Jo‘kadoshlar (Tiliaceae) oilasi


Download 294.37 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi294.37 Kb.
#1578523
Bog'liq
Jo`kadoshlar



Jo‘kadoshlar (Tiliaceae) oilasi
Jo‘kadoshlar (Tiliaceae) oilasining vakillari daraxt va buta o'simliklar boiib, uning tarkibida 40 turkum va 400 dan ortiq turlari bor. Ular mo” tadil, subtropik va tropik iqlimli hududlarda keng tarqalgan. MDH da 3 turkumi va 15 turi uchraydi. Ulardan jo‘ka (Tilia) turkumining turlari eng ko‘p tarqalgan. Ular daraxt yoki buta, shox-shabbasi keng, tanasining po‘stlog‘i silliq, daraxt shoxlari simpodial shoxlangan boiib, barglari novdasida navbat bilan joylashadi. Ular oddiy tuzilgan, butun, bandi uzun, plastinkasi yumaloqyuraksimon. Jo‘ka may oyida gullaydi, gullari yig‘ilib, shingil hosil qiladi, ular yosh novdalardagi barglar q o itig id a rivojlanadi. Gulyonbargchalari boiib,ular o'rta qismiga qadar to‘pgulning guldor poyasi bilan qo\shilib o‘sadi. Mevasi yetilganda uning shamol yordamida tarqalishida bu gulyon bargchalar qanotcha sifatida xizmat qiladi. Guli to'g'ri tuzilgan, nektarli. Mevasi oddi> ko‘sakcha yoki bir urugii yong'oqcha, u ru g i yumaloqroq 270 endospermali, tarkibida moy bor. Jo‘ka to‘nkasidan ko‘karadi, parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. Yog‘ochi oqish, yengil, pishiq, o‘zaksiz. U mebel va turli duradgorlik narsalar yasashda ishlatiladi. Mayda bargli jo ‘ka (T. cordata) katta daraxt bo‘lib, balandligi 30 m ga yetadi. Shox-shabbasi keng, yoyiq bo‘lib, tanasi quyi qismidan shoxlaydi. Po‘stlog‘i avval silliq boiib, so‘ng bo'yiga yoriladi, qoramtir rangda. Novdalari qizgish, kurtaklari oval shaklda boiib, ikkita tangacha bilan qoplangan. Barglari maydaroq, yuraksimon, yuz tomoni to‘q-yashil, orqa tomoni xira boiib, tomirlar burchagi tukli. Mayda bargli jo ‘ka may oyida gullaydi. Shingilchasi 5-7 gulli. 1-10 gullagan novdasi, gullari, meva tugunchasi, mevasi, meva va urug‘ning ko‘ndalang kesimi, barg kurtakli novdasi va niholi. 280 Gullari juda hidli bo‘lib, hasharotlami o‘zigajalb qiladi. Mevasi avgust oyida yetiladi, lekin daraxtda ko‘p vaqt saqlanib turadi, so‘ngra qish davomida asta-sekin to‘kila boradi, shamol vositasida atrofga tarqaladi. Mevasi yumaloq yong‘oqcha bo‘lib, diametri 8 mm, tukli, sirti g‘adir-budur, 1-2 urugii. Urug‘lari bahorda sepilsa, ekishdan avval stratifikatsiya qilinishi kerak.
211-guruh talabasi Usmonova Yulduz


Download 294.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling