Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Chekli yeyilish yoki tirqish


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Chekli yeyilish yoki tirqish deb shunday yeyilish yoki tirqishga aytiladiki, 
bunda detal yoki tutashmaning oxirgi holati boshlanadi va falokat yuz bermasligi 
hamda mashinaning texnik yoki iqtisodiy tavsiflari keskin yomonlashmasligi 
uchun bundan keyin undan foydalanish to‗xtatilishi yoki texnik qarov o‗tkazilishi 
zarur.
Ishlatish va ta‘mirlash jarayonida detallarni rostlash yoki yaroqsizga 
chiqarish uchun ularning chekli darajada yeyilgan-yeyilmaganligini aniqlash kerak.


157 
Ishlatila boshlangandan to oxirgi holatga kelgunga qadar bajaradigan ishi 
detal yoki tutashmaning to‗liq resursi deb ataladi.
Ruxsat etilgan yeyilish yoki tirqish deb shunday yeyilish yoki tirqishga 
aytiladiki, bunda detal yoki tutushmaning qoldiq resursi butun mashinaning yoki 
yig‗ish birligining ta‘mirlashlararo resursiga teng bo‗ladi. Chekli va ruxsat etilgan 
yeyilishlar hamda tirqishlarning qiymatlari va mashina elementlarining texnik 
ahvolini ko‗rsatuvchi boshqa belgilarning kattaligi detal hamda tutashmalarni 
nuqsonli-nuqsonsizga chiqarishga doir texnik shartlarda keltiriladi. Avtomobillar 
va sanoat mashinalarining detallarini yaroqsizga chiqarish o‗lchamlari masalalari 
V.I.Kazarsev, V.V.Efremov, G.V.Vedenyapin, A.I.Buyanov kabi olimlar 
tomonidan o‗rganilib, ularda ana shu vazifalarni hal etishning asosiy metodik 
yo‗llari belgilab berilgan, sanoat mashinalarining ba‘zi detallari uchun esa ana shu 
vazifaning aniq echimlari keltirilgan. Detallarni yaroqsizga chiqarish o‗lchamlarini 
aniqlashning ushbu usullarini taklif etamiz:
1. Texnologik usul. Bunda yaroqsizga chiqarish o‗lchamlari ish sifatiga, 
detallarning mustaxkamlik zaxirasi koeffitsienti, mexanizm yoki mashinaning f.i.k. 
va boshqa ko‗rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
2. Texnik-iqtisodiy usul. Bunda amortizatsiyaga va ishlatishga qilingan 
harajatlar taqqoslanadi.
3. Aralash usul. Bunda yaroqsizga chiqarish o‗lchamlari ushbu omillar: 
yaroqsizga chiqarish o‗lchamlari hajmini amaliy kuzatish, ish ko‗rsatkichlarining 
o‗zgarish jadvali, iqtisodiy samaraga doir egri chiziq ma‘lumotlari bo‗yicha 
taqqoslash orqali aniqlanadi.
Akademik A.I.Selivanov fanga umuman mashinalar uchun umumlashgan 
tavsif tushunchasini kiritdi. Umumlashgan tavsif deganda obyektning o‗z 
vazifalarini sifat va tejamkorlik jihatidan ruxsat etilgan chetlashishlar doirasida 
bajarish xususiyati tushuniladi. Umumlashgan tavsif ishlash qobiliyatining 
boshlang‗ich parametri C
b.p
sifat bo‗yicha ruxsat etilgan texnik chetlashishlar T
ch
ta‘mirlashga yaroqlilik T
ya
va shu elementning iqtisodiy tejamkorlikka ta‘siri 
ko‗rsatkichi V
t
dan iborat.


158 
Aytilganlarni umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:
E
i

f.(C
b.p
; T
ch
; T
ya
; V
t

Yuqorida bayon etilganlardan ko‗rinadiki, hozirga vaqtda mashinalar 
detallari yeyilishining chekli qiymatini aniqlashning quyidagi to‗rtta usuli mavjud:
1. Statistik.
2. Texnik.
3. Texnologik (ish sifati).
4. Iqtisodiy.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling