1. Texnologik jihozlar haqida asosiy termin va tushunchalar


Download 141.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana31.01.2023
Hajmi141.09 Kb.
#1143787
1   2   3
1.5. Fanning vazifalari. 
“Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari” fanida 
mashinasozlik ishlab chiqarishining asosiy texnologik jihozlari hisoblangan metall 
qirqish stanoklari, raqamli dasturda boshqariladigan stanoklar, avtomatlar va 
yarimavtomatlar, avtomatik liniyalar, moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalari, 
sanoat robotlari, tayyorlov operatsiyalari uchun jihozlar tasnifi, ularning tuzilishi 
va hisoblash usullari, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli hamda 
respublikamizdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
islohatlar 
natijalari 
va 
hududiy 
muammolarning mashinasozlik sohasida ishlatiladigan texnologik jihozlar 
istiqboliga ta`siri masalalarini qamraydi. 
Zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishi mahsulot konstruktsiyasining 
murakkablashuvi va ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasining tez 
o`zgaruvchanligi hamda mahsulotni ishlab chiqarish muddatlarining qisqaligi bilan 
xarakterlanadi. Bunday sharotlarda ishlab chiqarishni jadallashtirish va uning 
samaradorligini oshirish hamda mahsulot raqobatbardoshligini ta`minlash talab 
etiladi. Shuning uchun yuqori unumdorlikka va aniqlikka ega avtomatlashtirishni 
texnologik jihozlar: raqamli dasturda boshqariladigan (RDB) stanoklar va ular 
asosidagi moslanuvchan ishlab chiqarish komplekslari, sanoat robotlari, avtomatlar 
va yarimavtomatlar, avtomatik liniyalar zamonaviy mashinasozlik ishlab 
chiqarishida muhim o`rin egallaydi. 
Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan 
mashinasozlik ishlab chiqarishning texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, 
ishlatilish qo`lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo`yicha yo`nalish 
profiliga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir. 
Fanning vazifasi – talabalarga texnologik jihozlar haqida umumiy 
ma`lumotlar: stanoklar klassifikatsiyasi, shakllantirish harakatlari asosidagi ishlash 
printsiplari, asosiy qurilmalari, muhim qismlari, avtomatik boshqarish, jumladan: 
raqamli dasturda va mikroprotsessorli boshqarish sistemalari, sanoat robotlari 
haqidagi ma`lumotlarni va texnologik jihozlardan foydalanish va ularning aniqligi 
va mahsuldorligini oshirish, ma`lum ishlab chiqarish sharoitlarida ulardan 
munosibini tanlash usullarini o`rgatishdan iborat. 

Download 141.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling