Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
-rasm. Moy chegara qatlami tuzilishi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eskirish jarayonlarining tasnifi (qaytmas jarayonlar) Obyekt Jarayonning tashqi namoyonlari (shikastlanish turi)
2.14-rasm. Moy chegara qatlami tuzilishi
yuza qatlamlari ushbu yuza tayyorlanish jarayonlari hamda mahsulot ekspluatatsiyasida atrof-muhit bilan uning o‗zaro ta‘sir jarayonlari natijasi sifatida murakkab tuzilishga ega. Yuza holatini tavsiflovchi ko‗rsatkichlar uning geometrik, mustahkamlik, fizikaviy, kimyoviy, tuzilish hamda boshqa ko‗rsatkichlarni o‗z ichiga oladi ekspluatatsiya jarayonida eskirishning turli jarayonlari yechishidagi ularning o‗zgarishi ko‗p jihatdan mahsulot puxtaligini belgilaydi. 2.5-§. Eskirish jarayonining tasnifi Eskirish jarayonlarining tashqi namoyonligi bo„yicha tasnifi. Eskirish jarayonlari mashina detallari materiallarida ro‗y beruvchi murakkab va turlicha hodisalar bilan tavsiflanishi tufayli ular tasnifini ushbu jarayon olib kelgan tashqi namoyonlikka qarab amalga oshirish maqsadga muvofiq. 143 Jarayonning tashqi namoyon bo‗lishi bo‗yicha, ya‘ni detal deformatsiyasi, uning eskirishi, xususiyatlarining o‗zgarishi va boshqa ko‗rsatkichlar bo‗yicha detal materialining shikastlanish darajasi to‗g‗risida fikr yuritish, hamda mahsulotning chegara holatiga yaqinligini baholash mumkin. Eskirish jarayonlarini tasniflashda ushbu jarayon namoyon bo‗ladigan sohani ham aniqlash lozim. 3-jadvalda tashqi namoyon bo‗lishiga ko‗ra eskirish jarayonlari tasnifi keltirilgan va har bir jarayonning asosiy turlari ko‗rsatilgan. 3-jadval Eskirish jarayonlarining tasnifi (qaytmas jarayonlar) Obyekt Jarayonning tashqi namoyonlari (shikastlanish turi) Jarayon turlari Detal jismi (hajmli hodisalar) Parchalanish Nozik parchalanish, yopishqoq parchalanish Deformatsiyalanish Plastik deformatsiya, oquvchanlik, xastalanish Material xususiyatlarining o‗zgarishi Material tuzilishi o‗zgarishi, mexanik xususiyatlar (plastiklik), kimyoviy tarkib, suyuqliklarning ifloslanishi Yuza (yuza hodisalari) Detalning Yeyilish Korroziya, eroziya, kavitatsiya, yoriq hosil bo‗lish, qurumlanish Qo‗shilish Yopishish (adgeziya, kogeziya, adsorbsiya, diffuziya), qurumlanish, obliteratsiya Yuza qatlam xususiyatlarining o‗zgarishi O‘zgarish: silliqlik, qattiqlik, aks ettiruvchanlik, taranglik holati Juftning Eskirish Eskirish, yuza qatlami eskirishi, g‗ijimlanish Kontakt shartlari o‗zgarish O‘zgarish: kontakt yuzasi, mikrobo‗rtishlar chuqurligi, moylanish Eskirish jarayonlari ko‗pincha yuza qatlamlarda kechadi. Bunda detal yuzasi harorat, kimyoviy, mexanik va boshqa tashqi muhit ta‘sirlariga uchraydi. 144 Korroziya, eroziya, kavitatsiya va boshqa jarayonlar oqibatida yuza yeyilishi ro‗y berishi mumkin. Yuzada adgeziya, adsorbsiya, qurum bosish va yuzaga boshqa materiallar qo‗shilishi bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlar ham kechishi mumkin. Tashqi ta‘sirlar natijasida Yuza qatlam xususiyatlari – mikrogeometriyasi, qattiqligi, aks ettirish qobiliyati va boshqalar o‗zgarishi ham mumkin. Ikkita qo‗shni yuzalar kontaktida o‗ziga xos jarayonlar kechadi, bu mashinalar mexanizmlari va elementlari uchun xosdir. Bu holda harakatlanuvchi birikmalarda eskirishning turli jarayonlari borib, ular yuzaning yeyilishi, yuza qatlam eskirish hamda uning plastik deformatsiyalanishini o‗z ichiga oladi. Harakatlanuvchi va harakatsiz birikmalar uchun kontakt shartlarining o‗zgarishi ro‗y berishi mumkin bo‗lib, bu odatda, qattiqlik, ishqalanish koeffitsienti va boshqa yon ko‗rsatkichlarning o‗zgarishiga olib keladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling