Mavzu: Belbog’li kurash


O‘zbekiston Kurash milliy federatsiyasi


Download 228.23 Kb.
bet3/4
Sana29.03.2023
Hajmi228.23 Kb.
#1308284
1   2   3   4
Bog'liq
belbog\'

O‘zbekiston Kurash milliy federatsiyasi. Mustaqillik tufayli unutilgan qadriyatlar, urf-odatlar qayta tiklandi. Milliy sport turi bo‘lmish kurashni rivojlantirish va jahon maydoniga olib chiqish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Demak, bu jarayonni amalga oshiradigan ishchi kuchi — federatsiya tashkil etish zarur.
Toshkentda O‘zbekiston Kurash milliy federatsiyasining me’yoriy hujjatlari tasdiqlangandan so‘ng kurash jonkuyarlari tomonidan tashabbuskor guruh yig‘ilishi o‘tkazildi va uning birinchi prezidenti etib marhum Jo‘raqul Tursunov saylandi.
O‘zbekiston Kurash milliy federatsiyasi Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi federatsiyasi hisoblanadi va u O‘zbekistonda kurashni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
KURASH GILAMI

  1. Har bir maktabda kurash bilan shug‘ullanish uchunmaxsus kurash zali va kurash gilami bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Kurash gilamining eng kichik o‘lchami 12½12 m yoki 14½14 m, eng katta o‘lchami esa 16½16 m bo‘lishi shart. Kurash gilami qizil, yashil, ko‘k, oq va och yashil rangli material bilan qoplanadi.

  2. Kurash gilami ikkita maydonga bo‘linadi. Bu maydonlarniajratib turadigan chiziq „xavfli chiziq“ deyiladi, u har doim qizil rangda va eniga 1 m bo‘ladi.

Xavfli chiziq ichidagi maydon „xavfsiz maydon“ deyiladi, uning eng kichik o‘lchami 8½8 m, eng kattasi esa 10½10 m.

  1. Xavfli chiziq tashqarisidagi maydon „xavfli maydon“deyiladi va eniga 3 m bo‘ladi. Eniga 1 m va 2 m bo‘lgan xavfsiz maydondagi ikki oq chiziq bellashuvni boshlash va tugatish maydonchalarini belgilaydi. Bu chiziqlar ish zonasiga chiziladi va bir-biridan 5 m uzoqlikda bo‘lishi kerak.

  2. Kurash gilami yumshoq polda yoki maxsus platformadajoylashishi, uning atrofida 1 m dan kam bo‘lmagan bo‘sh maydon bo‘lishi shart.

Gilam to‘shalgan maxsus joy bo‘lmaganda, sport maydonidan uzoq bo‘lmagan, aylanasi 12 metr keladigan shiyponmaydonchani tanlash ham mumkin. Shu joyni 40—50 sm chuqurlikda qazib, uning ustiga qiðiq tashlanadi hamda ustidan kengroq choyshab yopiladi.
Mashg‘ulotni tugatgach, har safar yopilgan choyshabni namlangan latta bilan artib, tozalab qo‘yish kerak. Kurashchilarga dastlabki mashg‘ulotdanoq qo‘l va oyoq panjalarining tirnoqlari olinganligiga e’tibor berishlari lozim ekanligini uqtirish zarur.
10 — Jismoniy tarbiya
Shuningdek, shug‘ullanuvchilarning sochlari kalta qilib olingan yoki boshqa kurashchiga xalaqit bermaydigan qilib yig‘ishtirilgan bo‘lishi kerak. Ovqatni mashg‘ulotdan 2—3 soat oldin iste’mol qilish lozim.
Kurashchining kiyimi (yaxtak va ishton) toza, quruq bo‘lishi, yoqimsiz hid bo‘lmasligi kerak.
Kurashchi mashg‘ulotda shikastlanishning oldini olish uchun quyidagi qoidalarni bilmog‘i zarur:

  1. O‘qituvchi-murabbiysiz darsdan oldin hamda gilamdantashqari paytlarda kurash usullarini qo‘llash man etiladi.

  2. Mashg‘ulot paytida intizom va tartibni saqlash lozim.

  3. Mashg‘ulotda o‘qituvchi-murabbiyning topshirig‘ini vaqtida, belgilangan joyda bajarish shart.

  4. Sheriklariga qo‘pol muomalada bo‘lishga, mashg‘ulotgae’tiborsiz va diqqat bermaslikka, kiyimlarni pala-partish kiyishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  5. O‘qituvchi-murabbiyning topshiriqlarini uning buyrug‘iasosida yarim kuch ishlatib bajarish shart.

  6. Usullarni o‘rganishda doim xavfsizlik choralarini oldindano‘ylab ish ko‘rishi lozim.

  7. Agar sheriklar gilam ustida mashq qilayotgan bo‘lsalar,qolganlar ularni kuzatib o‘tirishlari kerak.

Maktabda siz kurashning asosiy mashqlari — holat, harakatlanish, yiqilish, tashlash, chalish, ushlash va boshqalar bilan tanishib chiqqansiz. Endi boshqa usullar bilan tanishasiz, ya’ni yelkadan oshirib tashlash, oyoq bilan ilib tashlash (chil), chalish, xavfsizlikni saqlash, himoya, qarshi hujum usullari va hokazo.

Download 228.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling