-rasm. G‘ubor bargli terak yoki turang‘il:
1 -vegetativ novdasi, 2-bachki novdasi, 3-hosil novdasi.
Osokor, qoraterak (Populus nigra L.) balandligi 30 m, diametri 1,5 m, shox-shabbasi keng, piramidal va tuxumsimon daraxt. Yog‘ochi oq, o‘z&gi qo‘ng‘ir rangda, yumshoq, yengil bo‘lib, qiyshaymaydi, yorilmaydi, lekin keyinchalik qorayadi. Shuning uchun ham u qoraterak deb ataladi. Yog‘ochida sellyuloza miqdori 50% ni tashkil etadi. 0‘q ildizi sershoxligi bilan ajralib turadi. Vegetatsiya davrida suv bosishiga va kuzgi-bahorgi sovuqlarga chidamli. Qoraterak urug‘idan, hamda qalamchalaridan yaxshi ko‘payadi va tez o‘sadi. Kuchsiz sho‘rlangan tuproqli yerlarda o‘sa oladi.
Qoraterak MDH mamlakatlarining Yevropa qismida, Qrim va Kavkazgacha boigan yerlarda, G'arbiy va Sharqiy Sibiming janubiy qismida, Yenisey daryosi vodiylarida ko‘plab o‘sadi va o'rmonzorlar hosil qiladi. U G'arbiy Evropaning (Skandinaviya, Irlandiya va Shotlandiyalardan tashqari) hamma yerida va Kichik Osiyoda ham uchraydi.
Bu terak asosan daryo bo‘ylarida namlik bilan yaxshi ta’min- langan yerlarda o‘sadi. MDH mamlakatlarining Yevropa qismida va Markaziy Osiyo respublikalarida o‘rmon melioratsiya maqsadlarida va yog‘ochi uchun ko‘plab ekiladi.
3.2 Mirzaterak (Populus pyramidalis Roz.) yirik tik o‘suvchi daraxt bo‘lib, balandligi 40 m, diametri 1 m, ga teng. Bu turning shox-shabbasi kolonnasimon, tik piramidal shaklida. Bu terak MDH ning Yevropa qismida, Kavkazda, Qrimda, Markaziy Osiyo respublikalarida ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida va yog‘ochi uchun ko‘p ekiladi. Afg‘onistonda, Himolayda, 0‘rta Yer dengizi atrofi mamlakatlarida, Kichik Osiyoda, Eronda tabiiy holda uchraydi. Bu terak urug‘dan va qalamchadan yaxshi ko‘payadi, tez o‘sadi. Sho‘rtob tuproqli yerlarda ham o‘sadi, issiqqa va qurg‘oqchillikka chidamli. Yog‘ochidan qishloq qurilishida keng foydalaniladi. Juda xushmanzara daraxt. Aholi yashaydigan joylarni ko‘kalamzorlashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Qora terak kenja turkumiga yana 0‘zbekiston teragi (Populus Usbekistanica Kom.), Tojikiston teragi (Populus Tadschikistanica Кош.), deltasi-mon terak (Populus deltoides Marsh.), singari turlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |