlod vakillaribarglari butun qisqa bandli daraxt,buta va butachalardir. Ularning kurtaklari odatda bitta tangacha bargli bo’ladi.
Odatda barg chiqarishiga qadar gullaydi. Gulyonbargchalari butun va tukli bo’ladi. Gulqo’rg’oni bokalsimon yoki o’yilgan, sharsimon shiradonga aylanga. Erkak guldagi otaligi ikkita, bazan uchta, beshta, o’n ikkita. Mevasi ko’sakcha(1-rasm). Urug’ida ipaksimon tuki bor. Hashoratlar vositasi bilan, bazan shamol vositasi bilan changlanadi. Chetdan changlanish natijasida osonlik bilan yangi duragaylar xosil bo’ladi. Tollar bir-biriga juda o’xshash va ularni tashqi uzilishidan ajratish juda qiyin. Yer yuzida toldoshlar oilasining 200 dan ortiq turi bor. MDH davlatlarida 167ta turi o’sadi. O’zbekiston o’simliklar dunyosida esa 30 dan ortiq turi tarqalgan. Tollar xar hil ekologik sharoitlarda ko’proq daryo, kanal, ariq va xovuzlar bo’yida o’suvchi yorug’sevar o’simliklar xisoblanadi. Vegetativ yo’l bilan yaxshi ko’payadi. Urug’ining unib chiqish muddati ancha qisqa bo’lib, ikki haftadan so’ng unib chiqish qobilyatini yo’qotadi. O’zbekistonda yovvoyi xolda echkitol (salix sangarica), suv tol (salix nilhelmsiana), blok toli (salix blaskii), sariq tol (S. euapiculata), Olga toli (Salix Olgae Regel), nedzveski toli (salix wedz weckii), Velgelms toli (S.Welhelmsiana Bieb), ko’k tol (salix coerullea), qirchin tol (salix tenuijulis), sambittol (salix tenuijulis) lar daryo qirgoqlarida o’sib to’qaylar xosil qiladi. Shaxarlarda anxor va xovuzlar bo’yida, bog’ va parklarda amudaryo toli (salix oxika), qora tol(salix avstralior), oq tol (salix alba), yaltiroq tol (salix mikans), majnuntol (salix bebylonica) kabi turlarini ekib o’stirilishini ko’rishimiz mumkin.
1. Tolnamolar qabilasi - Salicales.
Qabilaga faqat toldoshlar (Salicaceae) oilasi mansub bo`lib, uning uchta turkumi (Salix, Populus, Chosenia) va 400 dan ortiq turi ma`lum. Oila vakillari asosan shimoliy yarim sharning sovuq va o`rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan. Ularning ko`p qismi daraxt, barglari ketma-ket joylashgan, oddiy, butun, yonbargchali. Gullari boshoq yoki kuchala to`pgulda joylashgan, bir jinsli, ikki o`yli, shamol yoki hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqurg’oni rivojlanmagan. CHangchilari 2,3,5 tadan ba`zan 20 qadar etadi. Urug’chisi bitta, ikki mevabargchali. Tugunchasi ustki. Mevasi ko`sakcha.
1) Terak (Populus). Bu turkumning 100 dan ortiq turi ma`lum. O`rta Osiyoda oq terak (P. alba), mirza terak (P.nigra), ko`k terak (P. bachofenii), turanga (P. pruinosa) va boshqalar uchraydi.
Gul formulasi:  ♂ PkA2, ~,G0; ♀PkA0G(2)
2) Tol (Salix). Turkumning 300 dan ortiq turi uchraydi. Ularning kurtaklari bittadan tangacha barg bilan o`ralgan.
O`zbekistonda oq tol (Saleix alba), Qora tol (S. excelesa), majnun tol (S.babylonica), singari turlari keng tarkalgan.
Gul formulasi:  ♂ PAG0;  ♀ PAG(2)
Ahamiyati: Har ikkala o`simlik ham qurilish material sifatida foydalaniladi. Tolda shirodonlar bo`lgani uchun muxim asal beruvchi o`simlik ham hisoblanadi. Ulardan savatlar tayyorlashda va po`stlog’i ko`nchilikda ishlatiladi.

Tollar avlodi (salix)


Bu avlod vakillaribarglari butun qisqa bandli daraxt,buta va butachalardir. Ularning kurtaklari odatda bitta tangacha bargli bo’ladi.
Odatda barg chiqarishiga qadar gullaydi. Gulyonbargchalari butun va tukli bo’ladi. Gulqo’rg’oni bokalsimon yoki o’yilgan, sharsimon shiradonga aylanga. Erkak guldagi otaligi ikkita, bazan uchta, beshta, o’n ikkita. Mevasi ko’sakcha(1-rasm). Urug’ida ipaksimon tuki bor. Hashoratlar vositasi bilan, bazan shamol vositasi bilan changlanadi. Chetdan changlanish natijasida osonlik bilan yangi duragaylar xosil bo’ladi. Tollar bir-biriga juda o’xshash va ularni tashqi uzilishidan ajratish juda qiyin. Yer yuzida toldoshlar oilasining 200 dan ortiq turi bor. MDH davlatlarida 167ta turi o’sadi. O’zbekiston o’simliklar dunyosida esa 30 dan ortiq turi tarqalgan. Tollar xar hil ekologik sharoitlarda ko’proq daryo, kanal, ariq va xovuzlar bo’yida o’suvchi yorug’sevar o’simliklar xisoblanadi. Vegetativ yo’l bilan yaxshi ko’payadi. Urug’ining unib chiqish muddati ancha qisqa bo’lib, ikki haftadan so’ng unib chiqish qobilyatini yo’qotadi. O’zbekistonda yovvoyi xolda echkitol (salix sangarica), suv tol (salix nilhelmsiana), blok toli (salix blaskii), sariq tol (S. euapiculata), Olga toli (Salix Olgae Regel), nedzveski toli (salix wedz weckii), Velgelms toli (S.Welhelmsiana Bieb), ko’k tol (salix coerullea), qirchin tol (salix tenuijulis), sambittol (salix tenuijulis) lar daryo qirgoqlarida o’sib to’qaylar xosil qiladi. Shaxarlarda anxor va xovuzlar bo’yida, bog’ va parklarda amudaryo toli (salix oxika), qora tol(salix avstralior), oq tol (salix alba), yaltiroq tol (salix mikans), majnuntol (salix bebylonica) kabi turlarini ekib o’stirilishini ko’rishimiz mumkin.
TOLNAMOLAR QABILASI (Salicales),
TOLDOSHLAR OILASI (Salicaceae)
Kerakli materiallar: oilaning tipik vakillari gerbariysi va tirik obyektlar -
oq tol (Salix alba), qoratol (S.australior), echki tol (S.songarica) va majnuntol
(S.vavylonica), shuningdek, teraklar (Populus) turkumi vakillarining novdalari,
to‘pgulli mevalar.
Umumiy tushuncha
Qabilaning toldoshlar oilasi (3/400) vakillari asosan daraxt, buta o ‘simliklari
bo‘lib, ko‘pincha ikki uyli. Gullari hamma vaqt bir jinsli, gulqo'rg'onsiz yoki
reduksiyalangan. Tollaming changlanishi asosan hasharotlar yordamida o‘tadi.
Guli xushbo‘y, nektarlarga ega. Tollarda changchilar soni 2 ta, teraklarda
6—40 tagacha, urug‘chisi 2 ta, mevabargning qo'shilib o‘sishidan hosil bo'lgan.
Teraklar (Populus) turkumi vakillari esa shamol vositasida changlanadi, gullarida
nektar bo'lmaydi, changlar shamolda tarqalishga moslashgan.
Gullari kuchalasimon to'pgullarga to'plangan. Mevasi ikki pallali ko'sakcha,
urug'ida endosperm bo'lmaydi, oq tuklardan iborat uchmasi bor.
Bu oilaning tollar va teraklar turkumi keng tarqalgan (62-rasm).
Topshiriqlar
1. Oilaning tipik vakili hisoblangan tol va terak turkum vakillaridan birini to'liq
o'rganish va ularga ta’rif berish.
2 .0'rganilgan tola va terak turining vegetativ organlari, to'pguli va gul tuzilish-
larini o'rganib, ularni chizib olish.
3. Aniqlagichlardan foydalanib, tol va terakning biror bir turini aniqlash.
4. Tollar, teraklar turkumi vakillarining o'xshash va farqlanuvchi belgilarini aj­
ratish.
Ish tartibi
Suv tol (Salix vilhelmsiana) yoki ko‘k tol (S. coerulea) va oq terak (Populus alba)
kabi oila vakillari gerbariy yoki fiksatsiya qilingan materillar yordamida o‘rganiladi
(62-rasm).
1. To‘pgulni gerbariydan o'rganishda gullash davri shu o'simlikning barg chiqa-
rishidan oldin yoki keyin ekanligi, to'pgul tipi qandayligi, o'simlik bir uyli yoki
ikki uyli ekanligi aniqlanadi. Gulni bo'laklarga bo'lib, lupada ko'riladi va gulida

Toldoshlar:
1 - tolning bargli novdasi (yon bargchalari ko'rinib turadi); 2 - changchi to'pgulli
shoxchasi; 3 - urug'chi to'pgulli shoxchasi; 4 - changchi gullari; 5 - urug‘chi gullari;
6 - tugunchaning kesimi; 7 - mevasi; 8 - urug‘i; 9 - qora terakning bargi; 10 - urug‘chi
guli; 11 - changchi guli; 12 - urug‘chisining kesimi; 13 - ochilgan mevasi; 14 - urug'i;
15 - murtak; 16 - chapda tolning urug‘chi guli diagrammasi, o‘ngda esa changchi gulining
diagrammasi.
www.ziyouz.com kutubxonasigulqo‘rg‘on bor-yo‘qligiga, guldagi changchilar soniga, qanday joylashganiga
e’tibor beriladi. Urg'ochi gulida nechta urug‘chi borligi, u nechta meva bargidan
iboratligiga, nektardoni bor-yo‘qligiga, meva xillariga, 0‘simlik qanday changla-
nishiga ahamiyat beriladi.
Urg‘ochi gulining rasmi chiziladi.
2. Oilaning boshqa turlari gerbariydan ko‘rib, ta’rif beriladi va xo‘jalik ahami­
yatlari, ekologiyasi (tarqalish hududlari) ko‘rsatiladi.
3. Aniqlangan turlaming sistematik belgilarini ifodalangan holda chizib oling.
Download 162.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling