2-bosqich 208-guruh talabasi no’monova odinaning


Download 0.63 Mb.
bet1/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1515296
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
208 O\'ZBEKISTON FLORASIDA SALICACEAE OILASI




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
2-BOSQICH 208-GURUH TALABASI
NO’MONOVA ODINANING

BOTANIKA” FANIDAN




KURS ISHI
MAVZU: O'ZBEKISTON FLORASIDA SALICACEAE OILASI
Kurs ishi rahbari: Abdurazzakov A.A.

Andijon -2023


Mundarija:
Kirish
I BOB YOPIQ URUG‘LILAR BILAN TANISHISH.
1.1. Tutdoshlar- oilasi -moraceae.
1.2. Yong‘oqdoshlar oilasi- Juglandaceae.
1.3. Toldoshlar - oilasi - Salicaceae
II BOB CHINORDOSHLAR OILASI - PLATANACEAE
2.1 Oqtol (Salix alba L.).
2.2 Sinuvchan tol (Salix fragilis L.) kichikroq daraxt bo‘lib, barg yozish bilan
2.3 Sariqtol (Salix daphnoides Will.)
2.4 Savat toli (Salix viininalis L.)
III BOB Terak (Populus) turkumi
3.1Turang‘il terak (Populus pruinosa Schrenk)
3.2 Mirzaterak (Populus pyramidalis Roz.)
3.3 Tog‘terak (Populus densa Kom.)
Xulosa
Adabiyotlar


Kirish
Kurs ishining mavzuning dolzarbligi. Dendrologiya (grekcha dendron — daraxt, logos — fan) botanikaning bir qismi bo‘hb, daraxt va butalaming sistematikasini, biologik hamda ekologik xususiyatlarini, evolutsiyasini, morfologik va anatomik tuzilishini, fiziologiyasini, geografik tarqalishi hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘rganadi.
Dendrologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga o'rmonchilik, bog'dorchilik va ko'kalamzorlashtirish sohalarining xalq xo "jaligidagi ahamiyatining tobora ortib borishi sabab bo‘ldi. Dendrologiya fan sifatida bir tomonda o'simliklarning morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bog'langan bo'lsa, ikkinchi tomondan o'ziga yaqin bo'lgan fanlar — o'rmonchilik, o'rmon
taksatsiyasi, o'rmon seieksiyasi, madaniy o'rmonlar va o'rmon melioratsiyasi kabi maxsus fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir.
Uzoq o'tmishdayoq insonlar daraxt-butalar haqida boshlang'ich bilimlarga ega bo'lganlar. Dastlabki chop etilgan botanika kitoblarida daraxt-buta o'simliklari to'g'risida faqat morfologik va sistematik ma’lumotlar keltirilgan bo'lib, o'rmonchilar hamda bog'bonlar daraxt-buta turlarining faqat morfologik belgilariga ko'ra ajrata olganlar. Keyinchalik o'rmon melioratsiyasi sohasida — ayniqsa ko'chma qumlarni mustahkamlash, tog'lami o'rmonlashtirish, temir
va avtomobil yo'llarini himoyalovchi o'rmonlar barpo etish, eroziyaga uchragan tuproqlarni mustahkamlash, parklar, sayilgohlar, shaharlarda rekratsion zonalar barpo etish ishlari ko'lamining kengayishi dendrologik bilimlarni ortishiga olib keldi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling