2-bosqich 208-guruh talabasi no’monova odinaning
Download 0.63 Mb.
|
208 O\'ZBEKISTON FLORASIDA SALICACEAE OILASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Sinuvchan tol (Salix fragilis L.)
- 2.3 Sariqtol (Salix daphnoides Will.)
- 2.2-rasm. Echki tol
2.1-rasm. Tol turlari:
1-uch changchili tolning bargi, urug‘chi kuchalasi va guli, 2-besh changchili tolning bargi urug‘chi kuchalasi va gullari, 3-o‘t- kir bargli tolning barglari va gullari, 4-rus tolining barglari va gullari, 5-oq tolning barglari, urug‘chi kuchalasi va guli. Kichik Osiyoda, Eronda va Xitoyda ham ko‘p uchraydi. Oqtol qurg‘oqchilikka, issiqqa va sovuqqa hamda tuproqning sho‘riga chi- damli, chiroyli xushmanzara daraxt. Shaharlarda, aholi yashaydigan joylarda ko‘p ekiladi. Uning majnuntol singari shakllari bo‘lib, ular ko'kalamzorlashtirish uchun juda mos keladi. Ulami istirohat bog‘lariga, suv havzalari bo'yiga ko‘p ekish tavsiya etiladi. 2.2 Sinuvchan tol (Salix fragilis L.) kichikroq daraxt bo‘lib, barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi. Urug‘idan, qalamchasidan va poyasidan yaxshi ko‘payadi. U MDH mamlakatlarining barcha hududlarida uchraydi. Yog‘ochi qurilishda va turli-tuman asbob-uskunalar yasash uchun ishlatiladi. Po‘stlog‘ida 10% ga yaqin salitsin va tannin moddasi bor, ular tibbiyotda ishlatiladi. Bu tol ham oqtol singari ko'kalamzorlashtirishda ko‘plab ekiladi. 2.3 Sariqtol (Salix daphnoides Will.) Balandligi 15 m ga yetadi. Shox-shabbasi oval yoki piramidal shaklida. Barg yozishdan oldin gullaydi. Bu tolning po‘stlog‘ida 6-12% tannin moddasi bor, novdasidan savat to‘qiladi. Bu tur qumda va qumoq nam tuproqli yerlarda yaxshi o'sadi. Qalamchadan ko‘paytirish mumkin, uning areali g‘arbiy Yevropadagi tog‘lar hududini qamrab olgan. 2.2-rasm. Echki tol: 1-bargli novdasi, 2-changchi kuchalasi, 3-changchi guli, 4-urug‘chi kuchalasi, 5-urug‘chi guli, 6-ustuncha, 7-ko‘chakcha, 8-ochilgan ko‘sak, 9-tukli urug‘i, 10-gul kurtaklari, 11-ochilgan kurtaklar. Echkitol (Salix caprea L.) daraxt yoki buta, balandligi 8-10 m, tanasi to'g'ri tekis rivojlangan, shox-shabbasi yumaloq shaklda. barg yozishdan oldin, mart oyining boshlarida gullaydi. Bu tol nektarli o‘simlik hisoblanadi, asalga boydir. Bir gektar yerdagi tolning nektaridan 150 1 shirin suyuqlik tayyorlash mumkin. Mevasi aprel oyida yetiladi. Urug‘idan yaxshi ko'payadi. Vegetativ usulda sekin ko‘payadi. Echkitol MDH mamlakatlarining deyarli barcha hududlarida tarqalgan. U ninabargli o‘rmonlarda boshqa turlar bilan aralash holda o‘sadi va ikkinchi yarusni tashkil qiladi. Echkitol boshqa tollarga nisbatan soyasevar daraxtdir. Po‘stlog‘ida 16% tannin moddasi bor. Yog‘ochi qurilishda va har xil asbob-uskunalar yasashdako‘p ishlatiladi. Novdalaridan savat to‘qiladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling