Shilvidoshlar oilasi Shilvidoshlar


Download 0.96 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1581865
Bog'liq
Shilvidoshlar oilasi


Shilvidoshlar oilasi
Shilvidoshlar — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Koʻpchiligi buta va daraxtlar, ayrim turlari oʻt. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargsiz. Gullari ikki jinsli, toʻgʻri yoki qiyshiq, 5 boʻlakli. Mevasi rezavor yoki danakcha, baʼzan koʻsakcha. Yer yuzida 12 turkumga mansub 350 ga yaqin turi tarqalgan. Oʻzbekistonda shahrining 6 turkumga oid 25 turi bor, jumladan, 9 turi xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi. shahrining mevasi isteʼmol qilanadi. Chingiz va marjon daraxt organlari tibbiyotda ishlatiladi.
Bu turkumning vakillari tik yoki chirmashib oʻsadigan buta. Barglari oddiy tuzilgan boʻlib, qarama-qarshi joylashadi. Barg-qoʻltngʻida juft-juft boʻlib joylashadigan gullari bssh aʼzoli. Mevasi — sersuv, novvoti yoki qizil rang rezavor meva. Ichida bir nechta urugi boʻladi. Ayrim turlarida novdaning yuqori qismidagi barglar bir-biri bilan qoʻshilib oʻsib, poyani oʻrab olgvnga oʻxshaydi. Vegetativ yoʻl bilan yaxshi koʻpayadi. Turkum tarkibida bir pecha tur bor. Quyida ularping ayrimlari bilan tanishamiz.
Tatar shilvisi (Lonicera tatarica L.) oʻrtacha buta yoki kichik daraxt. Tanasi va shoxlarining poʻstlogʻi kul rang, poʻst tashlab turadi. Yon kurtaklari bir-birining ustida 2—3 tadan zich joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan, tuxumsimon, tubi yuraksimon tuzilgan, juda keng. Shu bilan boshqa turlaridan farq qiladi. Bu shilvi may oyida gullaydi. Gullari juft-juft boʻlib joylashadi, binafgaa yoki oq rangda. Sharsimon, qizil rangli rezavor mevalari juft-juft boʻlib, yarmigacha oʻzaro qoʻshilib oʻsadi. Ular iyul oyida yetiladn, taʼmi achchiq boʻladi, lekin uni qushlar isteʼmol qiladi. Mevasining ichida yassi shakldagi urugi boʻladi. Urugn bahorda sepilsa, bir necha kundan keyin unib chiqadp. Shilvi ildizidan bachkilab, vegetativ, ayrim vaqtlarda parxnsh yoʻli bilan koʻpayadi. U MDH Yovropa qismining sharqi-jaiubiy tumanlarida tabiiy holda oʻsadi. U xushmanzara buta sifatida ekiladi ham. Sovuqqa, qurgʻoqchilnkka. tuproqning shoʻrtobligiga chidamli. Yer tanlamaydi.
Shilvi oʻsimlik biti va virus kasalliklaridan tez-tez zararlanadn, natijada sekin oʻsib, rivojlanadi. Ammo shahar sharoitida havoping ifloslaiishiga chidamli. Uning erta bahorda chiroyli gullashi, yozda rezavor mevalarinnng rangdorligi, yer tanlamay har xil joyda oʻsa olishi, qurgʻoqchilikka chidamliligi oʻrmon xoʻjaligidagida va oʻrmon melioratsiyasi ishlarida undan keng foydalanishga imkon beradi.
Kaprifol shilvi (Lonicera caprifolium L.) chirmashnb yoki sudralib usadigan buta. Novdalari sariq-qoʻngir, barglari keng ellipssimon, yuz tomoni toʻq yashil, orqa tomoni esa zangori, yosh vaqtida tukli. Bu shilvi may oyida gullaydi, gullari qizil-bnnafsha yoki oq-qizil rangda boʻlib, yirik, xushboʻy, bandsiz, 1—2 tadan boʻlnb, barg qoʻltigʻida joylashadi. Rezavor mevasi novvoti yoki qi-zil rangda. Ichida 1—5 ta urugʻ rivojlanadi. U iyun-iyul oylarida yetiladi. Shnlvi qalamchadan koʻpaytiriladi, yer osti poyasidan ham koʻpayadi.
Kaprifol shilvi oʻrta va janubiy Yevropada, Kavkazda va Kichik Osiyoda tabiiy holda oʻsadi. MDHnipg janubiy tumanlarida xushmanzara va xushboʻy oʻsimlik sifatida parklarga ekiladi. Oʻrmop-dasht zonasining iarkaziy qismida sovuqdan ancha zararlanadi Qurgoqchilikka chidamli .Koʻpgina turlari madaniy sharoitlarda oʻstiriladi. Bulardan tashqari, shilvining yana ayrim turlari joylarni koʻkalamzorlashtirish uchun tavsiya etiladi. Markaziy Osiyoda shilvining Korolkov shilvisi (Lonicera Korolkovii Stapf. ), tangasimon bargli shilvi (Lonicera nummulariifolia Jaub.et.Spach. ), Albert shilvisi (Lonicera Albertii Rgl. ) kabi qimmatli turlari keng tarqalgan va oʻrmon melioratsiyasida muhim ahamiyatga egadir.


211-guruh talabasi Xo`jamurodova Muhlisa




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling