1-kuchalasimon erkak to’pguli, 2-erkak guli, 3-urg’ochi to’pguli, 4-
urg’ochi guli, 5-to’pmevasi.
1.2. YONG‘OQDOSHLAR OILASI- JUGLANDACEAE.
Morfologik ta’rifi: Bu oilaning 8 turkumi va 70 ga yaqin turi ma'lum. Ular shimoliy yarim sharning mu'tadil iqlimli mintaqalarida hamda Osiyoning sharqida va Amerikaning tropik qismlarida o‘sadi. Barglari poyada ketma-ket joylashgan, yirik murakkab toq patsimon. Gullari ayrim jinsli bir uyli o‘simlik. Changchi gullari ko‘p gulli bo‘lib, ko‘pincha o‘tgan yilgi novdaning tushib ketgan barg qo‘ltig‘idan chiqib kuchala tarzida osilib turadi. Changchilar soni 8-40 taga etib boradi. Urug‘chisi bitta yoki bir nechta bo‘lib, yangi o‘sib chiqqan serbarg novdaning uchida joylashadi. Har qaysi urug‘chi gulini 2 ta gul yon- bargchaci va 4 ta gul kosa bargi bor. Urug‘chi gulkosa bargi, gulyon- bargchachalari bilan qo‘shilib o‘sib mevaning po‘stlog‘ini hosil qiladi. Urug‘chisi 2 ta meva bargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, 2 tum-
shuqchali. Tugunchasi ostki, bir uyali va bir urug‘kurtakli. Mevasi yong‘oq yoki danakli soxta meva bo‘lib, dastlab sirtidan yashil etli po‘stloq bilan o‘raladi, keyinchalik po‘stloq mevadan ajralib tushib ketib, chin yong‘oqqa aylanadi.
Ahamiyati: Bu oilaning eng ahamiyatli turi chin yong‘oq hisoblanadi. Uning urug‘ida 77% gacha qimmat baho oziq -ovqat va texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan moy bor. Pishib etilmagan yong‘oqlarda ko‘p miqdorida «S» vitamini uchraydi. Yong‘oqning pish- gan mag‘zi iste'mol qilinadi va ko‘plab konditer mahsulotlari tayyorla- nadi. Yong‘oq tanasi har xil buyumlarni tayyorlashda ishlatiladi. Meva- sining yashil po‘sti, barglari va po‘stlog‘idan oshlovchi modda va jigar rang buyoq olinadi.
1.2-rasm. Yong’oq (Juglans regia):
A--erkak to’pgullari pastda, urg’ochi to’pgullari yuqorida joylashgan shoxi, Б-ostki erkak gul va changdan (pastda), B--urg’ochi gulning bo’ylama kesimi, pastda-tashqi ko’rinishi r--ochilgan mevasi, urug’i ko’rinib turibdi, Д—meva orqali bo’ylama kesimi, (etdor meva po’stidan tashqari).
Do'stlaringiz bilan baham: |