Mavzu: Belbog’li kurash


Download 228.23 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi228.23 Kb.
#1308284
  1   2   3   4
Bog'liq
belbog\'


MAvzu:Belbog’li kurash
Reja:



  • Xalqaro kurash assotsiatsiyasi

  • O‘zbekiston kurash milliy federatsiyasi.

  • Kurash gilami
  • Belbog‘li kurash qoidalarining xususiyatlari


Davlat ta’lim standartlari talabiga binoan milliy sport turlaridan o‘zbek kurashi maktab dasturiga kiritilgan. Kurash bizga uzoq davrlardan ma’lum. Arxeologik ilmiy kuzatuvlar, qidiruvlar natijasida aniqlangan ko‘plab ashyoviy dalillar uning yoshi kamida 3 ming yildan ziyod ekanligini isbotlaydi.


Kurash temuriylar zamonida ham, undan keyingi davrlarda ham xalqimizning sevimli mashg‘uloti bo‘lib kelgan. Olamga dong taratgan o‘zbek polvonlari kurash tarixi sahifalarida o‘chmas iz qoldirganlar. Shoir Pahlavon Mahmud va Ahmad polvonlar o‘z davrining yengilmas kurashchilari sirasidan edilar.
Istiqlol sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz harakatlari bois o‘zbek kurashi jahonda yangi sport turi sifatida shiddat bilan ommalashdi, dunyo hamjamiyati e’tiborini qozondi va ko‘plab mamlakatlarga tarqaldi.
Kurash jahon xalqlari ko‘ngil to‘ridan joy oldi va ularning leksikalarida „Ta’zim“, „Kurash“, „Yonbosh“, „Halol“, „Chala“ kabi o‘zbek so‘zlari jaranglay boshladi.
Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan, xalqimizning madaniy merosi, ma’naviy boyligi, g‘ururi, iftixori va do‘stlik ramzi sifatida dunyoga mashhur bo‘layotgan milliy kurashimiz tarixini bilish, o‘rganish muhim ahamiyatga egadir.
XALQARO KURASH ASSOTSIATSIYASI
1992- yil boshida Prezidentimizning kurash jonkuyarlaridan biri Komil Yusupovni qabul qilishlari kurashimiz rivojida muhim sana bo‘lib qoldi.
O‘zbek kurashini sport turi sifatida rivojlantirish, dunyo miqyosida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda jahonga olib chiqish to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar Komil Yusupovda 1980- yillarda tug‘ilgandi. Shu yillar davomida u nomdor polvon sifatida respublikamizda o‘tadigan to‘ylarda „davra kurashi“da faol ishtirokchi bo‘lish bilan bir vaqtda, milliy sportimiz an’anasi, udumlari va urf-odatlarini o‘rganishga ham qiziqardi. K. Yusupov milliy kurashni jahon arenasiga olib chiqish mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi. Bir necha yillik izlanishlar natijasida yaratilgan yangi qoidalar 1991- yil 14—15- iyunda chaqirilgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston ilmiy konferensiyasida muhokama qilindi. Ikki kunlik qizg‘in munozaradan keyin mazkur qoidalar, hakam va kurashchilarning kiyimlari tasdiqlandi.
Kurash qoidasida polvonlarning ijobiy harakati, asosan, „Halol“, „Yonbosh“, „Chala“ atamalari bilan baholanadi. Bir marotaba ko‘rgan tomoshabin-u polvonlar bu kurash qoidalarini osongina va tez o‘zlashtirib oladilar. Shu tufayli ishlab chiqilgan xalqaro kurash qoidasi qisqa vaqt ichida kurash mutaxassislariga, murabbiylarga, hakamlarga, eng asosiysi, kurash muxlislariga va xalq ommasiga ma’qul bo‘ldi. Bulardan tashqari, davra kurashi an’analarini e’tiborga olib sport tarixida birinchi marotaba kurash qoidasida 36 yoshdan 65 yoshgacha va undan katta yoshdagi polvonlar vazn toifalari kiritildi. Bu esa kurashimizning obro‘-e’tiborini juda ham ko‘tarib yubordi. Chunki 35—40 dan katta yoshdagi polvonlar kurashdan umidlarini uzgandilar.
1998- yilning 6- sentabr sanasi o‘zbek kurashining tarix sahifalariga olamshumul voqea yuz bergan kun sifatida zarhal harflar ila bitildi. Lotin Amerikasi, Yevropa va Osiyo qit’asining 28 davlatidan kelgan vakillar ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis kongressida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (XKA) tuzilganligi, xalqimizning milliy qadriyati „O‘zbek kurashi“ nomi bilan jahon maydoniga chiqqanligi e’tirof etildi.
Kurashning jahonga yuz tutishini har tomonlama qo‘llabquvvatlagan Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining doimiy Faxriy Prezidenti etib saylandi. Shu kongressning o‘zida XKAning Ijroiya qo‘mitasi tashkil qilindi. O‘zbek kurashining qoidalari bir ovozdan ma’qullandi va K. Yusupov Assotsiatsiya Prezidenti etib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1999- yilning 1- fevralida „Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida“gi farmonga imzo chekdi. Bugungi kunda dunyoning besh qit’asidagi 70 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Kanada, Boliviya, Braziliya, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Turkiya, Hindiston, Shri Lanka, Eron, Yaponiyada o‘zbek kurashining minglab ixlosmandlari bor. Hatto Dominikan Respublikasi, Paragvay, Ekvador, Zambiya, Nigeriya, Mavrikiy kabi davlatlar aholisi ham o‘zbek kurashi haqida yaxshi bilishadi. Ular zo‘r qiziqish, ishtiyoq bilan kurash usullarini o‘rganishga harakat qilishmoqda.
Hozirgacha Amerika, Afrika, Yevropa va Osiyo qit’alarida mintaqaviy konfederatsiyalar tashkil etilgan. Ular bu ommabop qadimiy sport turini targ‘ib qilish uchun ayni damlarda o‘z faoliyat doiralarini kengaytirmoqdalar.
O‘tgan muddat ichida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi quyidagi asosiy 3 yo‘nalish bo‘yicha ish olib bordi:


  1. Download 228.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling