Kurs ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot obyekti. Va nihoyat daraxtlarning chiroyli, baland bo'yli, sersoya shox- shabbalari qaytarilmas shakldagi barglari, gullari shahardagi parklar, alleyalar, bulvarlar, sayilgohlarga o'zgacha chiroy beradi, yuqori estetik landshafflarni yuzaga keltiradi. Shaharda o'suvchi manzarah daraxt-butalar havoni gazlar va changdan tozalab, muhim sanitar- gigiyenik fimksiyalami bajaradi. Ko'pgina daraxtlar havoga uchuvchi moddalar — fitonsidlami ajratadi, ular o'z navbatida havodagi zararli va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalami qirib yuboradi. Bunday ko'kalamzorlashtirishda keng foydalaniladigan daraxt-butalarga soxta4kashtan, chinor, eman, sofora, terak, shamshod, qrim va eldor qarag'ayi, tyan-shan, kanada va tikonli qoraqarag'ay, forzisiya, bagryannik, bunduk, virgin va oddiy archa, biota, sarv, tuyya, majnuntoi, katalpa, zamab va boshqalar kiradi.
Kurs ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot predmeti Daraxt va butalar o‘rmon melioratsiyasida ayniqsa tog‘ o‘rmon hamda qum sahro melioratsiyasida muhim ahamiyatga ega. Daraxtlarni himoyalovchi ihota o‘rmonlari qishloq xo‘jaligi ekinlarini garmsel shamollardan saqlab, hosildorligini oshiradi. Tog‘ bag‘iriarida terrasalarga ekilgan daraxt turlari kuchli rivojlangan gorizontal ildiz tizimlari bilan tuproqni mustahkamlaydi,shu sababli tog‘ o‘rmonlari eroziyaning oldini oladi.
Ko'chma qumlami mustahkamlashda psammofit o'simliklar — saksovul, cherkez, qandim, quyonsuyak va astragal kabilarning ahamiyati kattadir. Turli xil iqlim, tuproq sharoitlarga mos keluvchi qurg'oqchilikka, sovuqqa chidamli, mahsuldor va uzoq yashaydigan xilma-xil daraxt-butalaming tanlash ham dendrologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Ishninig ilmiy-amaliy ahamiyati Shunday qilib, xalq xo‘jaligida daraxt-butalaming ahamiyati juda katta va turli-tumandir. Daraxt turlarining qimmatli xususiyatlarini to‘g‘ri baholash uchun ushbu turning barcha biologik, ekologik va fiziologik xususiyatlarini bilish zarur. Dendrologiya fan sifatida daraxt- butalami har tomonlama o‘rganib, ularning har birini turh sharoitlarda qaysi usulda va qanday maqsadlar uchun yetishtirish kerak degan savolga javob beradi.
Dendrologiya fan sifatida o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon melioratsiyasi va manzarali bog‘dorchilikning amaliy talablarini bajarish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |