II BOB CHINORDOSHLAR OILASI - PLATANACEAE
Morfologik ta’rifi: Bu oila faqat bitta chinor turkumi va 10 ga ya- qin turni o‘z ichiga oladi. Ular shimoliy Amrerika, Evropa va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Bu oila vakillari yirik daraxtlardir. Bar- glari oddiy, ketma-ket joylashgan, barg yaprog‘i panjasimon qirqilgan, yon barglari qo‘shilib o‘sib qolpoqchaga aylangan bo‘lib, kurtakchani yopib turadi. Barg chiqishi bilan tushib ketadi. Gullari sharsimon to‘pgulga yig‘ilgan, bir uyli ayrim jinsli, qo‘sh gulqo‘rg‘onli, changchi gullari 3-8 ta changchiga, urug‘chi gullari esa 3-6 ta urug‘chiga ega. Har qaysi urug‘chi 1 yoki 2 mevabargchadan iborat. Tugunchasi ustki. Me- vasi chatnamaydigan yong‘oqcha.
Ahamiyati. Chinor o‘simligining tanasi qattiq bo‘lganligidan, un- dan mebellar har xil buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Manzarali o‘simlik sifatida ko‘kalamzorlashtirish ishlarida keng foydalaniladi. Chinor ko‘p yil yashaydigan daraxt bo‘lib, u 2300 yil yashashi mumkin.
ISHLASH TARTIBI VA TOPSHIRIQLAR.
1.Gerbariy namunalaridan foydalanib, chinor o‘simligining morfologik tuzilishini o‘rganing. Bunda o‘simlikning barg tuzilishiga to‘pgullariga changchi va urug‘chilar soniga, mevasiga e'tibor bering, ularni rasmlarini chizing. Gul formulasini tuzing. Chinor.
2.Chinor o‘simligini lotincha va o‘zbekcha nomini yozing:
Platanus orientalis -Sharq chinori, P. occidentalis-g‘arb chinori.
2.1 Oqtol (Salix alba L.). Balandligi 30 m ga, diametri 2 m ga yetadi. Shox-shabbasi keng va yumaloq. Oqtol barg yozish bilan bir vaqtda yoki biroz keyinroq gullaydi. Bu tol asosan urug‘idan yaxshi ko‘payadi. To‘nkasidan novda chiqarib tiklanadi, novdasidan ham ko‘payadi.
Tolning yog‘ochi oq, pushti rangda, yumshoq, yengil boiib, qurilishda va boshqa xo‘jaiik ishlarida ishlatiladi. Po‘stlog‘ida 511% salitsin moddasi bor. Bu tol keng tarqalgan, uning areali shimolda 62° shimoliy kenglikkacha yetib boradi. U MDH ning Yevropa qismida, Kavkaz va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Bu tol daryo qirg‘oqlarida, koi bo‘ylarida, botqoq yerlarda o‘sadi, ko‘p yerlarda madaniy o'rmonlar sifatida ekiladi. MDH dan tashqari,
Do'stlaringiz bilan baham: |