Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
-rasm. Nisbiy sirpanish tezligiga qarab yeyilish jarayoni xarakterining o„zgarishi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
2.9-rasm. Nisbiy sirpanish tezligiga qarab yeyilish jarayoni xarakterining o„zgarishi
sxemasi (B.I. Kostetskiy bo„yicha) 129 Bu tenglamadan kelib chiqadiki, yoriqning beqaror holatga o‗sishi yuz beradigan yuqori kuchlanish l W W E ï í 2 . Shunday qilib, bu yerda parchalanishning intensiv jarayon boshlanishi mumkin bo‗lgan shartlar ham olindi. Rivojlanishi monoton kechadigan jarayonlar uchun ushbu jarayon mexanizmi saqlanib qoluvchi tashqi shartlarning ekstremal qiymatlari va ularning mavjudlik sohasini aniqlash zarur. Masalan, yuzalarning eskirishida moylash va nisbiy sirpanish tezligi, Shuningdek bosim, atrof-muhit tarkibi va boshqa omillarga qarab eskirishning turli ko‗rinishlari paydo bo‗ladi. 2.9-rasmda nisbiy sirpanish tezligiga qarab metallar va aralashmalarning eskirishi turining o‗zgarish prinsipial sxemasi ko‗rsatilgan. Eskirish intensivligini ta‘riflovchi qonuniyat (yeyilish kattaligining ishqalanishi yo‗liga nisbati) eskirish jarayonining turli mexanizmlariga mos keluvchi uchta uchastkaga ega. Eskirish intensivligi ushbu shartlarda o‗zgarmaydigan va minimal qiymatga ega bo‗lgan uchastka II eskirishning yo‗l qo‗yiluvchi shakliga mos keladi, kontaktga kirituvchi yuzalar deformatsiyasi va ularning mikrohajmlarda parchalanishi oksidlanish jarayonlari bilan boradi. To‗g‗ri tanlangan shartlarda uning intensivligi juda ahamiyatsiz bo‗lishi mumkin. Quruq ishqalanishda sirpanishning kichik tezliklarida ham (uchastka I), katta tezliklarda ham (uchastka III) yuqori intensivlikdagi jaryonli yo‗l qo‗yilmaydigan eskirish turlari va yuza qatlami sifatining o‗zgarishi ro‗y beradi. Bu kichik sirpanish tezliklarida kristall panjaralarning o‗zaro ta‘siri osonlaShuvchi, katta tezliklarda esa metallarning o‗zaro diffuziyasi va termik qotish jarayonlariga olib keluvchi qotish jarayonlari bilan bog‗liq qotishda sirpanish yuzasi shikastlanishining yo‗l qo‘yilmaydigan ko‗rinishini oladi. Shunday qilib, muayyan turdagi jarayonning paydo bo‗lishini tavsiflovchi tashqi shartlarning yuqori qiymatlari mavjud, ushbu holda 1 êð va 2 êð . 130 Eskirishning har qanday jarayonlari qonuniyatlari uchun ularning qo‗llanish chegaralari, ya‘ni ushbu jarayonlarning mavjudlik sohasi, belgilanishi kerak. Bu sohalarni baholashda materialning ayni bir hajmlarida yoki yuzasida bir vaqtning o‗zida eskirishning turli jarayonlari kechishi mumkinligini ko‗zda tutish ham zarur. Mahsulotning chiqish ko‗rsatkichlariga quyidagi o‘zaro ta’sirning asosiy turlari bilan tavsiflanuvchi barcha eskirish jarayonlari ta‘sir ko‗rsatadi. 1. Bir vaqtda kechuvchi jarayonlar o‗zaro ta‘sir ko‗rsatmaydi va mustaqil ravishda chiqish ko‗rsatkichlarining o‗zgarishiga olib keladi. Masalan, ishqalanish yuzasining abraziv tushishi va quyish nuqsoni tufayli shikastlanishi. 2. Bir vaqtda kechuvchi jarayonlar o‗zaro ta‘sir ko‗rsatmaydi, lekin chiqish ko‗rsatkichiga ularning ta‘siri qo‗shiladi. Masalan, jarayonlar qaytmas hodisalar bilan (masalan, plastik deformatsiya) kechmasa tizimning harorat va kuch deformatsiyalari qo‗shiladi. 3. Bir vaqtda kechuvchi jarayonlar o‗zaro ta‘sir ko‗rsatadi va yangi yanada murakkab jarayonni hosil qiladi. Metallar va aralashmalarning korroziya – eskirishi tufayli parchalanishi jarayonlari tipik misol bo‗lib, bunda natija korroziya va mexanik buzilish yig‗indisigina bo‗lmay, intensivligi har bir alohida omil ta‘siri intensivlik yig‗indisidan yuqori bo‗lgan yanada murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayondan iborat bo‗ladi. Ba‘zi o‗zaro ta‘sirlarda jarayonning etakchi turi o‗rin egallab, uning xususiyatlari chiqish ko‗rsatkichlariga asosiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu holda ushbu hodisani ta‘riflovchi qonuniyatlarni izlab topish birmuncha yengillashadi. Biroq ko‗pchilik eskirish jarayonlari uchun deformatsiya, issiqlik, kimyoviy va boshqa jarayonlarning materiallar boshlang‗ich xususiyatlari va holatining murakkab fizikaviy-kimyoviy o‗zgarishiga olib keluvchi aynan bir vaqtda ta‘siri xos. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling