1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar
Download 141.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar. Reja: 1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar. 2. Mashinasozlikda texnologik jihozlarning o’rni va ahamiyati. 3. O’zbekistonda stanoksozlik taraqqiyoti istiqbollari. 4. Mashinasozlik sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlari natijalari, hududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari. 5. Fanning vazifalari. 1.1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar. Metall qirqish stanoklar deb metall va boshqa konstruksion materiallardan tayyorlangan zagotovkalardan metall qirqish asboblar yordamida qirindi olib kesib ishlash natijasida detal (mahsulot)larga aylantirish uchun mo'ljallangan mashinalarga aytiladi. Hozirgi zamon metall qirqish stanoklari juda murakkab texnologik jarayonlarпi bajara oladigan turli va keng tarqalgan mashinalardir. Yug`on sifatli va aniq detallarni ishlab chiqarish texnologiyasidagi katta yutuqlarning mavjudligi, kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyani qo`llanishiga qaramay kesib ishlash va unga mos ravishda metall qirqish stanoklarning mashinasozlikdagi ahamiyati pasaymayapti. Zamonaviy stanoklarda soatlar va priborlarning eng kichik elementlaridan tortib, turbina, teploxod, prokat stanlari va boshqalarni, o'lchamlari bir necha metrlarga yetadigan detallariga ishlov beriladi. Shu tufayli stanoklarning gabaritlari ham har xildir. Ularning tarki biga juda ko'p mexanizmlar kirib, ular turli harakatlarni amalga oshirish va ish siklini boshqarish maqsadida mexanik, elektrik va gidravlik usullardan foydalaniladi. 1.2. Mashinasozlikda texnologik jihozlarning o’rni va ahamiyati. Stanoksozlik miqdor va sifat jihatidan to'xtovsiz rivojlanib bormoqda. Stanoklarning aniqligi, quvvati, ish unumdorligi, ishonchliligi va uzoq muddat ishlay olish ko'rsatkichlari yaxshilanib bormoqda. Ularning ekspluatatsion xarakteristikalari zamon talablariga moslashmoqda, texnologik imkoniyatlari kengaymoqda, kompanovka va shakllari mukammallashmoqda. Stanoksozlikning taraqqiyoti barcha sohalarini ish unumdorligi yuqori va eng sifatli stanoklar biIan qurollantirib turish imkoniyatini yaratadi. Metallarga ishlov berish orqali kerakli shakl berish qadimdan ma’lum bo’lib, Osiyoda va O’rta yer dengizi atrofi mamlakatlarida olib borilgan arxologik qidruv ishlari shuni takidlaydiki, bu xududlarda haqiqatdan ham qadimda metallarga ishlov berish manfakturalar vujudga kelgan. Shu jumladan, uzoq davrlardan ajdodlarimiz yog’och materiallaridan hamda metallarni rudalardan ajratib olish va ulardan murakkab texnologik jarayonlar orqali yumushga kerakli buyumlar yasash bilan mashg’ul bo’lganlar. XVIII- asrning oxirlari va XIX- asrning boshlaridan boshlab G.Bissemer, S.Tomos (Angliya) P. Marten (Frantsiya) tomonidan po’lat materillarini yangi - yangi navlari ixtiro etildi. Bu materiallarga maqsadli ishlov berish uchun dastgohlar yaratila boshlandi. Download 141.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling