2-bosqich 208-guruh talabasi no’monova odinaning


Ishlash tartibi va topshiriqlar


Download 0.63 Mb.
bet6/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1515296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
208 O\'ZBEKISTON FLORASIDA SALICACEAE OILASI

Ishlash tartibi va topshiriqlar.
1.Gerbariylardan foydalanib, chin yong‘oqning barg tuzilishiga, novdada hosil bo‘lgan changchi va urug‘chi gullarining joylanish holatiga e'tibor bering.
2.Fiksatsiya qilingan gullar asosida, changchi va urug‘chining tuzilishini va ularning sonini lupa yordamida o‘rganib, rasmlarini chiz- ing. Gul formulasini tuzing. Chin yong‘oq:

3. Yong‘oq turlarini lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozing: Jug- lans regia-chin yong‘oq : J.manshurica- manjuriya yong‘og‘i: J.nigra - qora yong‘oq.


1.3. TOLDOSHLAR - OILASI - SALICACEAE
Morfologik ta’rifi: Toldoshlar oilasiga 3 turkum va 400 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan shimoliy yarim sharning mu'tadil va sovuq iqlimli mintaqalarida o‘sadi.
Barglari oddiy, yonbargchachali poyada ketma-ket joylashgan. Gullari boshoq yoki kuchala to‘pgulda joylashgan. Gulqo‘rg‘oni rivo- jlanmagan, ayrim jinsli, ikki uyli o‘simlikdir. Changchisi ikkita yoki ko‘pdir. Urug‘chisi ikkita mevabargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, bir uyali, ko‘p urug‘kurtakli. Mevasi ko‘sakcha. Tol turkumiga kiruvchi o‘simliklarning kurtaklari bittadan tangacha bargga ega, ular barg chiqarmasdan oldin gullaydi. Terak kurtaklari bir necha tangacha barglardan iborat bo‘lib, ular yopishqoq holida bo‘ladi.
Ahamiyati: Oilaning tol, terak turkumlaridan xalq xo‘jaligida keng foydalaniladi. Tolning yog‘ochidan har xil buyumlar yasaladi, shuningdek, ulardan qurilish materiallari tayyorlanadi. Ingichka va egiluvchan novadalaridan savat to‘qiladi. Terak ham qurilish materiali sifatida xo‘jalikda ko‘p ishlatiladi. Bulardan tashqari manzarali o‘simlik sifatida ham shahar va qishloqlarda ariq bo‘ylariga ko‘plab ekib o‘stiriladi.

1.3 -rasm. Tol (Salix carpea):
A—erkak kuchalasi, Б—urg’ochi kuchalasi, В—mevali kuchalasi, Г— erkak guli, Д—urg’ochi guli, E—urug’i, uchmasi bilan.


Ishlash tartibi va topshiriqlar.
Gerbariy namunalaridan foydalinib tol, terak o‘simliklamning morfoligik tuzilishini o‘rganing.
Har ikkala o‘simlikning kuchala tarzida yig‘ilgan to‘pguliga, alo- hida ajratilgan gulning changchi va urug‘chilariga, ikki uyli bir jinslili- giga, meva va urug‘ tuzilishiga e'tibor bering va ularni rasmlarini chiz- ing.
Tolning gul formulasini tuzing:
Tol va terak o‘simligining lotincha va o'zbekcha nomlarini yoz- ing. Salix alba-oq tol, S.excelsa-Qora tol, S. babylonica-majnun tol, Populus nigra-qora terak, P.alba-oq terak, P. bachofenii-ko‘k terak, P.densa- baqa terak.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling